Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MOLIYA-IQTISODIY, SOLIQ SOHASIDAGI JINOYATLARGA, JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 21-APRELDAGI PQ-331-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 415-son qarorining 1, 2, 4, 6-bandlari, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning 2—4-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 33-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
130-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
Departament boshligʻi
Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Departament boshligʻining oʻrinbosari
Departament boshligʻi yordamchisi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Bosh inspektor
Katta inspektor
Inspektor
Boʻlim mudiri
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Inspeksiya boshligʻi
Yetakchi mutaxassis
I toifali mutaxassis”;
b) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Boʻlinma boshligʻi
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Katta inspektor
Inspektor
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Bosh mutaxassis
I toifali mutaxassis”;
v) “tuman prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman
(shahar) boʻlimlari
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman
(shahar) boʻlimlari
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Bosh surishtiruvchi
Surishtiruvchi
Katta inspektor
Inspektor”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustunining 7-bandi ikkinchi xatboshida “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Loteriyalar, totolizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorining 4-bandi toʻrtinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining 6-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 4-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 335-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda; 2009-y., 29-son, 335-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2011-y., 47-son, 488-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)