Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.10.2006 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“O‘ZMADPARRANDA-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sektorni yanada rivojlantirish, parrandachilik korxonalariga investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armasi shakllantirilmaganligi munosabati bilan “O‘zMADparranda-xolding” xolding kompaniyasini tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “O‘zMADparranda-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zMADparranda-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalardagi davlat ulushlarini ular xususiy mulk qilib sotilgunga qadar tegishli viloyatlar hokimliklariga ishonchli boshqaruvga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parranda go‘shti va tuxum yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 13-sentabrdagi 419-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 28-oktabr,

221-son