Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda avtomobil va daryo transporti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yoʻlovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish ;
(1- bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi va agentlik hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 1—3-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 31 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 22 nafar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga agentlik boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik boshligʻiga markaziy apparat va hududiy boʻlimlar tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va taʼminot xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
118-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi
*Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 31 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 22 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi
*Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 141 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 116 kishi boʻlgan 14 hududiy boʻlim
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda agentlik deb ataladi) tarkibiy va institutsional oʻzgartirish masalalarini hal qilish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga hamda avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish uchun maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Agentlik tizimiga Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik taʼminlash respublika markazi, “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi, “Oʻzbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyati kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik taʼminoti, shuningdek xodimlarning mehnatiga haq toʻlash litsenziyalar berganlik uchun davlat bojidan, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻimlardan ajratmalar, suzish vositalarini hisobga qoʻyganlik va koʻrikdan oʻtkazganlik uchun mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yoʻlovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
(7 - bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik vaziyatida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash sohasida:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va uning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportidan foydalanish sohasida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa davlatlar maʼmuriyatlari va tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
avtomobil va daryo transporti faoliyatining normativ bazasini takomillashtirish, amaldagi xalqaro avtomobil yoʻlaklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini barpo etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun davlat organlariga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, dasturlar, shuningdek tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha boshqa hujjatlar loyihalarining agentlik faoliyatiga oid qismini ekspert baholaydi va ularga rozilik beradi;
b) iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yoʻlovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari takliflari asosida ishlab chiqilgan yoʻlovchilar tashishning xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
v) avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
tashish yoʻnalishlarini tender asosida realizatsiya qilish mexanizmlarini joriy etadi, tender tashkilotchilari ishlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻlovchilar tashish boʻyicha shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish yuzasidan ochiq tendyerlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtomobil va daryo transporti xizmatlari uchun tarif siyosatini shakllantiradi;
g) yagona texnika siyosatini oʻtkazish sohasida:
xalqaro normalarni hisobga olgan holda avtomobilda va daryolarda tashishlar boʻyicha faoliyatni tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va usullari yuzasidan maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi, ilmiy-texnik ishlarni olib boradi;
suvda kishilarning hayoti qoʻriqlanishini va kemalar suzishi xavfsizligini taʼminlaydigan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni loyihalashtirish, ulardan foydalanish, ularni taʼmirlash va qayta jihozlash talablari bajarilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
foydalanilayotgan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga oladi, tasniflaydi, roʻyxatdan oʻtkazadi, Registr qoidalari va shuningdek kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni taʼmirlashga doir boshqa normativ hujjatlar qoidalari bajarilishini nazorat qiladi;
kemalarga va suzish vositalariga kema guvohnomalari, malaka guvohnomalari, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomani, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnomani hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
avtomobil va daryo transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy kontingentlar tranziti amalga oshirilganda xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtomobil va daryo transportida faoliyatni litsenziyalashni, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;
(8 - bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida ommaviy kasblarga, shu jumladan haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash hamda tarmoq kadrlari malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boʻlimlar, oʻziga qarashli boshqa organlar va muassasalar orqali hal etadi.
III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻzining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni yuridik va jismoniy shaxslardan soʻrash va olish;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali va rejadan tashqari tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportidan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisida davlat organlariga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tahlil etish va takomillashtirish masalalari boʻyicha mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
kemalar va suzish vositalaridan toʻgʻri foydalanilishi, ularning tabelda qayd etilgan taʼminot va inventar bilan butlanganligi, ular tomonidan suzish va foydalanish xavfsizligi taʼminlanishi boʻyicha qoidalar va talablar bajarilishi, kemalar suzadigan yoʻllar va kemalar suzadigan vaziyatning holati ustidan nazorat qilish, ekipajning bilimlarini tekshirish;
kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom boʻlganda, kemalar malakali ekipaj bilan butlanmaganda, bortda avariya-qutqarish, yongʻinga qarshi inventar mavjud boʻlmaganda, suzib yuruvchi qurilmalarda odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi qurilmalardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqiqlash;
agar suzish vositalarining holati suzishning va foydalanishning xavfsizligini yoki suzish vositalarining xavfsiz toʻxtab turishini taʼminlamasa, ulardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqiqlash;
xavfsiz suzish sharoitlarini, odamlarning hayoti muhofaza qilinishini, ichki suv yoʻllarida yuklarning ishonchli tashilishini, kemalarning ifloslanishining oldini olishni taʼminlovchi suzish vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni belgilash, ushbu talablar bajarilishini texnik nazorat qilish, suzish vositalari taʼmirlanayotgan davrda chiqariladigan Registr qoidalari asosida ularni tasniflash, koʻrikdan oʻtkazish va nazorat qilish;
xorijiy va milliy yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil va daryo transporti sohasidagi xalqaro shartnomalari asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat mahalliy hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish
13. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshliqning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik boshligʻi maqomiga koʻra vazirga, boshliq oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
14. Agentlik boshligʻi:
yakka boshchilik asosida agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va taʼminot xarajatlari smetasi doirasida markaziy apparat va hududiy boʻlimlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
markaziy apparat xodimlarini va agentlikning hududiy boʻlimlari, agentlik tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
15. Agentlikda tarkibiga agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), boshliq oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) va agentlik tizimi boshqa rahbar xodimlari kiradigan 5 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning shaxsiy tarkibi agentlik boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik hayʼati agentlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, agentlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, oʻziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, agentlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Hayʼat qarorlari agentlik boshligʻining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Boshliq bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlganda boshliq oʻz qarorini amalga oshiradi. Paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida boshliq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra agentlik boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
17. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarorining 2, 3 va 5-bandlari hamda mazkur qarorga 1 va 4-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qarorining 6-bandi, 6—8-ilovalar, shuningdek ushbu qarorga 9-ilovaning II boʻlimi 2-bandi.
II. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 2-ilovadagi “Yoʻlovchi” sugʻurta kompaniyasi” va “Navoiytrans” avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 49-son, 499-modda; 2015-y., 37-son, 487-modda; 2016-y., 1-son, 4-modda; 2017-y., 17-son, 300-modda)