O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALARDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BO‘LGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-sonli “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning raqobatbardoshliligini oshirish, respublikaning eksport salohiyatini ko‘paytirish va tashkilotlarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish yuzasidan nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorini bajarish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq 25 ta korxonada sifatni boshqarish tizimlari joriy etilganligi va sertifikatlashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. 2-ilovaga* muvofiq xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning ularda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi muddatlari haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishda tender savdolarini o‘tkazishda boshqa ko‘rsatkichlar teng bo‘lganda sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz yetkazib beruvchilariga ustunlik beriladi;
ushbu qarorning 2-ilovasiga zarurat bo‘lganda o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishli manfaatdor idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning takliflari asosida Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning qarori bilan kiritiladi.
5. Korxonalarning rahbarlariga sifatni boshqarish tizimining muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikat olinganidan so‘ng tizimni joriy etishda ishtirok etgan xodimlarni lavozim maoshining o‘n baravarigacha miqdorda bir yo‘la mukofotlash tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-avgust,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini
muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh
tarkibi
muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh
tarkibi
| 1. | Shoismatov E.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari |
| 2. | Bo‘riyev R.A. | — | “O‘zstandart” agentligining bosh direktori, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari |
| 3. | Mamadaliyev R.M. | — | Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
| 4. | G‘aniyev E.M. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri |
| 5. | Gadoyev E.F. | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| 6. | Xayrullayev Sh.Sh. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| 7. | Shayxov A.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining raisi |
| 8. | To‘laganov Sh.A. | — | Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
| 9. | Tursunov Y.X | — | Moliya vazirining o‘rinbosari |
| 10. | Xursanov A.X. | — | Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi |
| 11. | Ahmedov Z.N. | — | “O‘zstandart” agentligining sifatning menejment tizimlarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruhning mas’ul kotibi |
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda guruh tarkibiga ularning o‘rniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga
muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga
kiritilayotgan o‘zgartirishlar
muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga
kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-band hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 3-bandning birinchi xatboshidagi “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. 5-banddagi “Sinov laboratoriyalari tomonidan chetdan olib kelinadigan” so‘zlari “Sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan chetdan olib kelinadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2008-y., 39-son, 394-modda)