20.03.2007 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moliya organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek budjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini davlat budjetining gʻazna ijrosi sharoitlarida ishlashga qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitish dasturlari asosida Davlat budjetining gʻazna ijrosi sharoitlarida ishlashga qayta tayyorlash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonining metodik va axborot bazasini yaratish, takomillashtirish va yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mablagʻlarini boshqarish va Davlat budjetining gʻazna ijrosi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, shuningdek Davlat budjetining gʻazna ijrosi hamda davlat mablagʻlarini boshqarish masalalari boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik ishlanmalarni tayyorlash va tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlarni, xorijiy maslahatchilarni, ekspertlarni va moliya organlarida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mablagʻlarini boshqarish hamda Davlat budjetining gʻazna ijrosi masalalari boʻyicha ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining davlat xaridlari sohasida malakasini oshirish boʻyicha maxsus qisqa muddatli taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv adabiyoti va boshqa materiallar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda maxsus kurslar tashkil qilish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 262-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markazning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning professor-oʻqituvchilariga va ilmiy xodimlariga oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy muassasalarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari, qolgan xodimlarga esa — moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tinglovchilari uchun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning Toshkent shahridan boshqa hududlaridan tinglovchilarga ularni yuborgan tashkilot tomonidan turar joy ijarasi hamda oʻqish joyiga kelish va ketish yoʻl kira xarajatlari qoplanadi, xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq va tartibda sutkalik puli toʻlanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda oʻquv jarayoni sifati va tinglovchilarning kelgusidagi professional faoliyati yuzasidan monitoring olib borilishini nazarda tutsin, shuningdek Markazning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazning oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yildan boshlab, har yili, Markazning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Davlat budjetidan Markaz faoliyatini taʼminlash, shu jumladan Markaz xodimlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishi, davriy nashrlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini, shu jumladan xorijda nashr etiladigan davriy nashrlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlar ajratsin, shuningdek budjet tashkilotlarining ular xodimlarining Markazda oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning faoliyatini va kelgusidagi rivojlanishini taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil yakunlariga koʻra joylarda Markaz filiallarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va, zarurat boʻlganda, kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga bitta yengil avtomobil xarajatlariga limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliya va iqtisodiyot ixtisosligi mutaxassislarini tayyorlash oʻquv rejalariga “Davlat budjetining gʻazna ijrosi” fanini oʻrganishni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaz Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Darxontepa koʻchasi 7-uydagi binoga joylashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 20-martdagi 54-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi tuzilmasi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 110-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son)