OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KASSA AMALLARINING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1602-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 9-apreldagi 6/16-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 604-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” bekor qilinsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
13/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish
QOIDALARI
Ushbu Qoida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, banklar tomonidan kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Banklarda kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritishda “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi” (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust), hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dagi quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 — Naqd pullar zaxirasi
10103 — Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10107 — Bankomatlardagi naqd pullar
10109 — Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari
10111 — Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
10198 — Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
10307 — Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
10311 — Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
10507 — Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
10511 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
16101 — Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar
16103 — Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar
16103 — Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari (Markaziy bank)
16111 — Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish
17301 — Tranzit hisobvaraqlari
17401 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
19903 — Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
19935 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar
21008 — Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar
21012 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
21307 — Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar (Markaziy bank)
21314 — Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar (Markaziy bank)
22202 — Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar
22212 — Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar
23116 — Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23122 — Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23504 — Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar
29804 — Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
29816 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar
29824 — Naqd pul mablagʻlari boʻyicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
29896 — Boshqa majburiyatlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan oʻttiz uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
Ushbu hisobvaraqlardan mijozlarning depozit, bank plastik karta va kredit hisobvaraqlari bilan buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirishda foydalaniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
II. Bank kassalarida amalga oshiriladigan kirim va chiqim amallarining buxgalteriya hisobi
(2-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
2. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank mijozlari boʻlgan xoʻjalik subyektlari tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yoʻli bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit “Mijozlarning depozit hisobvaragʻi”;
b) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik toʻlovlar (soliq toʻlovlari, jarimalar, kommunal va boshqa toʻlovlar) uchun naqd pullar topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit 29824 — “Naqd pul mablagʻlari boʻyicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari”;
v) jismoniy shaxslar tomonidan kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit “Mijozlarning tegishli kredit hisobvaragʻi”
yoki
Kredit 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” va 14999 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan kredit toʻlanganda);
g) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha foizlar toʻlovi uchun naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”
(2-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
yoki
Kredit 16377 — “Shartnomaga koʻra hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar”
yoki
Kredit 42005 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar toʻlanganda);
d) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda toʻlanganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit 16405 — “Hisoblangan jarima va penyalar”;
e) jismoniy shaxslar tomonidan oʻzlarining plastik kartalariga kirim qilish uchun naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(2-band “e” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”;
j) bank xizmat haqi uchun mijozlar tomonidan bank kassasiga naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
3. Bank kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, dividendlar, xizmat safari xarajatlari, nafaqa va moddiy yordam pullari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Debet “Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
31. Bank kassasidan mazkur filial mijozi boʻlgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”.
32. Bank kassasidan mazkur bankning boshqa filiali mijozi boʻlgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Bankning boshqa filialida:
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” (naqd pul bergan filial)
33. Boshqa bank mijozi boʻlgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Naqd pul bergan bankning Bosh ofisida:
Debet 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” — Naqd pulni bergan filial
Plastik karta ochilgan bankning Bosh ofisida:
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Debet 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — Naqd pulni bergan bank Bosh ofisi
Plastik karta ochilgan bank filialida:
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” — Bosh ofis.
(31, 32 va 33-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
4. Aylanma kassada oʻrnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qilinganda bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
b) 10102 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10102 — “Naqd pullar zaxirasi”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
5. Banklar har kuni ish boshlashdan oldin oʻz mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi mablagʻ yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi.
Agar mablagʻ yetarli boʻlmasa, u holda 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan aylanma kassaga mablagʻ chiqariladi va bir paytning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim:
a) 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10102 — “Naqd pullar zaxirasi”
b) 10101 hisobvaragʻiga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
51. Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar 10198 — ”Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qilinganda, bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Debet 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
52. 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidagi mablagʻlarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining xizmat farmoyishlariga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa Markazlariga, boshqa tijorat banklarining filiallariga va bir bankning boshqa filiallariga joʻnatishga yoki ushbu bank filialining oʻz ehtiyojlari uchun chiqim qilishga ruxsat berilganda, bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi”
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”.
(51 va 52-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
III. Banklarda mijozlarning naqd pul tushumini inkassatsiya qilishning buxgalteriya hisobi
6. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yigʻib kelingan pul mablagʻlari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablagʻlari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim roʻyxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim roʻyxati asosida quyidagi oʻtkazmalarni amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari boʻyicha mablagʻlar shu bank mijoziga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit “Mijoz depozit hisobvaragʻi”
b) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari boʻyicha mablagʻlar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
v) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
7. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablagʻlari belgilangan tartibda sanab boʻlingandan keyin, naqd pul mablagʻlari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
8. Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
9. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari ushbu bank mijoziga tegishli boʻlsa, u mijozning hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit “Mijoz depozit hisobvaragʻi”
10. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻiga shartnomada kelishilgan hollarda oʻtkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa, unda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
11. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablagʻlari kamomad chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
12. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli boʻlsa va u mijozning hisobvaragʻidan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet “Mijozning depozit hisobvaragʻi”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
13. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” balans hisobvaragʻidan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
14. Boshqa bank mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvaragʻidan shu kunning oʻzida, elektron toʻlov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” tegishli hisobvaragʻiga kirim qilinadi (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvaragʻidan shu kunning oʻzida elektron toʻlov tizimi orqali oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali)
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
15. Mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi)
Agar bank tomonidan 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻidan memorial order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvaragʻiga yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi oʻtkazilganda, har bir aksiz tovar turi boʻyicha savdo tushumi summasini alohida memorial order orqali oʻtkazilishi shart.
Pul mablagʻlari bank aylanma kassasiga elektron toʻlov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan boʻlsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvaragʻiga pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda oʻtkazib beriladi.
Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali)
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
16. Qayta sanash kassasida aniqlangan boshqa banklarning hisob-kitob cheklari boʻyicha toʻlovlarning oʻtkazilishida initsiator (toʻlov operatsiyasini boshlovchi) bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
17. Benefitsiar (toʻlov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Bunda boshqa banklar hisob-kitob cheklarining asl nusxalari initsiator bankda qoldiriladi hamda kunlik hujjatlar yigʻma jildiga belgilangan tartibda tikiladi va saqlanadi.
18. Mablagʻ toʻlovchi va oluvchiga bir bankda xizmat koʻrsatilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
19. Filiallari mavjud boʻlmagan banklar oʻrtasida amalga oshiriladigan banklararo toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Boshqa bank mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, vakillik hisobvaragʻi orqali shu kunning oʻzida, elektron memorial order shakllantirilib elektron toʻlov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” tegishli hisobvaragʻiga kirim qilinadi (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Benefitsiar bankka yaʼni mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi)
Initsiator bank (toʻlov operatsiyasini boshlovchi)da hisob-kitob cheklari boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Benefitsiar (toʻlov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali chiqim qilinadi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
IV. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markaz (keyingi oʻrinlarda — HKKM)
laridan tijorat banklariga madad pullarini berish va olish amallari boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari
laridan tijorat banklariga madad pullarini berish va olish amallari boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari
20. Tijorat bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan naqd pul olish uchun hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan madad puli berish toʻgʻrisidagi farmoyishga asosan tegishli buxgalteriya oʻtkazmasi orqali hududiy Bosh boshqarmalarning Hisob-kitob kassa markazlariga mablagʻ joʻnatadilar.
21. Filiali mavjud boʻlmagan initsiator bank madad puli olish uchun, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishi lozim:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
22. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli olish uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
23. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
24. Filiali mavjud boʻlmagan initsiator bankka, HKKMdan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”
25. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud boʻlmagan initsiator bankdan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
26. Initsiator bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Benefetsiar bank filialiga, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Benefitsiar bank filiali, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Initsiator bank filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi toʻgʻrisida, initsiator bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
27. Tijorat bank filiallari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan boshqa tijorat bank filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Initsiator bank filiallari madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali mablagʻ joʻnatadilar:
Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Benefetsiar bank filialiga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali
Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar”
Benefitsiar bank filiali madad puli joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Initsiator bank filialida, yaʼni madad puli olgan filialda esa olingan madad puli summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”
Benefitsiar bank filialiga initsiator bank filiali tomonidan joʻnatilgan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelib tushganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
28. Bir bank filiallari oʻrtasida madad pullarini berish va olish boʻyicha buxgalteriya hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Initsiator bank filiali, yaʼni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu bankning benefitsiar filialiga mablagʻ joʻnatganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 16101 — “Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Bankning benefitsiar bank filialiga elektron toʻlov orqali madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Bankning benefitsiar filiali, yaʼni madad puli joʻnatuvchi 22202-sonli hisobvaraqqa madad puli uchun mablagʻ kelib tushgandan soʻng, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Bankning initsiator filialiga, yaʼni madad puli oluvchi bankka madad puli keltirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Madad pulini qabul qilib olgan filial yuqoridagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirgandan soʻng benefitsiar filialga yaʼni madad pulini joʻnatgan filialga madad pulini qabul qilganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqnoma joʻnatadi.
Benefitsiar bank filiali yaʼni madad puli joʻnatgan filial, initsiator bank filiali, yaʼni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 22202 — Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
281. Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berishda Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) belgilangan buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
V. Pul almashtirish shoxobchalarida kirim va chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobi
29. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi lozim.
Bank 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini joʻnatganda, har bir valyuta (VVV-valyuta belgisi) boʻyicha alohida, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali chiqim qiladi:
Debet 10109VVV — “ Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
30. Qabul qilingan madad puli 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 10109VVV — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
31. Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida oʻzlarining pul almashtirish shoxobchalarining “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga, quyidagilarni amalga oshiradi:
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan soʻmdagi umumiy summasiga:
Debet 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
32. Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyutani sotishdan tushgan soʻmdagi naqd pulning yukxatda koʻrsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
33. Pul almashtirish shoxobchasi sotib olingan xorijiy valyutaning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
34. Pul almashtirish shoxobchasi sotilgan xorijiy valyutaning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan umumiy summasiga:
Debet 17101 VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
35. Bank balansida 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi soʻmdagi va valyutadagi qoldiq pul almashtirish shoxobchalari kassirlaridan olingan “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan qoldiqqa solishtiriladi va ular teng boʻlgan taqdirda mazkur bank amaliyot kuni belgilangan tartibda yakunlanadi.
Bunda, 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” qoldigʻi 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻiga har bir valyuta boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilib qoʻyiladi:
Debet 10109VVV — “ Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
36. Keyingi ish kuni ertalab, 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻidagi qoldiqni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga har bir valyuta boʻyicha kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10109VVV — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Agarda, pul almashtirish shoxobchalaridan olingan naqd pullar qayta sanash kassasida qayta sanalgandan soʻng kamomad yoki ortiqcha mablagʻlar aniqlansa, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
VI. Bankomatda kirim va chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
37. Bank 10107 — “Bankomatdagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini belgilangan tartibda taqsimlab boʻlgandan soʻng har bir bankomat boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
38. 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
39. Bankomatdan plastik karta orqali naqd pul olinganda, har bir holat uchun, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
40. Bankomatdagi qolgan yoki toʻlovga yaroqsiz naqd pullarni bankka qaytarilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
41. Bankomatga ortiqcha qoʻyilgan yoki toʻlovga yaroqsiz naqd pullarni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
411. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida Online-inkassatsiya operatsiyalari amalga oshirilganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
412. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalariga naqd pullar kirim qilinganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
Debet 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
Debet 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”.
413. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning kreditlari toʻlanganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar”
Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial)
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial)
Kredit mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi.
414. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida boshqa toʻlovlar amalga oshirilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit Toʻlovlarni oluvchilarning hisobvaraqlari.
(411 — 414-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
VII. Bank operatsion kassalarida madad pulini kirim va chiqim qilishga oid amaliyotlarning buxgalteriya hisobi
(7-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
42. Har bir bank operatsion kassasiga talab qilingan madad pulini oʻz vaqtida va soʻralgan miqdorda taqsimlashi lozim.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
Bank 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”) madad pulini joʻnatganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradilar:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad puli kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Debet 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(42-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
47. Bank operatsion kassasining hisobvaragʻiga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa toʻlaligicha 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali berkitilishi lozim:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-1, 21.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 495-modda)
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-3, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)
48. 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻi qoldigʻi berkitilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 29896 — “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1602-2 23.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)
VIII. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan tijorat banklarining
aylanma kassalaridagi ortiqcha naqd pullarni qabul qilish amallari boʻyicha buxgalteriya hisobi
aylanma kassalaridagi ortiqcha naqd pullarni qabul qilish amallari boʻyicha buxgalteriya hisobi
49. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqcha naqd pullarni Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlariga joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
50. Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan soʻng, shu zaxotiyoq dasturiy ravishda tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani joʻnatishi shart.
51. Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablagʻ oʻtkazib berilganda, quyidagi yakunlovchi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning, filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
52. Tijorat banklariga Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishlari shart:
Debet 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
53. Tijorat bankka topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi yakunlovchi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi)
Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda; 2016-y., 42-son, 495-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)