12.01.2004 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHUCHUK YER OSTI SUVLARI CHIQADIGAN ZONALARNI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvning amaldagi va potensial manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan quyidagi zonalar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 29548 ga maydondagi Togʻoldi zonasi (Jizzax viloyati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 4206 ga maydondagi Sangzor zonasi (Jizzax viloyati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 14570 ga maydondagi Shimoliy-Surxondaryo zonasi (Surxondaryo viloyati).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1—3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2004-yil 1-iyulgacha muhofaza zonalari chegaralarida joylashgan potensial jihatdan ekologik xavfli obyektlarni aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda aniqlangan potensial ekologik xavfli obyektlarda chuchuk yer osti suvlarining ifloslanishi va kamayishining oldini olish chora-tadbirlarini 2004-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar, zarurat boʻlganda, ularni muhofaza zonalari chegarasidan tashqariga chiqarsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1 — 3-ilovalarda koʻrsatilgan yuridik shaxslarning mulkchilik shakllari, idoraviy mansubliligi oʻzgargan, shuningdek ular qayta tashkil etilgan taqdirda qishloq xoʻjaligi, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar roʻyxatiga tegishli aniqlashtirishlar kiritsin, shuningdek bu haqda chuchuk yer osti suvlari nazorat qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlariga bir oy muddatda maʼlum qilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar — Togʻoldi, Sangzor va Shimoliy-Surxondaryo chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalar chegarasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ular ifloslanishdan qoʻriqlanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi Kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son