O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiNING
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiNING
Qarori
LOTEREYa, TOTALIZATORLAR VA TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN BOShQA O‘YINLARNI TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YuRIDIK ShAXSLARNING YaLPI TUShUMIDAN YAGONA SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 26-avgustda 1234-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 15-iyundagi PQ–100–sonli Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) asosan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 4-apreldagi 51 va 2003-42-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereya, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga (2003-yil 21-aprel, ro‘yxat raqami 1234 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-avgust,
80-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-avgust,
48-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 267-modda)