Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
DAVLAT AKTIVLARIGA EGA AYRIM YIRIK AKSIYADORLIK KOMPANIYALARI KENGAShLARINING TARKIBLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat aktivlariga ega yirik aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha kuzatuv kengashlari aʼzolarining rolini kuchaytirish va shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari Kengashlarining yangilangan tarkiblari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Kengashlarga:
muntazam asosda (har chorakda) aksiyadorlik kompaniyalari moliya-xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari oʻsishining koʻrgazmali tahlilini amalga oshirish;
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, tasdiqlangan biznes-reja parametrlarini bajarish borasida kompaniya va korxonalar rahbarlari faoliyati natijalarini, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini prinsipial baholashni nazarda tutgan holda kompaniyalar va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar ijro etuvchi organlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash;
hisobot yilidagi ish yakunlarini chiqarishda har bir Kengash aʼzosining undagi shaxsiy ishtiroki samaradorligini tanqidiy koʻrib chiqish vazifasi topshirilsin.
Kengashlar raislari, zarur hollarda, yetarli tashabbus va prinsipiallik koʻrsatmayotgan Kengash aʼzolarini almashtirish boʻyicha belgilangan tartibda asosli takliflar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-iyul,
PQ-424-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarorida:
a) 6-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda berilsin:
“Kompaniya kengashi “Oʻzbekenergo” DAKning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 10-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorida:
a) 6-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda berilsin:
“Kompaniya kengashi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 6-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 269-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-avgustdagi 405-son qarorida:
a) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “3-ilovaga muvofiq tarkibda 7 kishidan iborat” soʻzlari chiqarib tashlansin va jumla oxiriga “Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
b) 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-dekabrdagi 605–f-son Farmoyishi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 15-martdagi 127-son qarori va uning ilovasi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 15-martdagi 128-son qarori va uning ilovasi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 15-martdagi 128-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2001-yil 29-martdagi 154-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 384-son qarori va uning ilovasi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 21-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 54-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 290-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 16-son, 269-modda, 28-son, 636-modda)