Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
ER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1098-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 6 va 2002-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1098 — Normativ hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son 62-modda; 2004-y., 26-son, 305-modda; 2005-y., 5-6-son, 42-modda; 2005-y., 43-44-son, 333-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
11-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
2007-06-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 51-modda)