1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.08 Korxonalarni sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishda tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilinishini, shu jumladan davlat aktivlarini xususiylashtirishning samarali strategiyasi ishlab chiqilishini, shuningdek korxonalarni sotishdan oldin sifatli tayyorlashni, ular moliyaviy sog‘lomlashtirilishini, xususiylashtirilayotgan korxonalar (obyektlar) to‘g‘risidagi axborot ma’lum qilinishini, o‘tkaziladigan savdolarning ochiq-oshkoraligini, shuningdek yangi mulkdorlar o‘z investitsiya majburiyatlarini bajarishi ustidan amaliy nazorat qilinishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda davlat aktivlarini xususiy mulk qilib sotish mexanizmini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar turkumini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 21-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartib-taomillarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonasini xo‘jalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatga) yoki boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki bo‘lgan obyektlarni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalarni, ulushlar va mulkiy paylarni jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga birja va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish davrida korxona ma’muriyati oldin tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya qilishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat raqobat qo‘mitasining (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasining) qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish xususiyatlarini, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarini va ishlab chiqarish ko‘lamlarini, asosiy fondlar qiymatini hamda potensial investorlarning takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasining respublikadan tashqarida joylashgan mulkini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ning borishi, mol-mulkni sotish bo‘yicha bitishuvlar va sotib olish tushumlari summasi to‘g‘risidagi statistik axborot O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi belgilagan tartibda va muddatlarda statistika organlariga taqdim etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan (belgilanadigan) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari (korxonalar ro‘yxatlari), shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatnomalari (buyurtmanomalari) asosida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan obyektlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan muddatlarga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini amalga oshirish jadvallari tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi belgilanadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan obyektlar bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan (shu jumladan mehnat jamoasi a’zolaridan) buyurtmanomalar talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilmagan obyektlar bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi qarori bo‘yicha, ularning vakolatlari doirasida, shu jumladan yuridik yoki jismoniy shaxslarning, shu jumladan ushbu korxonalar mehnat jamoalari a’zolarining buyurtmanomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organ (Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat yuridik shaxslardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan berilgan buyurtmanoma mulkdorlar tomonidan yoki mulkdorlar bunga vakil qilgan shaxslar tomonidan imzolangan va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (1-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsdan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidan, xorijiy davlat fuqarosidan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan) berilgan buyurtmanoma uning tomonidan yoki bunga vakil qilingan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak (2-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning mehnat jamoasidan berilgan buyurtmanoma mehnat jamoasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan bunga vakil qilingan korxona, bo‘linma mehnat jamoasi a’zosi tomonidan imzolanadi (3-ilova). Mehnat jamoasi buyurtmanomasiga mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning korxona muhri bilan tasdiqlangan protokolidan ko‘chirma, imzolash varaqasi ilova qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarning barchasi korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt) joylashgan joy bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organiga beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomaga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdoridagi maxsus yig‘im Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Yig‘im summasi, ko‘rib chiqish natijalaridan qat’i nazar, ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ga buyurtmanoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasini xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organidan axborot olingandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organni (markaziy apparat yoki hududiy organ) belgilaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanoma berilgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan ariza beruvchiga davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi axborot yozma shaklda yetkaziladi. Axborotda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi ko‘rsatiladi. Salbiy qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga rad etish sabablari xabar qilinadi. Bunda rad etish sabablari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan shartlar va muddatlar ko‘rsatiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona (obyekt) davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar ro‘yxatiga kirsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan korxona (obyekt)ning mazkur turi uchun nazarda tutilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xususiyatlari hisobga olinmasa davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bo‘yicha amalga oshiriladigan korxona (obyekt) bo‘yicha tushgan taqdirda hamda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonini o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida qarori qabul qilingan, obyektni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomalar berilgan vaqtdan boshlab hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ushbu korxonaga (ulush, pay, aksiyalarga) mulkiy egalik qilish huquqi boshqa mulkdorga berilgungacha yoki korxonani qayta o‘zgartirish rad etilgungacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani qayta tashkil etish va tugatish (belgilangan tartibda bankrotlik tartib-taomillarini o‘tkazish bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxonaning xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqidagi mulkini, mulkiy huquqlarini begonalashtirish (ro‘yxatdan chiqarish) taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha komissiyani tuzish va uning faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni o‘tkazish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuzadi. Komissiya tarkibiga Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi vakillari bilan bir qatorda:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiga davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona kiradigan davlat organi yoki xo‘jalik boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona ma’muriyati va mehnat jamoasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya va soliq organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi bank;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er uchastkasi xususiylashtirilgan yoki korxona (obyekt) yer uchastkasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) hollarda “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish Davlat komissiyasi qarorlariga ko‘ra xususiylashtirilayotgan korxonalar (obyektlar) bo‘yicha, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini (ulushlarini) sotishda Komissiya tashkil etish talab qilinmaydi.
(16-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tuzilgan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini o‘tkazish jadvali asosida yoki davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma asosida davlat mulki obyektini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tegishli organlardan Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni so‘raydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tegishli boshqaruv organlarining va ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan muassasalarning rahbarlari Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi so‘rovnomasi olingandan keyin uch kun muddatda Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qiladilar hamda keyinchalik uning Komissiya ishlarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya a’zolarining Komissiyada ishlagan vaqti uchun asosiy ish joyi bo‘yicha ish haqi va boshqa qo‘shimcha to‘lovlari saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya o‘z faoliyatini bevosita davlat tasarrufidan chiqariladigan (xususiylashtiriladigan) korxonada (obyektda) amalga oshiradi. Komissiya a’zolari qabul qilinadigan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ishlarini tashkil etish Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi o‘z xodimlaridan tayinlaydigan Komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya a’zolariga, davlat mulki bo‘lgan qayta o‘zgartirilayotgan obyektning mansabdor shaxslariga Komissiya faoliyati masalalari bo‘yicha topshiriqlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi ko‘rib chiqishi uchun Komissiya ish tartibini muntazam ravishda buzuvchi ayrim a’zolarni Komissiya tarkibidan chiqarish, ularni tegishli ravishda almashtirish masalalarini kiritish.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi qatnashgan taqdirda huquqiy kuchga ega hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish ochiq usulda o‘tkaziladi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorining qabul qilinishiga rozi bo‘lmagan Komissiya a’zosi o‘z mulohazasini yozma ravishda bayon qilish va uni Davlat raqobat qo‘mitasiga yoki uning hududiy organiga yuborish huquqiga ega.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ga tayyorlash bo‘yicha Komissiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini xatlovdan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona ma’muriyati mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalarini tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Ishchi komissiya o‘z faoliyatini Komissiya rahbarligida amalga oshiradi. Ishchi komissiya a’zolari taqdim etilayotgan hujjatlarning to‘g‘riligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organiga ko‘rib chiqish uchun:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani aksiyadorlik jamiyatiga, boshqa xo‘jalik jamiyatiga, yoki boshqa tijorat tashkilotiga aylantirish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani mulk kompleksi sifatida to‘liq sotish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish), shuningdek qayta tashkil etish jarayonida vujudga keladigan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllari to‘g‘risidagi takliflardan bittasini kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Komissiya tomonidan korxonani davlat tasarrufidan chiqarishga (xususiylashtirishga) berilgan buyurtmanomada nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakldan farq qiladigan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirish to‘g‘risida qaror qilingan taqdirda Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organiga qabul qilingan qarorning asoslanishini taqdim etishga majburdir.
(23-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasiga korxonani (obyektni) sotishdan oldin tayyorlash tartib-taomillarini bajarish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritishi mumkin.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) rejasi tuziladi, unda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni o‘tkazishning tavsiya etilayotgan muddatlari, qonun hujjatlariga muvofiq korxona mehnat jamoasining ayrim a’zolariga tavsiya etilayotgan imtiyozlar ko‘rsatiladi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis hujjatlari loyihalari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Komissiyaning obyektlarni to‘liq sotish to‘g‘risidagi takliflarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni mol-mulk kompleksi sifatida to‘liq sotishning afzalliklari asoslanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotishning tavsiya etilayotgan usuli (birja, kimoshdi, tanlov (tender) savdolari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Korxonani qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) to‘g‘risida takliflar kiritilganda Komissiya uni qayta tashkil etishning zarurligini asoslashi va qayta tashkil etishga doir tadbirlar rejasini tuzishi kerak. Taqdim etilgan hujjatlarda, zarurat bo‘lganda, qayta o‘zgartirilayotgan birliklar o‘rtasida majburiyatlarning taqsimlanishi va boshqa aloqalar bo‘yicha takliflar bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Komissiyaning ish yakunlari bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning tegishli hududiy organiga majlislar bayonnomalari, Komissiya tasdiqlagan mol-mulk xatlovi dalolatnomalari, kadastr hujjatlari (korxonalar sotilgan taqdirda mulkiy komplekslar sifatida), ushbu Nizomning 23 — 26-bandlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakliga doir takliflar, shuningdek:
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona soliq bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan korxona balansi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
debitorlik va kreditorlik qarzlarning, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning yoyilmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar va tarkibiy qayta o‘zgartirish tadbirlari rejasi (zarur bo‘lganda) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tarkibiy o‘zgartirishlar tadbirlari rejasida tegishli bozorda ustunlik qiluvchi korxonalar paydo bo‘lishiga olib keluvchi korxonalarni qo‘shib yuborish nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi kurashish organining rozilik xati ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan korxonani mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirish to‘g‘risida taklif kiritilganda ayni bir vaqtda 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning yoki 4a-ilovaga muvofiq jismoniy shaxslarning qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav fondidan muayyan ulushlarni sotib olish xohishi to‘g‘risidagi buyurtmanomalari taqdim etiladi. Komissiya tomonidan korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida taklif kiritilganda aksiyalarning mehnat jamoasi a’zolariga sotishga tavsiya etilgan paketi doirasida, ularning har biri tomonidan ular ko‘rsatgan summaga aksiyalar sotib olish xohishi to‘g‘risida 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha mehnat jamoasi a’zolarining imzolash varaqasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan, shuningdek mehnat jamoasining qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar olish huquqiga ega bo‘lgan a’zolari ro‘yxati ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Komissiya ish olib borishining umumiy muddati Komissiya tuzilgan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya taqdim etgan materiallar va hujjatlar ko‘rib chiqilgandan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi bir hafta muddatda quyidagi qarorlardan bittasini qabul qiladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaytarish sabablarini ko‘rsatgan va hujjatlarni takroriy taqdim etish muddatini belgilagan holda hujjatlarni Komissiyaga puxtalashtirish uchun qaytaradi, hujjatlarni takroriy taqdim etish muddati ular qaytarilgan vaqtdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak. Agar Komissiya tomonidan hujjatlar takroriy taqdim etilganda ularda davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon bermaydigan jiddiy kamchiliklar topilsa, Komissiya tarqatib yuboriladi va yangi Komissiya tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt)ni baholash uchun baholovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi baholovchi tashkilotga Komissiya tomonidan tayyorlangan zarur hujjatlarni taqdim etadi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona (obyekt)ni baholash bo‘yicha baholovchi tashkilotning xulosasi va Komissiya tomonidan taqdim etilgan xususiylashtirish obyektining boshlang‘ich bahosini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida Davlat raqobat qo‘mitasi yoki hududiy organ korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda buyruq bilan ayni bir vaqtda namunaviy ustavga va emissiya prospektiga muvofiq tuzilgan ustav va emissiya prospekti tasdiqlanadi. Korxona mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirilganda ayni bir vaqtda ustav va davlatning mulkida saqlanib qoladigan va investorlarga sotiladigan ustav fondidagi ulush tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Buyruq, ustav, emissiya prospekti (chiqarish to‘g‘risidagi axborot) Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, tarqatiladi va saqlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Buyruqni bajarish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik jamiyatini yoki boshqa tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha — uning rahbariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona xo‘jalik jamiyatiga aylantirilganda obyektlarni to‘liq, ustav fondidan ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan mehnat jamoasi a’zolariga sotish, boshqaruv organlarini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha — Davlat raqobat qo‘mitasining aniq xodimlariga yuklanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Davlat korxonalari negizida tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlarida mavjud boshqaruv organlari ular qayta saylangungacha (qayta tayinlangungacha) faoliyatini davom ettirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Davlat aktivini baholash va uning boshlang‘ich (dastlabki) narxini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Davlat aktivlari qiymatini baholash baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan baholaydigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat aktivlarining qiymatini baholash xatlov natijalari bo‘yicha korxonaning mavjud mol-mulki va uning amaldagi holatidan kelib chiqib Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash, qoidaga ko‘ra, uch usul bilan, ya’ni xarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar bilan amalga oshiriladi. Baholashning uch usulidan birini qo‘llash mumkin bo‘lmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qo‘llash rad etilishini zarur ravishda asoslashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarining baholash qiymati milliy valyutada belgilanadi. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish davlat komissiyasining qaroriga ko‘ra sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha baholash qiymati ayni vaqtda baholash o‘tkazilgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha AQSh dollarida qayd qilingan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Xarajatli usulni qo‘llashda baholanadigan mol-mulkning tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona balansida bo‘lgan va xatlov natijasida aniqlangan barcha asosiy vositalar, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ham ishlab turgan (vaqtincha mukammal ta’mirlashda va Modernizatsiyada bo‘lgan obyektlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar ham shu jumlaga kiradi), ham konservatsiyada, zaxirada yoki rezervda bo‘lgan (o‘rnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari, ish mollari va mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va asosiy vositalarning boshqa turlari, shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlarga foydalanishga, ijaraga berilgan asosiy vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona (obyekt) yer uchastkalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilganda (xususiylashtirilganda) — davlat tasarrufidan chiqariladigan (xususiylashtiriladigan korxona (obyekt) joylashgan hamda binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan nomoddiy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy aktivlar;
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa aktivlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xarajatli usulda baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishga tushirish yoki sotib olish vaqtida dastlabki qiymatdan kelib chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 18-iyundagi 293-son, 1993-yil 1-iyundagi 261-son, 1994-yil 28-noyabrdagi 572-son, 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son va 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorlariga muvofiq indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilgan asosiy fondlarning balans qiymati belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) asosiy fondlarning qiymatini tayyorlovchi zavodlar narxlariga, preyskurantlar, prays-varaqlar va boshqalarga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yo‘li bilan yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy fondlarning amaldagi narxlardagi (bozor narxlaridan yuqori bo‘lmagan) tiklash qiymati aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega bo‘lgan asosiy fondlar bo‘yicha ustav fondiga ularning amaldagi narxlardagi tiklash qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi.
(35-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 1997-yil 1-yanvargacha amal qilgan va 1997-yil 1-yanvardan keyin joriy etilgan asosiy fondlarni to‘liq tiklashga va ulardan foydalanish muddatlariga belgilangan tegishli amortizatsiya normalaridan kelib chiqib asosiy fondlarning eskirishi hajmi belgilanadi. Ishchi komissiyaning qaroriga ko‘ra eskirish darajasi asosiy fondlarning dastlabki iste’mol qiymatlari yo‘qolishi darajasiga qarab aniqlashtirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) amaldagi narxlarda tiklash qiymati bilan foydalanish davridagi muayyan normativ eskirish hajmi o‘rtasidagi tafovut sifatida amaldagi narxlarda asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarni baholash dalolatnomasi 6-ilovaga muvofiq tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ijtimoiy infratuzilma obyektlarini baholash dalolatnomasi 7-ilovaga muvofiq tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) kapital qo‘yilmalarni (tugallanmagan qurilish va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni) baholash dalolatnomalari 8 va 9-ilovalarga muvofiq baholash paytida amalda bo‘lgan narxlarda tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisobot buxgalteriya balansi ma’lumotlari yoki xatlash ma’lumotlari asosida joriy aktivlar qiymati, shuningdek korxonaning majburiyatlari aniqlanadi;
(35-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yer uchastkalaridan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini xususiylashtirishda yer uchastkasi qiymatini baholash), yer osti boyliklaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi qiymati baholanadi, uning natijalari 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnomada aks ettiriladi. Xususiylashtiriladigan korxona (obyekt) joylashgan va binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkasini baholash faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) tovar-moddiy boyliklarga tegishli bo‘lgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari amaldagi ulgurji yoki chakana (bozor narxlaridan yuqori bo‘lmagan) narxlarda yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra “ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari” guruhi bo‘yicha asosiy fondlarni qayta baholashning har yilgi koeffitsiyentini inventarlar va xo‘jalik buyumlarining balans qiymatiga qo‘llash yo‘li orqali baholanadi.
(35-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Baholash natijalari bo‘yicha 11-ilovaga muvofiq mol-mulkni baholash yig‘ma dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Baholashning ikki va undan ortiq usuli qo‘llanilganda baholovchi tashkilot Davlat raqobat qo‘mitasiga davlat aktivlari qiymatini baholash bo‘yicha olingan barcha natijalarni taqdim etadi, ular asosida Davlat raqobat qo‘mitasi (davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari tizimiga kiradigan korxonalar bo‘yicha) yoki uning hududiy organi (boshqa korxonalar bo‘yicha) buyrug‘iga ko‘ra korxonaning qiymati, ustav fondi miqdori va boshqa davlat aktivlari miqdori tayinlanadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlari boshlang‘ich narxi, ustav fondining tayinlanadigan miqdori baholash tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan baholashning uchta usuli: xarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar natijalari bo‘yicha olingan eng yuqori baholash qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, korxonalar (obyektlar)ni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalar, ulushlar va mulkiy paylarni sotish to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi bo‘yicha (bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga) amalga oshirilishi mumkin.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, davlat aktivlarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki Davlat mulkini xorijiy investorga sotishda tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi qarorlariga ko‘ra sotish hollari bundan mustasno.
(38-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Korxona va boshqa davlat aktivlarini sotishdan oldin tayyorlash korxonaning barqaror moliyaviy-iqtisodiy holatini ta’minlashni, asosiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mol-mulk va asbob-uskunalarni qisqartirishni, potensial investorga sotish uchun korxonaning investitsiya jalb etuvchanligi va likvidliligini oshirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar sotishdan oldin tayyorlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtirilayotgan korxonani sotishdan oldin tayyorlash to‘g‘risidagi qaror Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, xususiylashtirish dasturiga kiritilgan boshqa korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash to‘g‘risidagi qaror — tarkibiga xususiylashtiriladigan korxona kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining tegishli organi yoki u yuritishiga kiradigan joylardagi mahalliy hokimiyat organi bilan kelishuv bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi hay’ati tomonidan qabul qilinishi mumkin.
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotishdan oldin tayyorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilayotgan korxona faoliyatini kompleks o‘rganish (diagnostik tekshirish), bu ishlab chiqarishni boshqarish tizimini, moliyaviy holatini, sheriklarning tarkibini, raqobatchilarni, investorlarni va hokazolarni o‘rganib chiqishni o‘z ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona faoliyati samaradorligini va uning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni (tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo) ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tadbirlar bajarilishining doimiy monitoringini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Davlat raqobat qo‘mitasi bilan tuziladigan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan moliyaviy, texnik tashkilotlar va mustaqil maslahatchilar sifatidagi boshqa tashkilotlar bevosita korxonada ishlab olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda korxona faoliyatini (boshqaruv tizimi, ishlab chiqarishning holati, marketing, moliya-xo‘jalik faoliyati, malakali kadrlar bilan ta’minlash) o‘rganib chiqadi va xususiylashtirish dasturida belgilangan davlat aktivlarini sotish muddati tamom bo‘lishidan kamida bir oy oldin to‘liq bajarilishini nazarda tutadigan korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diagnostik tekshirish, korxonaning investitsiya jalb etuvchanligini baholash natijalari va chora-tadbirlar rejasi Davlat raqobat qo‘mitasi, tarkibiga mazkur korxona kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, korxonaning boshqaruv organi vakillari va korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida muhokama qilinadi, sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi aniqlashtiriladi. Muhokama bayonnomasi chora-tadbirlar rejasi loyihasi bilan birgalikda Davlat raqobat qo‘mitasiga va davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organiga taqdim etiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtirilayotgan korxonani sotishdan oldin tayyorlash chora-tadbirlari rejasi Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, boshqa korxonalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda chora-tadbirlar rejasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari, xususiylashtiriladigan korxona tarkibiga kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi yoki u yuritishiga tegishli bo‘lgan mahalliy hokimiyat organi bilan kelishilishi mumkin.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona rahbari va korxona tarkibiga kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar zarur darajada bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtiriladigan korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha mustaqil maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash Davlat raqobat qo‘mitasi, korxona va jalb etiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan uch tomonlama shartnoma asosida, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarda, boshqa korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha mustaqil maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan shartlarda korxona mablag‘laridan to‘lanadi. Korxonaning o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda ushbu summa Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan to‘lanadi hamda ushbu summa keyinchalik korxona tomonidan qoplanadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Tasdiqlangan chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida doimiy asosda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil maslahatchilar vaqti-vaqti bilan Davlat raqobat qo‘mitasiga chora-tadbirlar bajarilishining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash tadbirlariga Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining qarori bilan belgilangan chora-tadbirlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Davlat aktivlarini sotish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Davlat aktivlarini (mol-mulk, aksiyalar, ulushlarni) sotish Hukumatning qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq birja yoki birjadan tashqari savdolarda — kimoshdi, tanlov (tender) savdolarida yoki to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar natijalari bo‘yicha sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Korxonalarning davlat aktivlarini investorlarga sotish shartlari va usullarini tasdiqlash, shuningdek ommaviy tanlov (tender) savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini sotib olishga talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlash Davlat raqobat qo‘mitasi (yoki uning hududiy organi) tomonidan amalga oshiriladi, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi qarori asosida sotiladigan obyektlar bundan mustasno.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish davlat komissiyasi qarori bo‘yicha sotiladigan korxonani (mol-mulk, ulushlar, paylar, aksiyalarni) mamlakat investorlariga sotishda taklifning narxi AQSh dollarida belgilangan baholash qiymatini tanlov (tender) e’lon qilingan paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mlarga qayta hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda sotish narxiga belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ishlab chiqarish binolari va inshootlariga tutashib ketgan yer uchastkalarini xususiylashtirish (sotish) xususiylashtirilayotgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun qat’iy zarur bo‘lgan miqdorlarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari miqdorini belgilash belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki u tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil maslahatchilar tomonidan, ular faoliyatiga xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan haq to‘langan holda amalga oshiriladi. Ushbu sarf-xarajatlar keyinchalik sotishdan olingan tushumdan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Obyektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul sotish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Davlat korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirishda va davlat aktivlarini birjadan tashqari savdolarda sotishda shartnomalar tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Davlat mulki obyektini xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi bilan aksiyadorlar (qatnashchilar) vakolat bergan shaxs (kuzatuvchi kengash raisi yoki ijro etuvchi organ rahbari) o‘rtasida o‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi shartnoma-bitim tuzilishi mumkin.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma-bitimda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan davrda korxona faoliyati sohasini va ishlab chiqarish, mahsulot eksportining kelishilgan hajmlarini saqlab qolish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish o‘rinlari sonini o‘zgartirish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Birjadan tashqari savdolar o‘tkazish natijalari bo‘yicha davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bir tomondan Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi va ikkinchi tomondan xaridor o‘rtasida tuziladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi ma’lumotlar va shartlar majburiy tartibda aks ettirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning nomi va manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bitishuvni sodir etish uchun asos (Hukumat qarori, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi, Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi buyrug‘i, o‘tkazilgan birjadan tashqari savdolar natijalari);
(53-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotiladigan davlat aktivining turi (nomi, tavsifi), miqdori, narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olish to‘lovini amalga oshirish miqdori, valyutasi, shartlari va tartibi, shuningdek muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning majburiyatlari, shu jumladan sotiladigan aktivlarga mulk huquqining sotuvchidan xaridorga o‘tishi shartlari, tartibi va izchilligi, shu jumladan mulk huquqiga dalolatnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma bo‘yicha qabul qilinadigan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi va/yoki bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi, jarima jazolarini to‘lash miqdori va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizolarni hal etish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari, qo‘llaniladigan huquq, fors-major holatlarni aniqlash va bunday holatlarda ish ko‘rish tartibi, shartnomaning tili, nusxalari soni, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shartlari, shartnomaning kuchga kirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning kafolatlari sifatida ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada zaruriyat bo‘lganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor tomonidan qabul qilinadigan investitsiya majburiyatlarining hajmi (pul ifodasida), umumiy mazmuni, shartlari, amalga oshirish izchilligi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida investor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulk (aksiyalar, ulushlar)dan foydalanish va investitsiya majburiyatlari bajarilishi shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishining batafsil dasturi (reja-jadvali)ni tayyorlash va xaridor tomonidan kelishish uchun sotuvchiga taqdim etish muddati, uning bajarilishi monitoringi, xaridor tomonidan korxona faoliyati ixtisosi saqlab qolinishining eng kam davri va ijtimoiy muhofaza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlarining asosiy bandlari mazmunining tavsifi, uning xaridor tomonidan bajarilishi muddatlari, investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishi holati tasdiqlanishi tartibi va shartlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor tomonidan korxona to‘liq yoki aksiyalar (ulushlar, paylar)ning nazorat paketi sotib olinganda oldi-sotdi shartnomasiga mazkur Nizomning 50-bandida bayon qilingan shartlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Davlat raqobat qo‘mitasi (uning hududiy organi) xususiylashtirishdan mablag‘lar tushishi, yangi mulkdorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari muddatlari so‘zsiz bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan sotib olish to‘lovlari va investitsiya majburiyatlari investorlar tomonidan bajarilmagan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasi investordan jarima undirish choralarini ko‘radi yoki bir tomonlama tartibda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi. Jarima jazolari miqdori va shartnomani bekor qilish shartlari shartnomalarda ko‘rsatiladi.
(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olayotgan davlat aktivlari uchun to‘lovni xorijiy valyutada amalga oshirgan investor bilan tuzilgan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq qaytariladigan mablag‘lar (tegishli jarima sanksiyalari mablag‘i ushlab qolingandan keyin) investorning roziligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, ularni o‘tkazish sanasidagi kurs bo‘yicha, investor ko‘rsatgan bank hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis etish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi davlat korxonalarini qayta tashkil qilish natijasida barpo etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining muassislari bo‘ladilar.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Korxonani xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Davlat mulki obyekti negizida yangidan tashkil etilgan xo‘jalik jamiyati davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) paytida korxonada mavjud bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarning, shu jumladan, agar ta’sis hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Korxona xo‘jalik jamiyatiga aylantirilganda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ta’sis hujjatlari taqdim etilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomga muvofiq ta’sis etilgan xo‘jalik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatining ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda notarial tasdiqlangan ustavi nusxasi uning rahbari tomonidan Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) yuboriladi.
(59-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan korxonani xususiylashtirish rejasi tasdiqlanishi uni ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risidagi qaror, emissiya prospektini tasdiqlash esa — aksiyalar chiqarish (emissiya) to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar belgilangan tartibda yangi mulkdorga sotilgunga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Korxonani qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruq, emissiya prospekti (aksiyalar chiqarish so‘rovnomasi) ular imzolangandan va tasdiqlangandan keyin 3 kun muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hujjatlarning to‘liq turkumi olingandan keyin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqd chiqarilgan hollarda aksiyalar namunalari (eskizlari)ni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, raqami ko‘rsatilgan va “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” degan belgi qo‘yilib, ip o‘tkazib tikilgan va o‘z muhri bilan tasdiqlangan emissiya prospektining bir nusxasini aksiyadorlik jamiyatiga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
emissiya prospektining ikkinchi nusxasini Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining korxonani qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyrug‘i nusxasi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini hisobga olish uchun Markaziy depozitariyga beradi.
(63-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Birlamchi emissiya (aksiyalar chiqarilishi) prospektlari (chiqarish so‘rovnomalari) Markaz tomonidan tekin ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Markaziy depozitariy mazkur Nizomning 63-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda aksiyalarning emissiya prospekti (chiqarish so‘rovnomalari) tavsifini tuzadi va emissiya qilinayotgan aksiyalarni hisobga oladi. Davlatga tegishli aksiyalar bilan operatsiyalar bo‘yicha Markaziy depozitariy xizmatlariga va ularni saqlash uchun haq to‘lash davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)dan tushgan mablag‘lar hisobiga Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Agar emissiya prospektida aksiyalarni maxsus blankalar (naqd shaklda) shaklida chiqarish nazarda tutilsa, ularni tayyorlashga Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)dan tushgan mablag‘lar hisobiga haq to‘lanadi. Bunda ularni chiqarish muddati, shu jumladan Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega bo‘lgan matbaa korxonalari tomonidan tayyorlash ham shu jumlaga kiradi, Markaziy depozitariyga saqlash uchun berish emissiya prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Aksiyalarni mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida tarqatish aksiyalarning emissiya prospektiga (chiqarish so‘rovnomasiga) muvofiq, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi (uning hududiy organi) buyrug‘i bilan (buyruqda aksiyalarni haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan mehnat jamoasi ayrim a’zolariga berilgan imtiyozlar ko‘rsatiladi, biroq bu muddat bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak) Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan amalga oshiriladi (buyruqqa ilova qilinadigan ro‘yxatga muvofiq).
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi dalolatnomani berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulkka egalik qilish huquqining joriy etilishi yangi mulkdor (mulkdorlar) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan beriladigan dalolatnomani olgan paytdan boshlab amalga oshiriladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Dalolatnoma blankasi 12-ilovaga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha maxsus qog‘ozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega bo‘ladi va qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Dalolatnoma 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyadorlik jamiyatiga —boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga yoki shirkatga — investorlar tomonidan ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan jamiyat (shirkat) shakllantirilgan ustav fondi ulushlari sotib olingandan va boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — u mol-mulkning sotuv qiymatini to‘liq to‘lagandan keyin;
(70-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — sotib olish to‘lovlari to‘langandan keyin, investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajargungacha amalda bo‘ladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni “nol” qiymatida sotib olgan investorga — korxonani Modernizatsiya qilishni, texnik va texnologik qayta jihozlashni nazarda tutuvchi olingan investitsiya majburiyatlari bajarilgandan keyin hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va (yoki) xizmatlar ko‘rsatish boshlangandan keyin beriladi.
(70-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Mol-mulk to‘lov bo‘lib-bo‘lib to‘langan holda sotilganda davlat dalolatnomasi tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq investor tomonidan barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulk (uning bir qismi) o‘zgaga berilishi natijasida mulkdor o‘zgargan taqdirda o‘zgaga berilgan mol-mulkka yangi davlat dalolatnomasi berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Davlat mulki obyekti kimoshdi savdosida yoxud tanlov (tender) natijalari bo‘yicha sotib olingan taqdirda davlat dalolatnomasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi va bitishuv shartlariga muvofiq xaridor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulkning qiymatini to‘lash bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etilishi asosida beriladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Dalolatnoma berilganligi uchun yangi mulkdor tomonidan (aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan korxonalardan tashqari) dalolatnoma berish paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_______________________________________________ (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organining nomi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish № ___ yil “___” _____________
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) uchun BUYuRTMANOMA
korxona (obyekt)ni_______________________________________________________________________ (korxona yoki obyektning nomi)
_____________________________________________________________________________________ ga (taklif qilinayotgan shakl — AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat)
aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishingizni so‘rayman. (keraksizi o‘chirib qo‘yilsin)
______________________________________________________________________________________ (nodavlat yuridik shaxsning nomi) ______________________________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks) ______________________________________________________________________________________ (ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi) _______________________________________________________________________________________ (tashkiliy-huquqiy shakli) ______________________________________________________________________________________ (ustav fondidagi davlat ulushi, % larda) ______________________________________________________________________________________
Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs_____________________________________________ (F.I.O., lavozimi) _______________________________________________________________________________________
___________________ (imzo)
___ yil “___” _________
M.O‘.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: hujjatni to‘ldirishda tuzatish va o‘chirib yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_____________________________________ (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organining nomi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish № ___ yil “___” _____________
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) uchun B U Yu R T M A N O M A
_________________________________________________________________________________________ (korxona yoki obyektning nomi)
________________________________________________________________________________________ga (taklif qilinayotgan shakl — AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat)
aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishingizni so‘rayman. (keraksizi o‘chirib qo‘yilsin)
_________________________________________________________________________________________ (jismoniy shaxsning F.I.O.)_________________________________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks) _________________________________________________________________________________________ (pasportning seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
_________________ (imzo)
___ yil “___” ________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: hujjatni to‘ldirishda tuzatish va o‘chirib yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_______________________________________________ (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organining nomi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish № ___ yil “___” _____________
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) uchun B U Yu R T M A N O M A
_________________________________________________________________________________________ (korxona yoki obyektning nomi)
________________________________________________________________________________________ga (taklif qilinayotgan shakl — AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat)
aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishingizni so‘rayman. (keraksizi o‘chirib qo‘yilsin)
________________________________________________________________________________________ (ulushlar va aksiyalar 35 foizdan ortiq sotib olingan taqdirda monopoliyaga qarshi kurashish organining roziligi, qarorning raqami va sanasi)
ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishingizni so‘rayman.
_________________________________________________________________________________________ (nodavlat yuridik shaxsning nomi) _________________________________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks) _________________________________________________________________________________________ (ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi) _________________________________________________________________________________________ (tashkiliy-huquqiy shakli) _________________________________________________________________________________________ (ustav fondidagi davlat ulushi, % larda) _________________________________________________________________________________________
Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs______________________________________________ (F.I.O., lavozimi) _________________________________________________________________________________________
_______________________ (imzo)
___ yil “___” ______________
M.O‘.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: hujjatni to‘ldirishda tuzatish va o‘chirib yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_______________________________________________ (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organining nomi)
Ro‘yxatdan o‘tkazish № ___ yil “___” _____________
Xususiylashtirilayotgan korxonada ulushni sotib olishga B U Yu R T M A N O M A
_______________________________________________________________________________________ (ulushlar va aksiyalar 35 foizdan ortiq sotib olingan taqdirda monopoliyaga qarshi kurashish organining roziligi, qarorning raqami va sanasi)
ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishingizni so‘rayman.
_________________________________________________________________________________________ (nodavlat yuridik shaxsning nomi) _________________________________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks) _________________________________________________________________________________________ (pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
_______________________ (imzo)
___ yil “___” __________
M.O‘.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh: hujjatni to‘ldirishda tuzatish va o‘chirib yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Emissiya qilingan aksiyalarning bir qismini o‘z mablag‘lari hisobiga nominal qiymati bo‘yicha sotib olish xohishini bildirgan davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) korxonaning mehnat jamoasi a’zolarining imzolash varaqasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Egallab turgan lavozimi
Ish staji, yil
Nominal qiymati bo‘yicha sotib olinadigan aksiyalarning umumiy qiymati, so‘m
1
2
3
4
5
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy fondlarni xatlash va baholash qiymatini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______ yil “___” _______________ dagi holatiga ko‘ra amaldagi narxlarda
T/r
Inv. №
Xatlov obyektining nomi, texnik tavsifi
Foydalanishga topshirish sanasi yil va oy
Dastlabki balans qiymati, ming so‘m
Asosiy fondlar amortizatsiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar
Shifr
Norma
Foyd. muddati, yil
Eskirish, %
1997-yil 1-yanvargacha
1997-yil 1-yanvardan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
3.
Jadvalning davomi
Eskirish, ming so‘m
Qoldiq qiymat, ming so‘m gr. 5 - gr. 11
Statistika organlariga taqdim etiladigan baholash sanasidagi qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Amaldagi narxlarda tiklanadigan qiymat, ming so‘m gr. 5 – gr. 13
Amaldagi narxlarda baholash qiymati (qayta hisoblash koeffitsiyentini va amortizatsiyalangan asosiy fondlarni to‘liq baholashni hisobga olgan holdagi qoldiq qiymat) ming so‘m
11
12
13
14
15
Hammasi: Baholovchi kompaniya rahbari __________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. 1—12-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari asosida to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini xatlash va baholash qiymatini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______ yil “___” _______________ dagi holatiga ko‘ra amaldagi narxlarda
T/r
Inv. №
Xatlov obyektining nomi, texnik tavsifi
Foydalanishga topshirish sanasi yil va oy
Dastlabki balans qiymati, ming so‘m
Asosiy fondlar amortizatsiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar
Shifr
Norma
Foyd. muddati, yil
Eskirish, %
1997-yil 1-yanvargacha
1997-yil 1-yanvardan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
3.
Jadvalning davomi
Eskirish, ming so‘m
Qoldiq qiymat, ming so‘m gr. 5 - gr. 11
Statistika organlariga taqdim etiladigan baholash sanasidagi qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Amaldagi narxlarda tiklanadigan qiymat, ming so‘m gr. 5 – gr. 13
Amaldagi narxlarda baholash qiymati (qayta hisoblash koeffitsiyentini va amortizatsiyalangan asosiy fondlarni to‘liq baholashni hisobga olgan holdagi qoldiq qiymat) ming so‘m
11
12
13
14
15
Hammasi: Baholovchi kompaniya rahbari __________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh. 1—12-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari asosida to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanmagan qurilishni xatlash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_________________________________________________________________________________ ______ yil “___” ____________ dagi holatiga ko‘ra amaldagi narxlarda
Yil
Xarajatlar hajmi, ming rublda,so‘m-kuponda, so‘mda
Asos (bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tartib raqamlari va sanasi)
Balans qiymati
Amaldagi narxlarda baholash qiymati, ming so‘m
Qayta hisoblash koeffitsiyenti
Summa ming so‘m
1
2
3
4
5
6
1990-yilgacha
1991-yil
1992-yil
1993-yil
1994-yil
1995-yildan baholash sanasigacha
Hammasi:
Baholovchi kompaniya rahbari ___________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. 1—5-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari asosida to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rnatilmagan asbob-uskunalarni xatlash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini hisobga olgan holda asosiy fondlarning amaldagi narxlardagi baholash (qoldiq) qiymati (asosiy fondlarni xatlash va ularning qoldiq qiymatini amaldagi narxlarda aniqlash dalolatnomasi).
2.
Nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati (balans bo‘yicha qabul qilinadi).
3. a) b)
Kapital qo‘yilmalarning amaldagi narxlardagi baholash qiymati: Tugallanmagan qurilishning baholash qiymati (tugallanm�gan qurilishni xatlash va amaldagi narxlarda baholash dalolatnomasi); O‘rnatilmagan asbob-uskunaning baholash qiymati (o‘rnatilmagan asbob-uskunani xatlash va amaldagi narxlarda baholash dalolatnomasi).
4.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va investitsiyalar (balans bo‘yicha qabul qilinadi).
5.
Boshqa uzoq muddatli aktivlar (balans bo‘yicha qabul qilinadi).
6.
Er uchastkasining qiymati (er uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi)
7.
Joriy aktivlar (II bo‘lim — balans aktivlari).
Aktivlarning hammasi.
II
Passivlar (korxonaning majburiyatlari)
III
Ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini hisobga olgan holda mol-mulkning amaldagi narxlarda baholash qiymati (I bo‘lim summasi – II bo‘lim summasi).
IV
Ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati (ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini xatlash va ularning qoldiq qiymatini amaldagi narxlarda aniqlash dalolatnomasi).
V
Ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarining baholash qiymatini hisobga olmagan holda mol-mulkning baholash qiymati (III bo‘lim — V bo‘lim).
Baholovchi kompaniya rahbari __________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh: IV—VI bo‘limlar ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlari davlat tasarrufidan chiqariladigan (xususiylashtiriladigan) korxona (obyekt)ga foydalanish uchun berilgan hollarda to‘ldiriladi.
(I bo‘limining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 12-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TITUL VARAQ
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO‘MITASI
MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI BERUVChI DAVLAT DALOLATNOMASI
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i fonida oltin bosma harflar bilan yoziladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning orqa tomoni
MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI BERUVChI DAVLAT DALOLATNOMASI № ______
__________________________________________________________________manzilda turuvchi (yashovchi) ________________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning
_______________________________________________________________________________________ga – yangi mulk egasining F.I.O.) qiymati____________________________________________________________________________ bo‘lgan (summa yozuv bilan) _________________________________________________________________________________________ (davlat tasarrufidan chiqarilgan yoki xususiylashtirilgan davlat mulki nomi) _________________________________________________________ mulkka egalik qilish huquqi berildi.
Pasport seriyasi ________________________________ raqami ______________________________ ______________________________________________________ qachon va kim tomonidan berilgan.
Hisob-kitob raqami va bank bo‘limi _____________________________________
Mazkur dalolatnoma ______________________________________________________________tomonidan (mazkur dalolatnomani bergan tashkilotning nomi) __________________________________________________________________________ asosida berildi. (dalolatnomani berish asosi)
O‘zaro majburiyatlar to‘g‘risida bitim tuzildi: _____ yil “___”_______ №_________
Dalolatnoma berilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana _________________
Qo‘mita raisi (Hududiy organ boshlig‘i) M.O‘.
(____________________________) F.I.O.
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) va qarorga 5-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 58-modda) 1-ilovaning II bo‘limi 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 17-modda) 3-ilovaning 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2002-yil 5-sentabrdagi 317-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 50-modda) ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 42-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilovaning 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 307-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 59-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-may 209-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y,. 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 16-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 292-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 52-son, 578-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda)