11.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1639
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritish asoslarini belgilab beradi. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Kod

Nomi

10000

AKTIVLAR

10100

Kassadagi naqd pullar

10101

Kassadagi pul mablag‘lari

10109

Yo‘ldagi naqd pullar

10500

Banklarga qo‘yilgan depozitlar va boshqa mablag‘lar

10503

Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

10505

Banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar

10507

Banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar

10509

Yo‘ldagi naqdsiz mablag‘lar

10597

Banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘lar

11100

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11101

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11103

Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11105

Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11195

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)

11199

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

12400

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12401

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12405

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar

12409

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12499

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

12500

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12501

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12505

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar

12509

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12599

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

12700

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12701

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12705

Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar

12709

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12799

Yu�idik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

14800

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14801

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14809

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14899

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

14900

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14901

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14909

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14999

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

15100

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15101

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15109

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15199

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

15600

Mikrolizing (moliyaviy ijara)

15607

Mikrolizing

15617

Muddati o‘tgan mikrolizing

15619

Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing

15699

Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

15700

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar

15701

Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar

15703

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15707

Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15709

Sud jarayonidagi mikrolizing

15799

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

16100

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar

16102

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar

16104

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar

16300

Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

16301

Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

16307

Mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

16309

Mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

16323

Mikrolizing (Moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar

16377

Muddati o‘tgan hisoblangan foizlar

16397

Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

16400

Hisoblangan foizsiz daromadlar

16401

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan to‘lovlar

16405

Hisoblangan jarima va penyalar

16409

Operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan daromad

16413

Hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar

16499

Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

16500

Asosiy vositalar

16501

Yer

16505

Tugallanmagan qurilishlar

16509

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari

16511

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16515

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi

16519

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16529

Transport vositalari

16531

Transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16535

Mebel, moslama va jihozlar

16539

Mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16549

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar

16551

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16561

Ombordagi asosiy vositalar

16563

Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16575

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalar

16579

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16600

Nomoddiy aktivlar

16601

Nomoddiy aktivlar

16605

Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16609

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar

16617

Gudvill

16699

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

16700

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar

16701

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar

16707

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi

16799

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

19900

Boshqa aktivlar

19901

Mayda xarajatlar

19907

Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar

19908

Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

19909

Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i

19911

Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

19921

Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar

19925

Oldindan to‘langan xarajatlar

19927

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar

19931

Muddati kechiktirilgan soliqlar

19941

Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar

19945

Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

19995

Sud jarayonidagi boshqa aktivlar

19997

Boshqa aktivlar

19999

Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

20000

MAJBURIYATLAR

21400

Jalb qilingan qarz mablag‘lar

21402

Ta’sischilarning qarz mablag‘lari

21404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lar

21600

Olingan qisqa muddatli kreditlar

21606

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21610

Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar

21614

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21618

Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21622

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21626

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21696

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

22000

Olingan uzoq muddatli kreditlar

22006

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22010

Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar

22014

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22018

Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22022

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22026

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli �reditlar

22096

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22100

Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar

22102

Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar

22104

Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar

22200

Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar

22203

Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar

22205

Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar

22400

To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

22402

Ta’sischilarning qarz mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan foizlar

22404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan foizlar

22408

Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar

22410

Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar

22496

Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar

22500

Hisoblangan soliqlar

22502

Hisoblangan foyda soliqlari

22504

Hisoblangan boshqa soliqlar

22506

To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar

22508

Muddati kechiktirilgan soliqlar

22510

Hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov

22512

Jamg‘armalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar

22800

Muddati uzaytirilgan daromadlar

22812

Kelgusi davr foizli daromadlari

22814

Grant mablag‘lari

22816

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad

22896

Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar

29800

Boshqa majburiyatlar

29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

29802

Tovar-moddiy qim�atliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar

29803

Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

29805

Ijara (operatsion ijara) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

29807

To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar

29896

Boshqa majburiyatlar

30000

KAPITAL

30300

Mikrokredit tashkilotining ustav kapitali

30301

Ustav kapitali

30900

Zaxira kapitali

30903

Umumiy zaxira fondi

30905

Tekinga olingan mulklar

30908

Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi

31200

Taqsimlanmagan foyda

31203

Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)

31206

Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)

31700

O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari

31701

O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari

40000

DAROMADLAR

40400

Banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40401

Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40403

Banklardagi jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40405

Banklardagi muddatli depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40407

Banklardagi boshqa mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar

42000

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42001

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42005

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42009

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42100

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokredit��ar bo‘yicha foizli daromadlar

42101

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42105

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42109

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42300

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42301

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42305

Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42309

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar b�yicha foizli daromadlar

44200

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

44201

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

44209

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

44300

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44301

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44309

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44500

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44501

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44509

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44700

Sud jarayonidagi mikroqarzlar va mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44701

Sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

44703

Sud jarayonidagi mikrokredit�ar ���yicha foizli daromadlar.

44900

Boshqa foizli daromadlar

44901

Boshqa foizli daromadlar

45100

Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar

45105

Mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45117

Muddati o‘tgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45119

Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45121

Sud jarayonidagi mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45200

Foizsiz daromadlar

45201

Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar

45217

Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar- Faktoring

45400

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda

45401

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda

45900

Boshqa foizsiz daromadlar

45901

Asosiy vositalarning ijarasi bo‘yicha olingan daromadlar

45909

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45913

Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45917

Grant mablag‘laridan olingan daromad

45921

Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi

45994

Boshqa foizsiz daromadlar

50000

XARAJATLAR

50600

Jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha foizli xarajatlar

50601

Ta’sischilarning qarz mablag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar

50603

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lar bo‘yicha foizli xarajatlar

53100

Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53101

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar

53105

Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar

53109

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53121

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53195

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54100

Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54101

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54105

Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54109

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54121

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54195

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54400

Lizing (mikrolizing) bo‘yicha foizli xarajatlar

54401

Lizing (mikrolizing) bo‘yicha foizli xarajatlar

54900

Boshqa foizli xarajatlar

54902

Boshqa foizli xarajatlar

55100

Foizsiz xarajatlar

55106

Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari

55300

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar

55301

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar

55900

Boshqa foizsiz xarajatlar

55902

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar

55906

Boshqa xususiy mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar

55995

Boshqa foizsiz xarajatlar

56100

Mikrokredit tashkiloti xodimlarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar

56102

Ish haqi

56106

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar

56110

Tibbiy, stomatologik xizmatlar va shifoxonada davolash uchun xarajatlar

56114

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar

56118

Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar

56122

Jamg‘armalarga badallar

56195

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar

56200

Ijara va saqlash (ta’minot) xarajatlari

56202

Ijara to‘lovi

56206

Suv to‘lovi

56210

Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari

56214

Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari

56218

Qo‘riqlash xizmati xarajatlari

56300

Xizmat safari va transport xarajatlari

56302

Xizmat safari xarajatlari

56306

Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar

56310

Mikrokredit tashkiloti mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan (Fraxt) xarajatlar

56314

Yoqilg‘i xarajatlari

56400

Ma’muriy xarajatlar

56402

Reklama va e’lon xarajatlari

56406

Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xara�at�a��

56410

Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar

56414

Hujjat markalari uchun xarajatlar

56418

Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar

56500

Reprezentatsiya va xayriya

56502

Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar xarajatlari

56506

A’zolik badallari

56510

Xayr-ehson va xayriya xarajatlari

56600

Eskirish xarajatlari

56602

Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi

56610

Transport vositalarining eskirish summasi

56614

Mebel va jihozlarning eskirish summasi

56618

Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi

56622

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

56626

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi

56630

Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi

56632

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

56700

Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar

56702

Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari

56706

Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun to‘lov xarajatlari

56710

Sug‘urta xarajatlari

56714

Soliq (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar

56718

Jarima va penya xarajatlari

56722

Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar

56795

Boshqa operatsion xarajatlar

56800

Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56802

Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56814

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56832

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56834

Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56838

Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56840

Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56842

Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56895

Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56900

Foyda solig‘ini baholash

56902

Foydasolig‘ini baholash

90000

KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR

90900

Savdoga oid moliyalashlar

90966

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

90993

Kafolat va kafilliklar

91500

Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari

91501

Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar

91505

Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari

91700

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit i mikrolizing berish majburiyati

91709

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyati

91800

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing majburiyatlari

91816

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati

91900

Qarzdorlarning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing majburiyatlari

91901

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari

91905

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari

94500

Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

94501

Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar

94502

Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar

94503

Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar

95400

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari

95413

Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar

95497

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari

96300

Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari

96331

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96335

Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96337

Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96345

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i

96349

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i

96351

Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96358

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96381

Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96397

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq

(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1639-3, 05.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1639-3/1008-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Kod

Nomi


10000

AKTIVLAR


10100

KASSADAGI NAQD PULLAR

10101

Kassadagi pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining kassasidagi banknot va tangalar ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kassasiga kelib tushgan pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining kassasidan to‘langan pul mablag‘lari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiriladigan ortiqcha pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

10109

Yo‘ldagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yo‘ldagi naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bankka va boshqa kredit tashkilotlariga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank tomonidan ularning kassaga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek, naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10500

BANKLARGA QO‘YILGAN DEPOZITLAR VA BOShQA MABLAG‘LAR

10503

Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10505

Banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jamg‘arma depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10507

Banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida muddatli depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar va depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

10509

Yo‘ldagi naqdsiz mablag‘lar

Hisobvaraqning ta’rif�: ushbu hisobvaraqda mikrokredit tashkilotining bankdagi depozit hisobvarag‘iga kirim qilinadigan, lekin kelib tushmagan naqdsiz pul mablag‘lari summasi aks etti���lad�.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining bankdagi depozit hisobvarag‘iga kirim qilinadigan, lekin kelib tushmagan naqdsiz pul mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida bankdan olingan depozit hisobvarag‘i ko‘chirmasi asosida naqdsiz pul mablag‘lar summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10597

Banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mablag‘larning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

10598

Banklargaqo‘yilganboshqamablag‘lar
Hisobvaraqningta’rifi:yuqoridako‘rsatilganturkumta’riflargamostushmaydigan, mikrokredittashkilotiningbanklargaqo‘yilganmablag‘larihisobiolibboriladi
Hisobvaraqningdebetidabanklargaqo‘yilganboshqamablag‘larningsummasiaksettiriladi.
Hisobvaraqningdebetidaboshqamablag‘larninghisobdanchiqarilgansummasiaksettiriladi.
Tahliliyhisobharbirbankvadepozitlarturibo‘yichaalohidashaxsiyhisobvaraqlardaolibboriladi.


11100

SOTIB OLINGAN DEBITORLIK QARZLARI — FAKTORING

11101

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek, boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11103

Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11105

Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Mu�dati o‘tgan sot�b olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

11195

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni diskont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek, qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11199

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12400

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR

12401

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12405

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 12409 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar”, 14809 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning �reditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, mikroqarzlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12409

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikroqarz shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12499

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12500

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR

12501

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12505

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12509 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 14901 — “Yakka tartibdagi �adbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 14909 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, mikrokreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12509

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qay�a ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12599

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12700

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR

12701

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mik��kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12705

Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12709 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 15109 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12709

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan qoplangan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12799

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14800

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR

14801

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqninng ta’rifi:
berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14809

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikroqarz shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikroqarzlarning summasi ak� �ttiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14899

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘�ilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

14900

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR

14901

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14909

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14999

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15100

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR

15101

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yilda� ortiq muddatga yuridik shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15109

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha ke�i�uvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

15199

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15600

MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA)

15607

Berilgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan mikrolizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrolizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 — “Muddati o‘tgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15617

Muddati o‘tgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrolizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrolizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga o‘tkazilgan va\yoki 15699 — “Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15619

Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrolizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan mikrolizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15617 — “Muddati o‘tgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va/yoki 15699 — “Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15699

Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15700

SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR, MI�ROKREDITLAR VA MIKROLIZINGLAR

15701

Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar

15703

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15707

Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15709

Sud jarayonidagi mikrolizing

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: sud ishi qo‘zg‘atilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 — “Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idagi zaxiralar hisobidan qoplangan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizingning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15799

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16100

BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARDAN OLINADIGAN MABLAG‘LAR

16102

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mikrokredit tashkilotining Bosh ofisi va filiallari o‘rtasida yoki bir mikrokredit tashkiloti filiallari o‘rtasida bo‘ladigan moliyaviy mablag‘lar bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga berilgan moliyaviy mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘langan moliyaviy mablag‘lar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan moliyaviy mablag‘lar summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti Bosh ofisida yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16104

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
bir mikrokredit tashkiloti ichida filiallar va Bosh ofis va (yoki) filiallar orasida boshqa aktivlar bo‘yicha operatsiyalar hamda Bosh ofis va (yoki) filiallariga berilgan boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga topshirilgan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda to‘lanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16300

OLINIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR

16301

Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining banklardagi depozitlari va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
H�sobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16307

Mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16309

Mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim �o‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16323

Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrolizinglar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16377

Muddati o‘tgan hisoblangan foizlar

Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16397

Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan boshqa majburiyatlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16400

Hisoblangan foizsiz daromadlar

16401

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan to‘lovlar

Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan ko‘rsatilgan xizmat haqlari summalarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat haqlari summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat haqlarining qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob xizmathaqi turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16405

Hisoblangan jarima va penyalar

Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob mijozlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16409

Operatsionijarabo‘yichahisoblangandaromad

Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan daromad summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida olishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16413

Hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar

Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan boshqa foizsiz daromadlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz daromadlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16499

Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning ta’rifi: olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar bo‘yicha yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning o‘sish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob aktivlarning turi bo‘yicha tashkil etilgan zaxiralar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16500

ASOSIY VOSITALAR

16501

Yer
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq, mikrokredit tashkilotlariga foydalanish uchun berilgan yoki foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi. Yerni sotib olishda qo‘shimcha xarajatlar, ya’ni ko‘chmas mulk bo‘yicha vositachilik haqlari, yuridik xizmat to‘lovlari, sotib olishdagi soliqlar, yerni tozalash va tekislash, drenaj qiymatlari ham yerning qiymati singari hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16505

Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16509

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) va boshqa inshootlarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16511

Mikrokredit tashkilotining binolari va boshqa imoratlarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobraqamning ta’rifi: bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi. Bunda qonunchilikda o‘rnatilgan me’yor va eskirishni hisoblashning qabul qilingan metodlaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta �aholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16515

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing (moliyaviy ijara)ga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning va moliyaviy ijara va/yoki operatsion ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16519

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olinganda yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16529

Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16531

Transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish n�tijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzat�shla� �ummasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqar�layotgan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16535

Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16539

Mebel, moslama va boshqa jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16549

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (�o‘chmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek, ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16551

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning maqsadi:
operatsion ijara bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan, yoki muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi so‘ndiriladi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16561

Ombordagi asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16563

Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi(kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
ombordag� asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va\yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16575

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalar

Hisobvaraqning ta’rifi: olingan kreditlar bo‘yicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan kreditlarning ta’minoti sifatida qo‘yilgan asosiy vositalarning hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qaytarilmagan kreditni qoplash uchun foydalanilgan, shuningdek kreditni qoplashdagi va kredit shartnomasi muddati tugagandagi asosiy vositalar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir garovga qo‘yilgan asosiy vositalar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16579

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning maqsadi: olingan kreditlar bo‘yicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kreditor tomonidan qaytarilmagan kreditni qoplash uchun foydalanilganda, shuningdek kreditni qoplashdagi va kredit shartnomasi muddati tugagandagi garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob garovga qo‘yilgan asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16600

NOMODDIY AKTIVLAR

16601

Nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib beriladi.


16605

Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16609

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish va\yoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16617

Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi:
xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi va\yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16699

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16700

KO‘ChMAS MULK VA BOShQA XUSUSIY MULKLAR

16701

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit va mikrolizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16707

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan yoki\va boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan ko‘chmas mulklarning eskirish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16799

Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19900

BOShQA AKTIVLAR

19901

Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek, hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19907

Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, suv, elektr toki, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilgandagi to‘lanadigan va hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19908

Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xodim uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19909

Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq, asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda to‘lanadigan yoki hisobdan chiqariladigan aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19911

Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19921

Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisob varaqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan mikrokredit tashkilotining bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisob raqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisob raqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


19925

Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan joriy hisobot davri davomida kelgusi hisobot davri uchun oldindan to‘langan xarajatlari (davriy nashrlarga yillik obunalar, oldindan to‘langan sug‘urta to‘lovlari, ijara to‘lovlar va boshqalar)
Hisobvaraqning debetida kelgusi hisobot davridagi xarajatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan xarajatlarning amalda qoplangan summasi va oldindan to‘langan xarajatlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobvaraq xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

19927

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini so‘mga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan farq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan salbiy farqning yig‘ilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 55301 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan salbiy farq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19931

Muddati kechiktirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati kechiktirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan foydasiga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan foydanianiqlashda chegirib tashlanadigan foydani solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19941

Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining, tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlari va boshqa mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlari va boshqa mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19945

Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan depozitlari va boshqa mablag‘lari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19995

Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (mikrokredit tashkilotining javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, noqonuniy berilgan pul mablag‘lari va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan avtivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19997

Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining yuqorida ta’riflangan aktivlarga mos tushmaydigan boshqa aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19999

Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
alohida “Zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaraqlarida ko‘zda tutilmagan aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


20000

MAJBURIYATLAR

21400

Jalb qilingan qarz mablag‘lar

21402

Ta’sischilarningqarzmablag‘lari

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti ta’sischilaridan olingan qarz mablag‘larning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti ta’sischilaridan olingan qarzlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan/hisobdan chiqarilgan qarzlar summasi hisobi yuritiladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

21404

Boshqashaxslardanjalbqilinganqarzmablag‘lari

Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘larining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘larining summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan/hisobdan chiqarilgan qarz mablag‘larining summasi hisobi yuritiladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21600

OLINGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR

21606

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21610

Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahlil”iy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21614

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21618

Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21622

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21626

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha chet ellik investorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21696

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22000

OLINGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR

22006

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga banklar olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22010

Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22014

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22018

Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22022

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

22026

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet ellik investorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22096

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida ko‘rsatilgan ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22100

LIZING (MOLIYAVIY IJARA) BO‘YIChA MAJBURIYATLAR


22102

Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar

22104

Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar

Yuqoridagi hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgani uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: lizing bo‘yicha majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing to‘lovlarining qaysi birining qiymati kichik bo‘lsa, o‘sha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir lizing beruvchi bo‘yicha lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22200

BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARGA TO‘LANADIGAN MABLAG‘LAR

22203

Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lan�digan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkiloti Bosh ofisi bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta mikrokredit tashkiloti filiallari o‘rtasidagi moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16102 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Moliyaviy mablag‘lar” hisobvaraq uchun o‘zaro bog‘liq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallardan kelib tushgan moliyaviy mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

22205

Bosh ofis va (yoki) filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
Bosh ofis hamda filiallar va (yoki) bitta mikrokredit tashkiloti filiallari o‘rtasidagi boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) bo‘yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hi�ob��raq uchun 16104 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag‘lar — Boshqa aktivlar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda u�bu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallar tomonidan qabul qilingan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bo� ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda to‘lanadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

22400

TO‘LANIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR

22402

Ta’sischilarning qarz mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan foizlar

22404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan foizlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti ta’sischilaridan hamda boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha qarz shartnomalari qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22408

Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22410

Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hicobvaraqlarda olib boriladi.


22496

Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22500

HISOBLANGAN SOLIQLAR


22502

Hisoblangan foyda soliqlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
joriy davrda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foyda soliqlari (foyda solig‘i va boshqa shu kabi soliqlar) va yagona soliq to‘lovi (yagona soliq to‘lovchilari uchun)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy foyda soliqlari, yagona soliq to‘lovi (yagona soliq to‘lovchilari uchun) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foyda soliqlari, yagona soliq to‘lovi (yagona soliq to‘lovchilari uchun) summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foyda soliqlari, yagona soliq to‘lovi (yagona soliq to‘lovchilari uchun) summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22504

Hisoblangan boshqa soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan soliq (foyda solig‘idan tashqari)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22506

To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga o‘tkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetga o‘tkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22508

Muddati kechiktirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
muddati kechiktirilgan foyda soliqlari hisobga olinadi. Muddati kechiktirilgan foyda solig‘i bu, joriy davrda soliqqa tortiladigan foydadan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qo‘shgan holda kelgusi davrda to‘lanadigan foyda solig‘idir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati kechiktirilgan foyda soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati kechiktirilgan foyda soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.


22510

Hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov

Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha mablag‘lar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditidamikrokredit tashkiloti tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetidayagona ijtimoiy to‘lovga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisobalohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22512

Jamg‘armalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘armalarga o‘tkaziladigan to‘lovlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida jamg‘armalarga o‘tkaziladigan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida jamg‘armalarga o‘tkazilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir jamg‘arma va to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22800

MUDDATI UZAYTIRILGAN DAROMADLAR


22812

Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkaziladigan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan olingan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkazilgan ishlab topilgan foizlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

22814

Grant mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan grantlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida grantlar bilan bog‘liq shartlar bajarilishiga ko‘ra mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkaziladigan yoki grant shartlari bajarilmagan taqdirda qaytaril�dig�n su�malar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

22816

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini so‘mga nisbatan oshishida yuzaga keladigan farq hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy farqning yig‘ilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 45401 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan ijobiy farq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22896

Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, haqiqiy xizmat ko‘rsatilguniga qadar mikrokredit tashkiloti daromadi sifatida aks ettirish mumkin bo‘lmagan, majburiyat sifatida aks ettirib turiladigan boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar (foizli daromadlar mustasno), ijara bo‘yicha olingan bo‘nak va boshqa foizsiz operatsiyalar pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan bo‘nak pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkazilgan ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29800

BOShQA MAJBURIYATLAR


29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning maqsadi: mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha turli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bi� mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29802

Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor va/yoki to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29803

Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29805

Ijara (operatsion ijara) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

29807

To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘�anmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida m�krok�edit tashkiloti tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29896

Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30000

KAPITAL


30300

MIKROKREDIT TAShKILOTINING USTAV KAPITALI


30301

Ustav kapitali
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining ta’sis hujjatlarida belgilangan umumiy ulushlarning (pul ifodasida) yig‘indisi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ta’sischilardan olingan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotidan chiqib ketayotgan ta’sischilarga qaytarilgan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ta’sischi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30900

ZAXIRA KAPITALI


30903

Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq, umumiy maqsadlar uchun mikrokredit tashkilotining taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yil oxirida foydadan umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsadlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


30905

Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining ta�sischilaridan tekinga olingan mulklar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa shaxslardan mulklarni tekinga olish (oldin tekinga olingan) natijasida ko‘rilgan zararni qoplashga yo‘naltirilgan, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.


30908

Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning maqsadi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek, mikrokredit tashkilotining asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


31200

TAQSIMLANMAGAN FOYDA


31203

Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining o‘tgan moliyaviy yillardagi faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi (zarari)ning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan sof foyda hamda zaxira kapitalidan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetidataqsimlanmagan foyda hisobidan har xil fondlar uchun ajratmalar, 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan zarar summasi, shuningdek ta’sischilar qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotining ustav fondiga qilingan qayta inv�stitsiya (reinvestitsiya)lash hamda e’lon qilingan dividendlar summalari aks ettiriladi.

Tahliliy hisobbitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.


31206

Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti moliyaviy faoliyati natijasida olingan sof foyda (zarar)lar hamda ushbu davr davomida e’lon qilingan dividendlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zarar summasi, shuningdek noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rilgan zarar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foyda summasi, e’lon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitaliga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob
sof foyda hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


31700

O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari


31701

O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti grant mablag‘larining o‘zlashtirilgan summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida dividendlar e’lon qilingunga qadar 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan grant mablag‘larining o‘zlashtirilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida grant mablag‘larining o‘zlashtirilgan qismi noto‘g‘ri hisoblanishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


40000

DAROMADLAR


40400

BANKLARDAGI DEPOZITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


40401

Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40403

Banklardagi jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40405

Banklardagi muddatli depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar

40407

Banklardagi boshqa mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha b�r xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining boshqa banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozitlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida kelib tushgan hamda depozitlar bo‘yicha banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


42000

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


42001

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42005

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

42009

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar


42100

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


42101

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42105

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42109

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar


42300

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


42301

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42305

Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

42309

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar


44200

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


44201

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar

44209

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar


44300

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


44301

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44309

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar


44500

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


44501

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

44509

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar bo‘yicha kelib tushgan, shuningdek, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


44700

SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR VA MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


44701

Sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladiga� daromadlar summasi aks ettiriladi.


44703

Sud jarayonidagi mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sud jarayonidagi mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblanga� yoki �lingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


44900

BOShQA FOIZLI DAROMADLAR


44901

Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining hisoblangan foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan hamda olinishi lozim bo‘lgan boshqa foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45100

MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA) BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR


45105

Mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45117

Muddati o‘tgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45119

Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

45121

Sud jarayonidagi mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizinglar hamda sud jarayonidagi mikrolizinglar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida ishlab topilgan �oizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45200

FOIZSIZ DAROMADLAR


45201

Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarni rasmiylashtirish, axborot va konsalting hamda boshqa xizmatlarni taqdim qilishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi
Hisobvaraqning kreditida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45217

Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda, ishlab topilgan daromad summasi aks ettiri��adi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45400

ChET EL VALYuTASI KURSI O‘ZGARIShI NATIJASIDA OLINGAN FOYDA

45401

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda
Hisobvaraqning ta’rifi:
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini so‘mga nisbatan oshishida yuzaga keladigan foydalar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


45900

BOShQA FOIZSIZ DAROMADLAR


45901

Asosiy vositalarning ijarasi bo‘yicha olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


45909

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45913

Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.

45917

Grant mablag‘laridan olingan daromad
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan grantlar bo‘yicha mikrokredit tashkiloti tomonidan grantlar bilan bog‘liq shartlar bajarilishiga ko‘ra o‘zlashtirilgan grantlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar bilan bog‘liq shartlar bajarilgan grantlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri o‘tkazilgan grantlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


45921

Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasini hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlar bo‘yicha kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


45994

Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, kelib tushgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


50000

XARAJATLAR

50600

Jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha

50601

Ta’sischilarning qarz mablag‘lari bo‘yicha foizli xarajatlar

50603

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablag‘lar bo‘yicha foizli xarajatlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqning ta’rifi: jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha mikrokredit tashkilotining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqlarning debetida jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


53100

QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR


53101

Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar

53105

Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar

53109

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53121

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

53195

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar


54100

UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR


54101

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54105

Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54109

Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

54121

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xa�ajatlar

54195

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: banklardan, davlatning maqsadli jamg‘armalaridan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro moliyaviy institutlardan, chet ellik investorlardan va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha mikrokredit tashkilotining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi


54400

LIZING (MIKROLIZING) BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR

54401

Lizing (mikrolizing) bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
lizing (mikrolizing) bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing (mikrolizing) jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


54900

BOShQA FOIZLI XARAJATLAR


54902

Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


55100

FOIZSIZ XARAJATLAR

55106

Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar va vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

55300

ChET EL VALYuTASI KURSI O‘ZGARIShI NATIJASIDA KO‘RILGAN ZARAR

55301

Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar
Hisobvaraqning ta’rifi:
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini so‘mga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

55900

BOShQA FOIZSIZ XARAJATLAR


55902

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar

55906

Boshqa mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanish� umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mazkur hisobvaraqlarda asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


55995

Boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56100

MIKROKREDIT TAShKILOTI XODIMLARINING ISh HAQI VA ULAR UChUN QILINGAN BOShQA XARAJATLAR


56102

Ish haqi
Hisobvaraqning ta’rifi: xizmatchilarning mehnat ish haqi (mehnat shartnomasi va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot to‘lovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar bo‘yicha va boshqalar uchun), ko‘p yillik ish staji va mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqa to‘lovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56106

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xodimlari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, ya’ni mukofot to‘lovlari, (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), mikrokredit tashkiloti xodimlarining o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek, ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati, hamda mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan to‘lov hisobiga mikrokredit tashkiloti tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56110

Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari, hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lomlashtirish lagerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boshqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56114

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari,
yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun mikrokredit tashkiloti xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56118

Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqa to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlar, shuningdek qonunchilikka va mikrokredit tashkiloti ustaviga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchilikda o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56122

Jamg‘armalarga badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlariga muvofiq jamg‘armalarga ajratmalar, shuningdek xodimlarning sog‘liqlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash va boshqa badallar hisobi olib boriladi..
Hisobvaraqning debetida jamg‘armalarga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrok�edit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56195

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakillik xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56200

IJARA VA TA’MINOT XARAJATLARI

56202

Ijara to‘lovi

56206

Suv to‘lovi

56210

Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari

56214

Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari

56218

Qo‘riqlash xizmati xarajatlari

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan mikrokredit tashkiloti xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek, qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va mikrokredit tashkiloti binosini, mebellar�i, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, mikrokredit tashkilotining suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56300

XIZMAT SAFARI VA TRANSPORT XARAJATLARI


56302

Xizmat safari xarajatlari

56306

Xizmat safaridagi kunlik xarajatlar

56310

Mikrokredit tashkiloti mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan (Fraxt) xarajatlar

56314

Yoqilg‘i xarajatlari

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (mikrokredit tashkiloti ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilg‘i xarajatlari, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan mikrokredit tashkiloti xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish s�mmasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

6400

MA’MURIY XARAJATLAR


56402

Reklama va e’lon xarajatlari

56406

Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari

56410

Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar

56414

Hujjat markalari uchun xarajatlar

56418

Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO”, “NORMA” tizimlari va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56500

Reprezentatsiya va xayriya

56502

Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar xarajatlari

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan o‘z mavqei va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va ko‘ngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar summasi hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan o‘z mavqei va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va ko‘ngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan o‘z mavqei va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va ko‘ngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56506

A’zolik badallari

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirganda to‘lanadigan a’zolik badallari summasi hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirganda to‘langan a’zolik badallari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirganda to‘langan a’zolik badallari bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56510

Xayr-ehson va xayriya xarajatlari

Hisobvaraqning ta’rifi: Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xayriya jamg‘armalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot ko‘rganlarga ko‘rsatgan xayr-ehson summalari hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining xayriya jamg‘armalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot ko‘rganlarga ko‘rsatgan xayr-ehson summalari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining xayriya jamg‘armalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot ko‘rganlarga ko‘rsatgan xayr-ehsonlar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifat�da 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56600

ESKIRISh XARAJATLARI


56602

Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi

56610

Transport vositalarining eskirish summasi

56614

Mebel va jihozlarning eskirish summasi

56618

Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi

56622

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

56626

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi

56630

Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi

56632

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraq�ari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56700

SUG‘URTA, SOLIQ VA BOShQA XARAJATLAR


56702

Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari

56706

Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun to‘lov xarajatlari

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining yuristlar va boshqa firmalar tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56710

Sug‘urta xarajatlari

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining o‘z mulkini sug‘urta qilishga, yong‘indan sug‘urta qilishga va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa sug‘urta turlariga qilgan xarajat�ari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sug‘urta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56714

Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga, yig‘imlarga va qonunchilikka muvofiq ravishda mulkka, yo‘lga, ekologiyaga bo‘ladigan soliqlar kabi bo‘lgan majburiy ajratmalar, haqiqiy ishlab topilgan daromaddan Pensiya fondiga bo‘ladigan ajratmalar va boshqa soliqlari (foyda solig‘idan tashqari), shuningdek mikrokredit tashkilotining litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga (daromad solig‘idan tashqari) va boshqa majburiy to‘lovlarga, shuningdek litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56718

Jarima va penya xarajatlari

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56722

Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek mikrokredit tashkilotining xususiylikni o‘z nomiga o‘zlashtirish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56795

Boshqa operatsion xarajatlar

Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning �aytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

56800

KO‘RILIShI MUMKIN BO‘LGAN ZARARLARNI BAHOLASh

56802

Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56814

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56832

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56834

Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56838

Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56840

Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56842

Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

56895

Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining aktivlari bo‘yicha ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


56900

FOYDA SOLIG‘INI BAHOLASh

56902

Foyda solig‘ini baholash

Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda solig‘iva shu kabi boshqa soliqlar) va yagona soliq to‘lovi (yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun) bo‘yicha xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.


90000

KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR

90900

SAVDOGA OID MOLIYALAShLAR


90966

Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96331 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘liq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

90993

Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlar foydasiga mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix mikrokreditnoy organizatsiyey) veksellarining nominal qiymatini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96337 — “Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarini nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning �reditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91500

AKTIVLAR BO‘YIChA FOIZLAR VA VOSITAChILIK HAQLARI

91501

Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
muddati o‘tgan va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblanadigan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birgalikda muddati o‘tgan hamda sud jarayonidagi mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan, �ekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

91505

Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
boshqa aktivlar va vositachiliklar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar bo‘yicha to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91700

MIKROKREDIT TAShKILOTINING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING BERISh MAJBURIYATLARI

91709

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining mijozlarga yoki banklarga mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96351 — “Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91800

MIKROKREDIT TAShKILOTINING KREDIT VA LIZING OLISh MAJBURIYATLARI

91816

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit va\yoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96358 — “Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kredit va\yoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va\yoki lizing olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

91900

QARZDORLARNING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING MAJBURIYATLARI

91901

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizing bo‘yicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘la qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

91905

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan uzoq muddatli mikroqarzlari, mikrokreditlari va mikrolizinglari bo‘yicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

94500

GAROV SIFATIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR, MULKLAR VA MULKIY HUQUQ (TALAB)LAR

94501

Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar

94502

Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan balans hisobvaraqlari xususiyati jihatidan bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda keltirilgan.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamd� qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” dir.
Hisobvaraqlarning debetida garov ta’minoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida garovga qabul qilingan yoki mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar hamda foizlarni qoplanganidan so‘ng qaytariladigan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikroqarz, mikrokredit va\yoki mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

94503

Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi:
berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir tegishli shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

95400

BOShQA KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI

95413

Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti balansidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning, shuningdek o‘rnatilgan muddat o‘tishi bilan bekor qilingan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha tegishli shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

95497

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqoridagi turkum hisobvaraqlar ta’rifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

96300

KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR KONTR-HISOBVARAQLARI

96331

Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96335

Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96337

Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96345

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i

96349

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i

96351

Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96358

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisob�araq

96381

Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq

96397

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq

(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1639-3, 05.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1639-3/1008-son)