O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 31-oktabrda 1635-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 17 va 50-moddalari hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 12 va 15-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-oktabr,
24/4-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 436-modda; 2009-y., 38-son, 418-modda)