O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI TOMONIDAN YaLPI DAROMAD SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-martda 1260-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli (ro‘yxat raqami 1667-son, 28.03.2007-y.) qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76, 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 21-iyul, ro‘yxat raqami 1260 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda; 41-42-son, 322-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
12-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-19-son
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandda:
o‘ninchi bandda “chakana va (yoki) ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lishlari lozim” so‘zlari “olingan” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshlari bilan to‘ldirilsin:
alkagolli ichimliklar hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdoni amalga oshirganda — chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga;
ulgurji savdo bilan shug‘ullanganda — ulgurji savdo qilish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lishlari lozim.”.
2. 3-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayrim turlardagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im;”.
3. 7-bandda:
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tovarlarni xarid qiymatidan past narxlarda sotilganda, shuningdek, tovarlarni beg‘araz berishda soliq solish maqsadlarida sotish qiymati tovarlarning xarid qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;”.
uchinchi—beshinchi xatboshlari tegishlicha to‘rtinchi—oltinchi xatboshlar deb hisoblansin.
4. 8-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat subsidiyalari summasi;”
quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“dividendlar shaklida olingan va mazkur dividendlar olingan korxonalar ustav kapitaliga (fondiga) yo‘naltirilgan daromadlar;”.
5. 13-banddagi “15 kunidan” so‘zlaridan keyin “yil yakuni bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
6. 4-son ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
tomonidan yalpi daromad solig‘ini
hisoblab chiqarish va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalarga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan yalpi daromad
solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
tomonidan yalpi daromad solig‘ini
hisoblab chiqarish va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalarga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan yalpi daromad
solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
| Korxona shtampi __________________________________________ Davlat soliq inspeksiyasiga ____________________________________ bo‘yicha | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(korxonaning to‘liq nomi) |
| | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| XXTUT | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
yalpi daromad solig‘ining
yalpi daromad solig‘ining
HISOB-KITOBI
| | | | | | | |
| | | | |
(ming so‘m) | ||
| № |
|
Summa | ||||
|
hisobot yilidan boshlab |
hisobot choragi uchun |
shu jumladan | ||||
|
1-oy |
2-oy |
3-oy | ||||
|
1 |
Soliq solinadigan yalpi daromad — jami | | | | | |
| shu jumladan: | | | | | | |
|
1.1 |
belgilangan stavka bo‘yicha soliqqa tortiladigan | | | | | |
|
1.2 |
plastik kartalardan foydalanganlik uchun imtiyozli stavka bo‘yicha soliqqa tortiladigan |
| | | | |
|
2 |
Yalpi daromad solig‘ining belgilangan stavkasi, foizda | | | | | |
|
3 |
Plastik kartalardan foydalanganlik uchun olingan tovar aylanmasiga bog‘liq holda yalpi daromadga tuzatilgan soliq stavkasi, foizda (2-satr – (2-satr x 20 / 100)) |
| | | | |
|
4. |
Hisobot davri uchun yalpi daromad solig‘i — jami: | | | | | |
|
4.1 |
belgilangan stavka bo‘yicha (1.1-satr x 2-satr / 100) | | | | | |
| 4.2 | plastik kartalardan foydalanganlik uchun imtiyozli stavka bo‘yicha (1.2-satr x 3-satr / 100) |
| | | | |
|
5 |
Oldingi hisob-kitob bo‘y�cha hisoblangan yalpi daromad solig‘i |
| | | | |
|
6 |
Budjetga to‘lash lozim bo‘lgan yalpi daromad solig‘i summasi (4-satr – 5-satr) |
| | | | |
| | | | | | | |
| | Korxona rahbari |
__________________ |
_______________________ | |||
| | |
(imzo) |
(F.I.Sh.) | |||
| | Bosh buxgalter |
_________________ |
__________________________ | |||
| | (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) |
_________________ |
__________________________ | |||
| |
|
| | | | |
| | M.O‘. | | | | | |
| | Soliq inspektorining belgisi ______________________________________________________ ________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________ | |||||
| | Qabul qildim |
_________________ |
_______________________ | |||
| |
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) | |||
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 96-modda, 2007-y., 13-son, 127-modda)