Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MADRID BITIMIGA DOIR BAYONNOMAGA (MADRID, 1989-YIL 27-IYUN) MUVOFIQ BELGILARNI XALQARO ROʻYXATDAN OʻTKAZISHDA UNDIRILADIGAN YAKKA TARTIBDAGI BOJLARNING STAVKALARINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun)” qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
78 foizi — Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
2 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — Adliya vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun aʼzolik badallarini toʻlashda ulardan foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasida qoldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
| Boj kodi | Bojning nomi | Stavkalar (AQSH dollari) |
| 1. | Belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilishni yoyish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: | |
| 1.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 320 |
| 1.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun: | 130 |
| 2. | Jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilish yoyilishi toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: | |
| 2.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 480 |
| 2.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 80 |
| 3. | Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 3.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 160 |
| 3.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 107 |
| 4. | Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 4.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 320 |
| 4.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 53 |
Izoh.
Yakka tartibdagi bojlar toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyuta “soʻm”da undiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son — 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 515-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)