Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2023 17.01.2007 yildagi PQ-568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI TAShKIL QILIShNI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI FAOLIYATINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari, qurilish industriyasi korxonalarining mineral xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Nodir va kamyob yer metallari, agrokimyo va kon-ruda xomashyosi, qurilish materiallari, yer osti chuchuk va mineral suvlari zaxiralarini koʻpayishi taʼminlanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan mineral-xomashyo bazasi yetarli surʼatlarda rivojlanmayapti. Ayrim potensial rudali hududlar sust oʻrganilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlari davomida ilm-fanga asoslangan texnologiyalar yetarlicha qoʻllanilmayapti, ilmiy-tadqiqot salohiyati ancha zaiflashgan va asossiz ravishda tarqoqlashgan. Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish tuzilmasi va boshqaruv usullari zamon talablariga javob bermayapti. Ishlarning pirovard natijalariga qarab emas, balki fizik hajmlariga qarab baho berishdan iborat umrini yashab boʻlgan amaliyot hamon saqlanib qolmoqda. Konchilik, burgʻulash va laboratoriya asbob-uskunalarining nihoyatda eskirganligi, shuningdek, maxsus priborlar bilan yaxshi jihozlanmaganligi qidiruv ishlarini zamonaviy usul va texnologiyalar asosida oʻtkazish imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ularni foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirishga, ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni jadal tatbiq etishga yoʻnaltirish, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 450-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 301-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan geologiya sohasini isloh qilishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2007—2010-yillarda geologiya-qidiruv ishlariga ilm-fanga asoslangan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tatbiq etish Dasturi, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari 4, 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturda tasdiqlangan vazifalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi va ularning zarur moliyaviy manbalar bilan mustahkamlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarining oʻrta muddatli (3 yilgacha davrga) va uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarining har yillik dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya qidiruv-ishlarining har yillik dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar 2011-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari bojxona toʻlovlaridan ozod etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili tasdiqlaydigan roʻyxatlar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan olib kelinadigan uskunalar va avtotransport vositalari, materiallar, shuningdek uskunalar uchun ehtiyot qismlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan kosmik suratga olish materiallari, uskunalar va ularga ishlov berish uchun dastur taʼminoti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya mutaxassisliklariga nisbatan qoʻyiladigan zamonaviy talablardan kelib chiqib, mazkur mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejalari va taʼlim jarayoni dasturlarini tubdan takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetlarning professor-oʻqituvchilar tarkibidan geologiya va burgʻulash yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va malakani oʻzgartirish, shuningdek kamyob yer metallari geologiyasi sohasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash uchun kadrlarni yetakchi xorijiy oliy oʻquv muassasalariga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatidagi Oqsoqota va Burchmulla ixtisoslashtirilgan oʻquv geologiya poligonlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya sohasi korxonalarining fakultetlarini zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlashda homiylik yordamini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, tasdiqlasin va 2007-2008 oʻquv yili mobaynida amalga oshirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasining bazaviy posyolkalarini joriy holati boʻyicha kommunal infratuzilmasi bilan birga 5-ilovaga muvofiq balansga qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekenergo” DAK Davlat geologiya qoʻmitasining bazaviy posyolkalarini elektrenergiya bilan taʼminlaydigan past voltli elektr uzatish liniyalarini joriy holati boʻyicha oʻz balansiga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 17-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-568-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-yanvardagi PQ-568-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasining Navoiy viloyati hokimligi balansiga joriy holati boʻyicha berilayotgan bazaviy posyolkalari va ular infratuzilmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tashkilot nomi

Joylashgan manzili

Uy-joylar soni

(birlik)

Infratuzilma obyektlari nomi

Past kuchlanishli EUL uzunligi

(km)

Qozonxonalar

(birlik)

suv quvurlari

(km)

1.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Qizilqum geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Tomdi tumani Muruntov posyolkasi

348

2

17

EUL — 0,4 Kvt;

12

2.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Daugiztau geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Konimex tumani Daugiztau posyolkasi

172

1

6

3.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Kokpatas geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Uchquduq tumani Kokpatas posyolkasi

68

12

Jami

588

3

35

12

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 26-modda; 2010-y., 35-36-son, 301-modda; 2017-y., 23-son, 450-modda)