Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 08.01.2004 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON—TURKIYA “BURSEL-TOSHKENT TEKSTIL” QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyor isteʼmol tovarlari, shu jumladan bolalarga moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha korxonalarni ragʻbatlantirish, ular bilan ichki bozorni toʻldirish va eksport salohiyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi va “Bursel” firmasining (Turkiya) trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan “Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasi qurilishi tugallangandan va quvvatlar ishga tushirilgandan keyin trikotaj buyumlar ishlab chiqarish yiliga 56,9 mln. ta trikotaj buyumni tashkil etishi, undan 16 mln. tasi bolalarga moʻljallangan buyumlar ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqariladigan trikotaj buyumlar umumiy hajmining 80 foizi eksportga yetkazib berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning umumiy qiymati 39,95 mln. AQSH dollarini tashkil etishi, uni moliyalashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati berilmaydigan kreditlar hisobiga, 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasini tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari mazkur qarorga 2-ilovada* koʻrsatilgan parametrlarga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasi koʻrsatib oʻtilgan obyektni foydalanishga topshirish davrida uni qurishga moʻljallangan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqa moddiy resurslar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan, istisno tariqasida, ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, mazkur qarorning 4-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar berilishi hisobiga boʻshab qoladigan mablagʻlar faqat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, assortimentni kengaytirish, dizaynni va ishlab chiqariladigan trikotaj buyumlar, shu jumladan bolalarga moʻljallangan buyumlar sifatini yaxshilash uchun maqsadli foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda boʻshab qoladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilayotgan imtiyozlar hisobiga boʻshab qoladigan mablagʻlar “Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasi tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, mazkur qarorda nazarda tutilmagan ehtiyojlar uchun foydalanilgan mablagʻlar miqdori belgilangan tartibda budjetga olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Bursel-Toshkent tekstil” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxonada ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda, koʻp martalik yillik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 8-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-son