OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
ISTEʼMOL TOVARLARI VA BOLALAR UChUN TOVARLAR IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR, ShUNINGDEK RESPUBLIKADA IShLAB ChIQARILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARINI SOTUVChI ULGURJI SAVDO KORXONALARI UChUN SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1235-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 8-apreldagi “Isteʼmol tovarlari va bolalar uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek respublikada ishlab chiqariladigan isteʼmol tovarlarini sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 69, 2005-45-son qaroriga (2003-yil 21-aprel, roʻyxat raqami 1235 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
16-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 94-modda)