Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.02.2007 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-YIL PUDRAT QURILISh IShLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlari bajarilishini taʼminlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, texnologik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga, shuningdek akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari qurishga ajratilgan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007-yil Pudrat qurilish ishlari dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2007-yil pudrat ishlarining obyektlar boʻyicha dasturlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar boʻyicha 2007-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik ishlab chiqarish obyektlari boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalariga koʻra hamda pudrat ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari qurishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga kreditlar berish uchun 2007-yilgi qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasi tomonidan 2006-yil dekabrda respublika tijorat banklarida 33,7 mlrd. soʻm miqdorida maqsadli depozitlar joylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2007-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar buyurtmachilari — vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda, obyektlarning belgilangan muddatlarga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanishga topshirilishini taʼminlaydigan ishlarni olib borishning alohida bosqichlarini boʻlib chiqqan va bogʻlagan holda har bir obyekt qurilishining kalendar jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 5-kunida Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga Pudrat ishlari dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etiladigan axborot asosida buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan tanlov savdolari hamda tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishining muntazam monitoringini taʼminlasin, bunda qurilayotgan obyektlarning zarur qurilish materiallari bilan taʼminlanganligiga, ularning texnologik asbob-uskunalar bilan oʻz vaqtida butlanganligiga alohida eʼtibor bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 10-kunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Pudrat ishlari dasturining amalga oshirilishi monitoringi natijalari, bajarilgan loyiha va qurilish ishlarining sifati, buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan oʻz zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, alohida obyektlar boʻyicha oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalarini va mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda Pudrat ishlari dasturining ayrim koʻrsatkichlariga tasdiqlangan limitlar doirasida tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 21-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 70-modda)