1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi O‘RQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Saylovning saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyalarining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n besh kun oldin ma’lum qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida kuzatuvchi uchun beradi. Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
(5-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori komissiyaga ma’lum qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini saylov o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovni o‘tkazishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalari hamda tartibini buzuvchi shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini erkin ravishda amalga oshirishiga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan saylov komissiyalarining a’zolari, davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari qonunda belgilangan yo‘sinda javobgar bo‘ladilar. Nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki boshqa yo‘sinda tarqatgan, saylov komissiyalari a’zolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yo‘l qo‘ygan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish va saylov komissiyalarini tuzish
(II-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatlarini saylovchilar sonini hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Saylov uchastkalari tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov komissiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni o‘tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish tartibi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining majlislari, agar ularda komissiyaning majlis bo‘ladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylov komissiyalari faoliyatini yo‘naltirib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;
(14-modda ikkinchi qismining 41 bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasida ishtirok etishi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi; saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar ro‘yxatining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(14-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga oladi, saylovning respublika bo‘yicha umumiy yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotlarni matbuotda e’lon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101) saylangan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan guvohnoma topshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) butun okrug hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylov uchastkalarini tuzadi, ularning okrug bo‘yicha tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) siyosiy partiyalar vakillarining, saylov okrugi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(16-moddaning to‘rtinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) saylovchilarning ro‘yxatlari tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) pul mablag‘larini uchastka saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) okrug bo‘yicha saylov yakunlarini chiqaradi va ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasini vakolatxonalarning rahbarlari amalga oshiradi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda tegishli o‘zgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) saylov o‘tkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181-modda. Okrug va uchastka saylov komissiyalariga a’zolik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tasdiqlanadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni asosida kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi bo‘lib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining a’zosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov o‘tkazishga ajratilgan mablag‘ hisobidan o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasining a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqiga komissiyani tuzgan organ ega bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifasini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug va uchastka saylov komissiyalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan so‘ng to‘xtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Saylov komissiyalarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlariga ko‘maklashishga, ularning ishi uchun zarur ma’lumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa o‘rtaga qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Saylovchilarning ro‘yxati va uni tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar ro‘yxatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini ro‘yxat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar to‘g‘risida saylovchilarning ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan nohiyalarda yashovchi oila a’zolari va boshqa saylovchilarning ro‘yxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning ro‘yxatiga umumiy asoslarda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida tuziladi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar ro‘yxatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish va saylovchilar ro‘yxatidagi noaniqliklar xususida shikoyat qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovdan o‘n besh kun oldin, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan qayerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga xabar beradi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish va uning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish imkoni ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir fuqaroga ro‘yxatga kiritilmaganlik, noto‘g‘ri kiritilganlik yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek ro‘yxatda saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan yigirma to‘rt soat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol ko‘rib chiqib, ro‘yxatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi to‘g‘risidagi dalil-isbotli qarorning bir nusxasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan tuman (shahar) sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, tuman (shahar) sudi shikoyatni yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqishga majbur. Tuman (shahar) sudining qarori qat’iydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning ro‘yxatiga darhol tuzatish kiritadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KO‘RSATISh, ULARNI RO‘YXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim: saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod ko‘rsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyaning rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.
(242-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to‘plashga haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qo‘llab-quvvatlab, bir martagina imzo qo‘yishga haqli. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘ygan sanani ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqasini imzo to‘plagan shaxs o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko‘rsatgan holda, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyadan ro‘yxatga olish uchun hujjatlar qabul qilishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga vakolatli vakiliga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.
(242-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxati ushbu Qonunning 242-moddasida belgilangan hujjatlar asosida ro‘yxatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxsga ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Saylov byulleteni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar saylov byulleteniga familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyi ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini saylovga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladilar. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining sonini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING IShONChLI VAKILLARI
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Saylovoldi tashviqoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284-modda. Saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali olib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi,mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod yoki uning ishonchli vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
(281 — 284-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning hammasi teng huquqlarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bunga rozilik bergan taqdirda Markaziy saylov komissiyasini darhol xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(281-moddaning raqami O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan 285 raqamiga almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bo‘lishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradilar, uni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targ‘ibot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga ko‘ra ishonchli vakillarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni asosida chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. OVOZ BERISh VA SAYLOV YAKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Ovoz berish tartibi
(31-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar o‘z xohish-istaklarini yashirin bildirishlarini ta’minlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha a’zolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining ro‘yxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma ko‘rsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar ro‘yxatidagi o‘z familiyasi ro‘parasiga imzo chekadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga binoan komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
(31-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi — o‘n birinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biron-bir sabab bilan saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaxsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Ovoz berishni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz beruvchilar saylov byulletenlarini yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada to‘ldiradilar. Byulletenlarni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasining a’zolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi saylov byulleteniga, o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik (plyus) qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘ldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka komissiyasining barcha a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini e’lon qilganidan keyin komissiyaning barcha a’zolari hozirligida ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy ro‘yxati va mazkur ro‘yxat ilovasi bo‘yicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida bo‘lgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, varaqalar sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va varaqalarga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik (plyus) qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan taqdirda masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida ko‘rib chiqiladi va bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiya majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi o‘ziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagan bo‘lsa, saylovchilarning ovozini eng ko‘p olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning o‘limi, nomzodning sog‘lig‘i holati saylovda ishtirok etishni istisno etadigan darajada yomonlashganligi yoki Qonunda belgilangan boshqa sabablarga ko‘ra uning nomzodi olinganligi va shunga o‘xshash sabablar) natijasida bittagina nomzod ishtirok etgan taqdirda, bu nomzod, agar u ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (o‘ttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini belgilash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov vaqtida yoxud ovozlarni sanab chiqish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan hamda ovoz berish yakunlariga ta’sir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu okruglar, uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman bo‘lib o‘tgan deb topilishi mumkin bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axborot saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e’lon qilinadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Takroriy ovoz berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Takroriy saylov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bo‘lsa va u zarur miqdorda ovoz to‘play olmagan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylov ushbu Qonunda asosiy saylovni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy saylov asosiy saylov o‘tkazilganidan keyin qirq kun ichida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yig‘ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishgunga qadar bajaradi.
(38 va 39-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 18-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
414-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 645-modda)