Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 20.12.2006 yildagi PQ-535-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2010 YILLARDA UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARI QURILIShINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori jahon talablari va standartlariga javob beradigan, avtomobil transportida xalqaro, tranzit va respublika ichida yuklar va yoʻlovchilarni yil davomida bir maromda va samarali tashishni taʼminlovchi umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini yanada rivojlantirish, shuningdek yoʻl qurilishidagi investitsiya jarayoni ishtirokchilarining xoʻjalik munosabatlarini maqbullashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2007—2010-yillarda va uzoq muddatli istiqbolda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish Konsepsiyasi quyidagi maqsadli Dasturlarni oʻz ichiga olgan holda 1-ilovaga* muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2010-yillarda xalqaro ahamiyatga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish Dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2010-yillarda davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish Dasturi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining 2007—2010-yillarda va uzoq muddatli istiqbolda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning har yilgi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda 2 va 3-ilovalarda belgilangan parametrlarga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha har yilgi Dasturni shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan “Oʻzavtoyoʻl” DAK bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha har yilgi Dasturni shakllantirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tasdiqlagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK 2007-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda ilgari shirkat xoʻjaliklari balansida boʻlgan xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda ularning tegishli tuman hokimliklari balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzavtoyoʻl” DAKning “Oʻzyoʻlbutlash” boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” DAKning tarkibiy boʻlinmalari uchun olib kelinadigan yoʻl-qurilish texnikasi va uskunalari, shuningdek ular uchun ehtiyot qismlar 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab toʻrt yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda joriy etilgan qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etish ustidan tegishli arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-535-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 508-modda)