Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997 05.10.1991 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINI
TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-martdagi 136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 11-iyundagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi VASXNIL O‘rta Osiyo bo‘limining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada joylashgan dehqonchilik ixtisosidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning moddiy va tajriba-ishlab chiqarish bazalari bilan birga, ilovaga muvofiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi ixtiyoriga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining bosh vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika dehqonchilik-sanoat kompleksida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yer-suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini intensiv asosda yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy-iqlim sharoitlari, nufus vaziyatining o‘zgarishi, yer va suv resurslari taqchilligining o‘sib borishini hisobga olgan holda O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat kompleksi tarmoqlari rivojlanishi qonuniyatlari va istiqbollarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini, qishloq xo‘jaligini yuritish tizimini, dehqonchilik-sanoat kompleksi xo‘jalik mexanizmining iqtisodiy asoslarini, shuningdek, dehqonchilik-sanoat ishlab chiqarishi kooperativlashuvi va integratsiyasining zamonaviy shakllarini, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning ilg‘or metodlarini takomillashtirish muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq aholisi turmush darajasini oshirish, ularning mehnat va maishiy sharoitlarini, ish bilan samarali band bo‘lishini yaxshilash, qishloqni ijtimoiy qayta qurish, atrof-muhit muhofazasi muammolarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon fani va amaliyoti yutuqlaridan respublika dehqonchilik-sanoat kompleksini jadal rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun ularni o‘rganish va umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining resurslarni tejovchi, tabiatni muhofaza qiluvchi, xomashyo resurslariga sanoat yo‘li bilan qayta ishlov beruvchi prinsipial yangi texnika va texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining dastlabki urug‘chiligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa va davlat xo‘jaliklari dehqon (fermer) xo‘jaliklari, dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlari amaliyotida fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlaridan eng to‘la foydalanishga har tomonlama ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekistonning ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, ularda olib borilayotgan dehqonchilik-sanoat sohasidagi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ularga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning, tajriba-izlanish ishlarini o‘tkazishning progressiv metodlari va shakllarini egallagan yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining I. H. Jo‘rabekov (rais), A. I. Imomaliyev, S. N. Usmonov, T. N. Guskova, V. I. Pleunev, M. Y. Islomov, M. M. Mirzayev, M. R. Nariyans, I. P. Makarov o‘rtoqlardan iborat tarkibdagi tashkiliy qo‘mitasi bir oy muddat ichida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari (akademiklar) va muxbir a’zolari saylovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi uchun haqiqiy a’zolar (akademiklar)ning 20 ta va muxbir a’zolarning 30 ta bo‘sh o‘rni belgilansin, haqiqiy a’zolikka (akademiklikka) nomzodlar uchun cheklangan yosh — 65 yoshgacha, muxbir a’zolikka nomzodlar uchun — 60 yoshgacha qilib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VASXNILning respublikada ishlovchi haqiqiy a’zolari (akademiklar) va muxbir a’zolari belgilangan o‘rin doirasida tegishli ravishda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining akademiklari va muxbir a’zolari deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. VASXNIL rayosatining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Prezidenti bir vaqtning o‘zida VASXNIL vitse-prezidenti hisoblanishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va amaldagi moddiy imtiyozlar O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi rayosati a’zolariga, rayosat apparati va akademiyaga qarashli ilmiy-tadqiqot muassasalari jamoalari xodimlariga tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida akademiya boshqaruv apparati sonini, ularni saqlashga hamda fundamental ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga respublika budjetidan mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izlanish va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, eksperimental ishlarni keng joriy etish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar respublika dehqonchilik sanoat kompleksining korxonalari va tashkilotlari bilan shartnoma tuzish asosida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari, eksperimental bazalari va davlat xo‘jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan markazlashgan tartibda ta’minlash uchun xo‘jalik hisobidagi “O‘zagroakademta’minot” bazasini tashkil etish tavsiya qilinsin,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252-son

Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 5-oktabrdagi
252-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi
ixtiyoriga beriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

Shreder nomidagi ishlab chiqarish-ilmiy birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Soyuzxlopok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Don” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ipak” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘rtaosiyoqishloqxo‘jalikmexanizatsiyasi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston sholikorlik ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini tashkil etish va uning iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahridagi qorako‘lchilik ilmiy-tadqiqot instituti