Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998 26.10.1991 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA BOJXONA XIZMATINI TAShKIL ETISh
VA UNING FAOLIYATI MASALALARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston SSJning tashqi iqtisodiy faoliyati haqida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona qoʻmitasini tashkil etish haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi Farmonini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati va Bojxona qoʻmitasining markaziy apparati tuzilishi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika bojxona muassasalari xodimlarining soni 415 kishi (ulardan 373 kishi—ishlab turgan boʻlinmalar hisobiga), shu jumladan, Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining soni 42 kishi qilib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasiga raisning ikki nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va tarkibi 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona muassasalarini va Bojxona qoʻmitasini 1992-yilda va undan keyingi yillarda saqlash uchun budjetdan pul mablagʻlari, shuningdek, ikkita yengil avtomashina uchun limitlar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona muassasalari xodimlariga mehnatga haq toʻlash, afzalliklar va imtiyozlar shartlari SSSR Xalq xoʻjaligini operativ boshqarish qoʻmitasining 1991-yil 6-sentabrdagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi qoidalarga muvofiq saqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi haqidagi Nizom tasdiqlansin (3-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada bojxona ishlari boʻyicha qonun aktlari loyihalarini tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan qonun loyihalari qabul qilingunga qadar SSSR Bojxonasining mavjud qonunlariga amal qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublikaning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish, tashqi savdo oborotini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish va bu ishda bojxona xizmatining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda bojxona tizimi tuzilishini, uning moddiy bazasini, texnik jihatdan jihozlanganligini, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni bojxona organlarining sifat jihatdan yangi vazifalariga muvofiq keltirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha respublika yagona davlat bojxona statistikasini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha vazirliklar va idoralar, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar, qaysi idoraga qarashliliklaridan, mulkiy shakllaridan, yuridik maqomidan, bojxona imtiyozlaridan foydalanishlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuk ortish va olish joylarida bojxona organlarida eksport-import tovarlarni va boshqa mol-mulklarni deklaratsiya qilishni taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bosh deklaratsiyachi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasining Respublika xoʻjalik hisobidagi “Oʻzvneshtrans” tashqi savdo birlashmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi, Avtomobil transporti vazirligi va Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va boshqa transport tashkilotlari tovarlar va boshqa mol-mulklar deklaratsiya qilingandan va bojxona koʻrigidan oʻtgandan keyingina eksport qilinadigan yuklarni qabul qilib olsinlar va import yuklarni oluvchilarga bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tashkil etilishi munosabati bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi 1991-yilning oxirigacha mazkur Qoʻmitani, uning hisoblash markazi va laboratoriyasini joylashtirish uchun umumiy maydoni 1500—2000 kvadrat metr boʻlgan zarur xizmat xonalari ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi asoslangan buyurtmalarga muvofiq tegishli nomenklatura boʻyicha moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar va inventarlar ajratsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Bojxona qoʻmitasini va unga qarashli muassasalarni telefon, telefaks, tele-tayp aloqalari, shu jumladan, lokal kompyuter tarmoqlari barpo etilishini hisobga olib “Iskra” kanallari bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi bojxona muassasalarining xizmat avtotransporti uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublikadagi bojxona xizmatining tuzilishiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiya boshqarmasi, Avtomobil transporti vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda temir yoʻl stansiyalarida, avtostansiyalarda va aeroportlarda 1-ilovaga muvofiq eksport-import yuklarni nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan ishchi oʻrinlari yaratish uchun xizmat xonalari ajratishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 1992—1995-yillarda “Termiz-Daryo porti”, “Ayritom” bojxona nazorat qilish-oʻtkazish joylarini rekonstruksiyalashni va chegara zonalaridan tashqarida joylashgan yoʻldosh obyektlar qurilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi 1992—1995-yillarda respublika qurilish tashkilotlari rejalarida Bojxona qoʻmitasi talabnomalari boʻyicha ayrim binolar, inshootlar va respublika bojxonasi infrastrukturasining boshqa obyektlari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ishga tushirilishi uchun davlat buyurtmalarini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bojxona qoʻmitasi huzurida rejadan tashqari daromadlardan keladigan tushumlar hisobiga kapital qurilishni pul bilan taʼminlash va respublika bojxona muassasalari infrastrukturalari tuzish fondi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda rejadan tashqari daromadlardan Bojxona qoʻmitasi fondiga ajratiladigan mablagʻlarning miqdorlari va tartibi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin va taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy banki bir oy muddatda belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasiga valyuta schyoti ochish haqidagi masalani hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidovga yuklatilsin, qarorning qanday amalga oshirilayotgani 1992-yilning yanvar oyida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 26-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 26-oktabrdagi
272-sonli qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi* Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi markaziy bojxona organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bundan keyin — Bojxona qoʻmitasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona qoʻmitasi, bojxona, bojxona postlari Oʻzbekiston Respublikasining yagona bojxona xizmatini tashkil etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bojxona qoʻmitasi yagona bojxona siyosatini amalga oshirish, bojxona ishi haqidagi qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlash, respublika bojxona xizmatlarini takomillashtirish va ularning samarali ishlashlari uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona qoʻmitasi oʻz faoliyatida Konstitutsiyaga va qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilayotgan bojxona qonunchiligiga, boshqa normativ aktlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— oʻz huquqi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— rejali daromadlar (savdo oborotidagi poshlinalar va soliqlar)ning respublika budjetiga va rejadan tashqari daromadlar (savdo oborotida boʻlmagan poshlinalar, musodara qilingan va saqlash muddati oʻtib ketgan tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar hamda bojxona va shu kabilarga xizmat koʻrsatishdan tushgan yigʻimlarni belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasi hisoblariga va respublika budjetiga oʻz vaqtida va toʻla oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kontrabandaga, tovarlar va boshqa narsalarni bojxona chegarasi orqali oʻtkazishda bojxona qoidalari va soliqlar haqidagi qonun buzishlarga qarshi kurashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi bojxona statistikasini shakllantirishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— chet mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliya, ilmiy-texnika, insonparvarlik va boshqa munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish uchun qulay bojxona tartibini yaratish va taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— chetdan keltirilgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— bojxona ishi masalalari yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning xabardor boʻlishlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— respublikaning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishi uchun iqtisodiyotni rivojlantirish va qulay sharoitlar yaratishni taʼminlashning afzalliklaridan kelib chiqqan holda savdo-iqtisodiy munosabatlarni bojxona orqali boshqarib borish yuzasidan takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishlari masalalari, shu jumladan, narkotik vositalarning, kishi ruhiga taʼsir qiluvchi moddalarning, qurol-yarogʻ, madaniy va tarixiy meros buyumlarining, maʼnaviy— mulk obyektlarining noqonuniy oborot qilinishining oldini olish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikda qatnashishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bojxona qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika hududida yagona bojxona siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ishlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tahliliy ishlarni olib borish, prognozlashtirish, respublika ichki bozorini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu haqda takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) respublika hududida bojxona orqali tartibga solish vositalarining, shu jumladan, bojxona-tarif mexanizmining qoʻllanilishini, eksport-import tovarlar va boshqa buyumlarni olib kelish va olib ketishning ruxsatnoma berish tartibiga rioya qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) rejali bojxona daromadlarining respublika budjetiga rejadan tashqari daromadlarning — respublika Bojxona qoʻmitasi schyotlariga va respublika budjetiga belgilangan tartibda oʻz vaqtida va toʻla oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) respublika bojxona xizmati tuzilishini takomillashtiradi, toʻla deklaratsiyaga oʻtish uchun zarur sharoitlar yaratadi, tashqi iqtisodiy faoliyatning bojxona statistikasini yuritadi, uning toʻlaligi va oshkoraliligini taʼminlaydi, ushbu statistika maʼlumotlarini respublika davlat organlariga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) bojxona chegarasi orqali tovar oborotini va passajir oborotini tezlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga, shu jumladan, eksport-import yuklarini rasmiylashtirish joylari tarmoqlarini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) respublika tashqi iqtisodiy aloqalari axborotlarini yigʻish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlash chiqish va joriy qilish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) mustaqil ravishda va huquqni himoya qilish organlari bilan hamkorlikda kontrabandalarning, bojxona qoidalari va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va ularga barham berish choralarini, shuningdek, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda koʻmaklashish va Oʻzbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashishlarga qarshi choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, kontrabanda haqidagi ishlar yuzasidan dastlabki tergov olib boruvchi bojxona organlarining mansabdor shaxslari roʻyxatini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) kontrabanda toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda respublika bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya qilinishi, bojxona qoidalari buzilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bunday buzilishlar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan bojxona organlari qarorlari ustidan shikoyatlar va noroziliklarni qoʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning bojxona organlar faoliyati masalalari boʻyicha murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, korxonalar, muassasalar tashkilotlar va fuqarolar huquqlarining buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) bojxonalarni, bojxona postlarini, oʻziga qarashli korxonalarni va tashkilotlarni tuzadi, qayta tashkil etadi hamda tugatadi, ushbu organlar, korxonalar va tashkilotlarning mol-mulkini boshqarish boʻyicha mulk egasining qonuniy huquqini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) bojxona ishini rivojlantirish maqsadida rejadan tashqari tushadigan daromadlar hisobiga respublika bojxona ishlarini rivojlantirishga oid tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlaydi, bunday mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) bojxona ishi sohasida respublikaning xalqaro shartnomalarini tuzish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi va taqdim etadi, ularni tuzish yuzasidan muzokaralar olib boradi, respublikaning boshqa xalqaro shartnomalari loyihalarining bojxona ishlariga tegishli qismini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) bojxona ishlari masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatida qatnashadi, chet davlatlarning bojxona va boshqa vakolatli organlari bilan aloqalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilganlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi oʻziga qarashli organlar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga, shu jumladan, rejalashtirish, moddiy-texnika taʼminoti, kapital qurilish va kredit, kadrlar, mehnat, ish haqi, boshqa ijtimoiy masalalarga rahbarlik qilish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni vazirliklar va davlat hokimiyati hamda boshqaruvning boshqa markaziy organlari bilan, shuningdek, jamoat birlashmalari, xoʻjalik assotsiatsiyalari va uyushmalari bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qoʻmitasining Raisi oʻziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bojxona qoʻmitasi Raisining oʻrinbosarlari Bojxona qoʻmitasi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bojxona qoʻmitasida hayʼat ishlaydi, uning aʼzolari Bojxona qoʻmitasi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.