Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2009 30.06.2006 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2009
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BILAN BOG‘LIQ AXBOROTNI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibda axborot taqdim etilishi uchun qattiq nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.X. Qodirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 30-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq
axborotni berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda matnda “Departament” deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan majburiy nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablag‘larini naqd holda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (zayom) berish yoki olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘larini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) o‘tkazish, shuningdek pul mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar va hududlardan o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el valyutasi bilan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarni amalga oshirishda operatsiyaning milliy valyutadagi miqdori operatsiya o‘tkazilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomning 3-bandida belgilanganidan kamroq summadagi pul mablag‘lari yoki mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot (keyingi o‘rinlarda matnda “operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot” deb yuritiladi) Departamentga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi quyidagi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
(5-bandning uchinchi xatboshiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lombardlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar (notariuslar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashkilotlar Departamentning operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot yuboriladigan (taqdim etiladigan) pochta, elektron va boshqa rekvizitlarini bilishga majburdir, Departament esa ko‘rsatib o‘tilgan rekvizitlarni barcha bilishi uchun qulay bo‘lishini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Departament va uning xodimlari o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlashlari shart, yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan o‘tkazilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emas va ushbu ma’lumotlar oshkor qilinganligi yoki taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy
nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashkilotlar quyidagilarga majburdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran ikki ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilish. Operatsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot to‘xtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan kunning o‘zida Departamentga axborot (hujjatlar) taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z ichki nazorat tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari yoki majburiy nazorat qilinadigan boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning hujjatli hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot elektron hujjat shaklida, axborotni kiritish, faqat qayta ishlash va uzatish bo‘yicha dasturli vositalarning avtomatlashtirilgan kompleksi yordamida, axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini va axborot uzatishning elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda DVAK deb yuritiladi) qo‘llagan holda, shaklga solingan xabar tarzida tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Samarali va narx parametrlari bo‘yicha raqobatbardoshli DVAKlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani tashkilotlarga berish Departament tomonidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DVAKdan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotni tayyorlash va Departamentga taqdim etish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Operatsiya to‘g‘risidagi elektron hujjat tarzidagi axborotni uzatish Departamentning tashkilot joylashgan joydagi bo‘linmasida (banklardan tashqari) almashtiriladigan magnitli va boshqa manbalarda (disketalarda, kompakt-disklarda va boshqa xotirada saqlab qoladigan qurilmalarda), axborot yetkazib beruvchi tomonidan, yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda yoki maxsus pochta aloqasi vositasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Operatsiya to‘g‘risidagi axborotni elektron hujjat tarzida taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda axborot yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda qog‘ozda bevosita taqdim etiladi yoki maxsus pochta aloqasi vositasida yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Operatsiya to‘g‘risidagi axborot bevosita keltirib berilgan yoki u belgilangan tartibda maxsus pochta aloqasi bo‘linmasiga topshirilgan sana axborot taqdim etilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni Departament banklarning avtomatlashtirilgan tizimida ochiladigan, ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan maxsus elektron pochta manzilidan oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tashkilotning Departamentga operatsiya to‘g‘risidagi axborotni belgilangan shaklga muvofiq bo‘lmagan holda taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi operatsiya to‘g‘risidagi axborotning tasdiqlangan shakliga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Departament operatsiya to‘g‘risidagi axborotni jo‘natuvchini identifikatsiya qiladi va axborot mazmunining aynanligini (o‘zgarmaganligini) nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tashkilotlar tomonidan operatsiya to‘g‘risidagi axborot buzilgan tarzda yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, shuningdek unda elektron raqamli imzo (tashkilot muhri, vakolatli shaxslar imzolari) mavjud bo‘lmaganda Departament operatsiya to‘g‘risidagi axborot olingan kuni, maxfiylikni ta’minlash choralariga rioya qilgan holda, aniq kamchiliklarini ko‘rsatib, uni qaytadan taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma jo‘natadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Departamentning so‘rovnomasi olingan taqdirda tashkilot so‘rovnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi va uning olingan vaqtidan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentga tuzatilgan axborotni ushbu Nizomda belgilangan tartibda jo‘natadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tashkilot tomonidan Departamentga majburiy nazorat qilinmaydigan operatsiya to‘g‘risidagi axborot noto‘g‘ri taqdim etilgan taqdirda tashkilot ushbu Nizomda belgilangan tartibda Departamentga tashkilotning rahbari imzolagan va muhri bilan tasdiqlangan xat bilan, noto‘g‘ri taqdim etilgan axborotni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida murojaat qiladi. Xatda operatsiya to‘g‘risidagi axborotni haqiqiy emas deb e’tirof etish sabablari, shuningdek operatsiya to‘g‘risida noto‘g‘ri taqdim etilgan axborotni so‘zsiz identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar (axborotning tartib raqami va sanasi, uni aloqaning elektron kanali bo‘yicha yoki qog‘ozda taqdim etish usuli, shuningdek operatsiyaning u amalga oshirilgan valyutadagi summasi va uni amalga oshirish sanasi) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Departament tomonidan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk
bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot olinishi
tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi bo‘yicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Departament quyidagi hollarda tashkilotga qo‘shimcha axborotni va tegishli operatsiya bo‘yicha hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish to‘g‘risida yozma so‘rovnoma jo‘natishga haqlidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya to‘g‘risida olingan axborotning ishonchliligini tekshirish zarurati bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday operatsiyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning axborot va hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi yozma so‘rovnomalari Departamentning rasmiy blankalarida rasmiylashtiriladi hamda Departament rahbari yoki uning o‘rinbosarlari, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari rahbarlari (ular bo‘lmaganda ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar) tomonidan imzolanadi va maxsus pochta aloqasi vositasida tashkilotlarga jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tashkilot Departamentga maxsus topshiriq berilgan pochta aloqasi orqali tegishli yozma so‘rovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida so‘ralayotgan axborotni va hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament so‘ralayotgan axborot va hujjatlarning hajmini, xususiyatini va mazmunini hisobga olgan holda ularni taqdim etishning boshqacha muddatini belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Departamentga ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risida o‘zlarining ixtiyorida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudidan tizimli asosda so‘rab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi va Departamentga ana shunday axborot olingan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatini pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga har oyning 15-kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatni yuritish, saqlash va undan foydalanishda Departament hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan maxfiylikni ta’minlash shartlariga qat’iy rioya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan axborotni saqlash muddatlari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ushbu Nizom talabalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan maxsus vakolatli organning, tashkilotlarning, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan organlarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi
126-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol- mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Operatsiya xususiyati bunday ma’lumotlarni taqdim etishni nazarda tutgan hollarda to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk
bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar turlarining kodlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tashkilot nomi‎

Tashkilot
‎turi kodi
Banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari 100‎
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 111‎
Markaziy bankning hududiy bo‘linmalari 112‎
Aksiyadorlik-tijorat banklari 121‎
Aksiyadorlik-tijorat banklarining filiallari 122‎
Aksiyadorlik-tijorat banklarining boshqa alohida bo‘linmalari 123‎
Xususiy banklar 131‎
Xususiy banklarning filiallari 132‎
Xususiy banklarning boshqa alohida bo‘linmalari 133‎
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar 141‎
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarning filiallari 142‎
Xorijiy banklarning v�kolatxonalari 151‎
Kredit uyushmalari 161‎
Kredit uyushmalarining filiallari 162‎
Kredit uyushmalarining vakolatxonalari 163‎
Boshqa kredit tashkilotlari 171‎
Boshqa kredit tashkilotlarining filiallari 172‎
Boshqa kredit tashkilotlarining vakolatxonalari 173‎
Investitsiya fondlari, depozitariylar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari 200‎
Investitsiya fondlari 211‎
Investitsiya fondlarining filiallari 212‎
Investitsiya fondlarining vakolatxonalari 213‎
Depozitariylar 221‎
Depozitariylarning filiallari 222‎
Depozitariylarning vakolatxonalari 223‎
Qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishti�okchilari 231‎
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining boshqa filiallari 232‎
Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa professional ishtirokchilarining boshqa alohida bo‘linmalari 233‎
Birjalar 300‎
Tovar-xomashyo birjalari 311‎
Tovar-xomashyo birjalarining filiallari 312‎
Tovar-xomashyo birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari 313‎
Fond birjalari 321‎
Fond birjalarining filiallari 322‎
Fond birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari 323‎
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi 331‎
O‘zbekiston respublika valyuta birjasining filiallari 332‎
O‘zbekiston respublika valyuta birjasining boshqa alohida bo‘linmalari 333‎
Birjalarning boshqa turlari 341‎
Birjalar boshqa turlarining filiallari 342
Birjalar boshqa turlarining boshqa alohida bo‘linmalari 343‎
Sug‘urtalovchilar 400‎
Sug‘urtalovchilar 411‎
Sug‘urtalovchilarning filiallari 412‎
Sug‘urtalovchilarning boshqa alohida bo‘linmalari 413‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar 500‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar 511‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning filiallari 512‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning boshqa alohida bo‘linmalari 513‎
Pochta aloqasi tashkilotlari 600
Pochta aloqasi provayderi 611‎
Pochta aloqasi provayderining filiallari 612‎
Pochta aloqasi provayderining boshqa alohida bo‘linmalari 613‎
Pochta aloqasi operatori 621‎
Pochta aloqasi operatorining filiallari 622‎
Pochta aloqasi operatorining boshqa alohida bo‘linmalari 623‎
Pochta aloqasining boshqa obyektlari 631‎
Lombardlar 700‎
Lombardlar 711‎
Lombardlarning filiallari 712‎
Lombardlarning vakolatxonalari 721‎
Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi yuridik shaxslar 800‎
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 811‎
Totalizatorlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 812‎
Tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 814‎
Notarial idoralar (notariuslar) 900‎
Notarial idoralar 911‎
Notariuslar 912‎
‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎Izoh: Ilova pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi. ‎
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk
bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar turlarining kodlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Operatsiya nomi‎

Operatsiya
‎kodi‎
Ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish‎ 010‎
Bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish‎ 011‎
Pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi ‎ 012‎
Bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish‎ 013‎
Pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa ‎ 014‎
Pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi ‎ 015‎
Jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi ‎ 016‎
Jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi ‎ 017‎
Uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga �ul mablag‘larini naqd holda joylashtirish ‎ 018‎
Chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish ‎ 019‎
Bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish ‎ 020‎
Mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish ‎ 021‎
Kredit (zayom) berish yoki olish ‎ 022‎
Qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish ‎ 023‎
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish ‎ 024‎
Lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish‎ 025‎
Pul mablag‘larini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) o‘tkazish, shuningdek pul mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar va hududlardan o‘tkazish ‎ 026‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari ‎ 027‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari ‎ 028‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsning operatsiyalari ‎ 029‎
‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎Izoh: Ilova pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi. ‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 238-modda; 42-son, 418-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 42-son 450-modda)