OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
BOSHOQLI DON EKINLARI SOMONINI YOQIB YUBORILISHI NATIJASIDA YETKAZILADIGAN ZARARNI ANIQLASH HAMDA USHBU HOLATLARNI SODIR ETGAN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA NISBATAN JARIMALAR QOʻLLASH BOʻYICHA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-dekabrda 1647-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oldingi tahrirga qarang.
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qarori talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
(muqaddima Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-3, 07.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)
1. “Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-noyabr,
11-1481-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-noyabr,
10/8-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-noyabr,
91-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2006-yil 27-noyabrdagi 11-1481, 10/8 va 91-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-3, 07.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom asosida boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida tuproqqa yetkaziladigan zarar aniqlanadi va yetkaziladigan zarar ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boshoqli don ekinlari somonining yoqib yuborilishi natijasida oʻsimliklarga yetkaziladigan zararni undirish miqdorlarini hisoblash Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 1, 11, 34-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-1, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 24-modda)
3. Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 88-moddasiga muvofiq chora koʻriladi.
II. Keltirilgan zararni hisoblash tartibi
4. Mazkur Nizomda unumdor tuproqlar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish vositasi sifatida qaralib, ularning miqdori tuproq ball boniteti va boshoqli don ekinlari hosildorligi bilan belgilanadi.
5. Somonni yoqib yuborish natijasida tuproq unumdorligiga yetkaziladigan zarar miqdorini aniqlashda unga yetkaziladigan zarar darajasi va tuproqning biosferadagi mahsuldorligi mezonlar sifatida qaraladi. Tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar, somon yonishi taʼsirida tuproq unumdorligini belgilovchi uning tarkibidagi asosiy elementlar boʻlgan gumus va azotning yoʻqotilgan miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
6. Tuproq unumdorligiga yetkaziladigan zarar quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hisob-kitob uchun tuproqning unumdorligi pasayishida gumusning yoʻqolishi 12 foiz, azotning yoʻqolishi 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproqda boʻlgan gumus va azotning yoʻqolishi natijasida tuproq unumdorligining kamayish bali quyidagi formulada aniqlanadi:
Bunda: Tukb — tuproq unumdorligining kamayish bali;
Tubb — tuproqning umumiy ball bonitenti;
12% — gumusni yoʻqolishi;
7,5% — azotni yoʻqolishi;
Tuproq unumdorligining kamayishi natijasida yoʻqotilgan hosil quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: Yh — tuproq unumdorligi kamayishi natijasida yoʻqotiladigan hosil;
Oʻh — joriy yilda ushbu yerdan olingan oʻrtacha hosildorlik;
Tubb — tuproqning umumiy ball bonitenti;
Tukb — tuproq unumdorligi kamayish bali
Hosil yoʻqolishi natijasida bir gektar maydonda koʻrilgan zarar, bir gektar yerda yoʻqotilgan hosil miqdorini 5-sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy uchun belgilangan davlat xarid narxiga koʻpaytirib, topilgan natijani umumiy yoqilgan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshoqli ekinlar donining xarid narxlari har yili joriy yil hosili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(6-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-3, 07.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)
Boshoqli don ekinlarining somoni yoqib yuborilishi natijasida tuproq unumdorligiga keltirilgan zararni yuqorida qayd qilingan tartibda aniqlashning namunaviy hisob-kitobi ilova qilinadi.
III. Keltirilgan zararni undirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari (inspeksiyalari), yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari va boshqa fuqarolar somonning yoqilishi natijasida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zararni yetkazganlardan qoplashni talab qilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizomning 7-bandida qayd qilingan shaxslar tomonidan boshoqli don ekinlari yer maydonida oʻrim-yigʻim mavsumida yoki mavsumdan soʻng somonni yoqib yuborganlik holatlari aniqlanganda, tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar summalari hududiy Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi davlat ekologiya inspektorlari mazkur Nizomning II-boʻlimida qayd qilingan tartibda hisoblab, qonun buzilish holatlarini sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda yetkazilgan zararni undirish choralarini koʻradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
9. Tuproq unumdorligiga yetkazilgan zararning undirilgan summasining 50 foizi davlat budjetiga oʻtkaziladi, qolgan qismi 100 foiz deb olinib, ushbu summa, somonni yoqib yuborish:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari tomonidan sodir etilgan boʻlsa, belgilangan tartibda toʻligʻicha Ekologiya jamgʻarmasiga;
(9-bandning “a” kichik bandi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-3, 07.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, 50 foizi yer egasi (foydalanuvchi yoki ijarachiga) foydasiga, qolgan 50 foizi esa Ekologiya jamgʻarmasi hisoblariga undiriladi.
(9-bandning “b” kichik bandi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-sonli qarori (roʻyxat raqami 1647-3, 07.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ishlatiladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
IV. Yakuniy qoidalar
10. Taraflar oʻrtasida vujudga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-oktabr
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-oktabr
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-oktabr
Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomga
ILOVA
ILOVA
Boshoqli don ekini somonini yoqib yuborilishi natijasida tuproq unumdorligiga keltirilgan zararni aniqlashning namunaviy hisob-kitobi
Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuproqning oʻrtacha boniteti 41 ballga teng, boshoqli donning oʻrtacha hosildorligi 2005-yilda gektaridan 24 sentnerni tashkil etdi.
1. Tuproq unumdorligiga yetkaziladigan zarar quyidagi tartibda hisoblanadi:
1.1 Hisob-kitob uchun tuproqning unumdorligi pasayishida gumusning yoʻqolishi 12 foiz, azotning yoʻqolishi 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi. (Ushbu miqdor koʻp yillik tajriba natijasiga asoslanib aniqlangan.)
1.2 Somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproqda boʻlgan gumus va azotning yoʻqolishi natijasida tuproq unumdorligining kamayish bali quyidagi formulada aniqlanadi:
Bunda: Tukb — tuproq unumdorligining kamayish bali;
Tubb — tuproqning umumiy ball bonitenti;
1.3 Tuproq unumdorligining kamayishi natijasida yoʻqotilgan hosil quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: Yh — tuproq unumdorligi kamayishi natijasida yoʻqotiladigan hosil;
Oʻh — joriy yilda ushbu yerdan olingan oʻrtacha hosildorlik;
Tubb — tuproqning umumiy ball bonitenti;
Tukb — tuproq unumdorligi kamayish bali
1.4 Hosil yoʻqolishi natijasida bir gektar maydonda koʻrilgan zarar, bir gektar yerda yoʻqotilgan hosil miqdorini 5-sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy uchun belgilangan davlat xarid narxiga koʻpaytirib, topilgan natijani umumiy yoqilgan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
4,68 s/ga x 6783 soʻm/s = 31744 soʻm/ga zarar koʻriladi.
Bunda — 6783 soʻm 1 sentner 5-sinf qattiq va yumshoq bugʻdoyning 2005-yil xarid narxi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 522-modda; 2015-y., 2-son, 24-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/1647-2/2074-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)