1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat ko‘rsatish belgisi)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAHSULOT BELGILARI VA XIZMAT KO‘RSATISh BELGILARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 268-II-sonli “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bilan ishlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari hamda tartibini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, huquqiy jihatdan muhofaza etish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin “Patent idorasi” deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini muhofaza etish sohasida davlatning yagona siyosatini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patent idorasi mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, guvohnomalar beradi, davlat reyestrlarini yuritadi, rasmiy ma’lumotlarni e’lon qiladi, ushbu Qonunning qo‘llanilishiga oid tushuntirishlarni chop etadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik amallar uchun Patent idorasi tomonidan olinadigan patent boji, davlat budjeti mablag‘i, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haq Patent idorasining faoliyatini mablag‘lar bilan ta’minlashning manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Mahsulot belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va jamoa belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasida mahsulot belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va jamoa belgisini (matnda bundan keyin “mahsulot belgisi” deb yuritiladi) huquqiy jihatdan muhofaza qilish ular davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berilganligiga asosan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisiga oid huquq qonun muhofazasidadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xo‘jalik – tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda fuqarolik muomalasida qatnashayotgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsga mahsulot belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish topshirilishi mumkin.
(3-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. MAHSULOT BELGISI, XIZMAT KO‘RSATISh BELGISI VA JAMOA BELGISINING MUHOFAZAGA LAYoQATLILIK ShARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Mahsulot belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va jamoa belgisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi — bu fuqarolik muomalasi qatnashchilarini, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositasi bo‘lib, bir shaxsning mahsulotlari va xizmatlarini boshqa shaxsning shu turdagi mahsulotlari va xizmatlaridan (matnda bundan buyon “mahsulotlar” deb yuritiladi) farqlash uchun xizmat qiladi.
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xo‘jalik assotsiatsiyasi yoki korxonalarning boshqa shakldagi ixtiyoriy birlashmasi (matnda bundan keyin “birlashma” deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan, yagona sifat ko‘rsatkichi yoki o‘zgacha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarni belgilab qo‘yishga mo‘ljallangan mahsulot belgisi jamoa belgisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahsulot belgisi sifatida so‘zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar yoki ularning jamlama ifodasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahsulot belgisi istalgan bir rangda yoki turli ranglarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Mahsulot belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun mutlaq asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farqlanish xususiyatiga ega bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat gerbi, bayrog‘i va ramzlarini; davlatlarning rasmiy nomlarini, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqa yoki to‘liq nomlarini, rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar, mukofotlar va boshqa nishonlar hamda almashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni, shuningdek mahsulot tayyorlovchisining joylashgan yerini ko‘rsatuvchi belgi sifatida fahmlanishi mumkin bo‘lgan, qisman yoki butunlay jug‘rofiy belgilardan iborat bo‘lgan belgilarni ifodalasa. Bunday belgilar, basharti tegishli vakolatli idoraning yoki belgi egasining roziligi olingan bo‘lsa, mahsulot belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan turdagi mahsulotlarni anglatuvchi belgi sifatida umum iste’molga kirib ketgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umum e’tirof etgan ramzlar va atamalar bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning turi, sifati, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi, qiymati, shuningdek mahsulotning ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan joyi va vaqtini ifoda etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qismning beshinchi va oltinchi xatboshilarida bayon etilgan belgilar, basharti, ular belgida yetakchi o‘rinni egallamasalar, mahsulot belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qalbaki yoki iste’molchini mahsulot yoxud uning ishlab chiqaruvchisi haqida chalg‘itadigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar mahsulot belgisi yoki mahsulot belgisining qismi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Mahsulot belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun boshqa asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxs nomiga xatlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilishini so‘rab talabnoma berilgan xuddi shu turdagi mahsulotning belgilari bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zga shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan mahsulot belgilari bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan sertifikat belgilari bilan bir xil yoki almashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar mahsulot belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga egalik huquqi bir turdagi mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisiga doir talabnoma kelib tushishidan avvalroq olingan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egalik huquqi O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan sanoat namunalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoxud, basharti, O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi sifatida e’tirof qilingan bo‘lsa, tegishli vakolatli idoralar roziligini olmagan tarzda ana shu atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarni, mazkur atoqli shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini o‘zida aks ettirgan belgilar mahsulot belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. MAHSULOT BELGISINI VA JAMOA BELGISINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma (matnda bundan keyin “talabnoma” deb yuritiladi) yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan (matnda bundan buyon “talabnoma beruvchi” deb yuritiladi) shaxsan yoki Patent idorasida ro‘yxatga olingan patent vakili orqali berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar yoki boshqa davlatlarning yuridik shaxslari yoxud ularning patent vakillari mahsulot belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va shu bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik amallarni Patent idorasida ro‘yxatga olingan patent vakillari orqali yuritadilar. Patent vakilining vakolati talabnoma beruvchi patent vakiliga bergan ishonch qog‘ozi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnomaga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabnoma bir mahsulot belgisiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Talabnoma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchining kimligi, shuningdek qayerda joylashganligi yoki qayerda yashashi ko‘rsatilgan belgini mahsulot belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan arizadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnomada ko‘rsatilgan belgi va uning tavsifidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mahsulotlar va xizmatlarning Xalqaro tasnifi bo‘yicha guruhlangan mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan mahsulotlarning ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi, basharti talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, uning vakolati tasdiqlangan hujjat ilova qilinmog‘i lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabnomaga taalluqli hujjatlarga doir talablarni Patent idorasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Jamoa belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnomaga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jamoa belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnomaga ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari jamoa belgisining ustavi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamoa belgisining ustavi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa belgisini o‘z nomiga rasmiylashtirish vakolatiga ega bo‘lgan birlashmaning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu belgini ro‘yxatdan o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan subyektlar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa belgisi bilan belgilanadigan mahsulotlarning ro‘yxati va ularning yagona sifat ko‘rsatkichlari yoki o‘zga umumiy xususiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgidan foydalanish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgidan foydalanishni nazorat etib turish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa belgisi ustavining qoidalariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamoa belgisiga taalluqli talabnomaga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Mahsulot belgisining ustuvorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisining ustuvorligi (prioriteti) talabnoma ushbu Qonunning 8 va 9-moddalariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga kelib tushgan kunga qarab belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisining ustuvorligi birinchi talabnoma sanoat mulkini muhofaza qilish Xalqaro ittifoqining qatnashchisi bo‘lmish davlatga berilgan vaqtga qarab, basharti Patent idorasiga talabnoma ana shu vaqtdan keyin olti oy mobaynida tushgan bo‘lsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sanoat mulkini muhofaza qilish Xalqaro ittifoqining qatnashchisi bo‘lmish davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy yoki rasmiy deb tan olingan xalqaro ko‘rgazmalarning eksponatlariga qo‘yilgan mahsulot belgisining ustuvorligi eksponat ko‘rgazmada ochiq namoyish etila boshlangan (ko‘rgazma ustuvorligi) vaqtga qarab, basharti Patent idorasiga mahsulot belgisiga doir talabnoma ana shu vaqtdan keyin olti oy mobaynida tushgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konvensiya yoki ko‘rgazma ustuvorligi huquqidan foydalanish istagida bo‘lgan talabnoma beruvchi bu haqda mahsulot belgisiga doir talabnoma berayotganida yoki Patent idorasiga talabnoma tushganidan keyingi ikki oy mobaynida albatta ma’lum qilishi hamda qo‘yilgan talablar haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilishi, yoxud bunday hujjatlarni Patent idorasiga talabnoma tushgan vaqtdan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahsulot belgisining ustuvorligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq mahsulot belgisi xalqaro ro‘yxatga olingan vaqtga qarab belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Mahsulot belgisiga doir talabnomani ekspertizadan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabnomani ekspertizadan o‘tkazish Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi va u dastlabki ekspertiza hamda ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgining ekspertizasidan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Talabnomani ekspertizadan o‘tkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi o‘z tashabbusi bilan talabnomaga oid materiallarni to‘ldirish, aniqlashtirish yoki tuzatishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartirgudek bo‘lsa, bunday materiallar qarab chiqish uchun qabul qilinmaydi va talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekspertiza o‘tkazish davrida qo‘shimcha materiallarsiz ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, Patent idorasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni so‘rash huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizaning qo‘shimcha materiallarga doir so‘rovi olingan kundan keyingi ikki oy mobaynida ular taqdim etilmog‘i lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga binoan mazkur muddat, basharti uni uzaytirish xususidagi iltimos bu muddat tugashiga qadar tushgan bo‘lsa, uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu muddatni buzsa yoki ekspertiza so‘rovini javobsiz qoldirsa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabnoma uni qarab chiqishning istalgan bosqichida, ammo mahsulot belgisini ro‘yxatga olish vaqtigacha talabnoma beruvchining iltimosiga binoan qaytarib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Patent idorasi tomonidan qarab chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Dastlabki ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabnomaning dastlabki ekspertizasi u Patent idorasiga tushgan kundan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Dastlabki ekspertiza davomida talabnoma mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi. Dastlabki ekspertiza natijalariga binoan talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingani yoki rad etilgani haqida talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingan taqdirda talabnoma beruvchiga mahsulot belgisi ustuvorligi belgilanganligi ma’lum qilinadi. Talabnoma beruvchi konvensiya yoki ko‘rgazma ustuvorligini so‘ragan, lekin talabnomani qarab chiqish uchun qabul qilish chog‘ida qo‘yilayotgan talab to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etmagan hollar bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi dastlabki ekspertiza tugagach, talabnoma Patent idorasiga tushgan paytdan e’tiboran o‘n ikki oy ichida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza davomida arizada ifodalangan belgining ushbu Qonun 5, 6, 8, 9-moddalari talablariga mosligi tekshiriladi va basharti, dastlabki ekspertiza o‘tkazilayotganida belgilanmagan bo‘lsa, mahsulot belgisining ustuvorligi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ekspertiza natijalariga binoan mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Birmuncha oldingi ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma tushgan taqdirda mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ekspertizaning qarori ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Talabnomaga doir qaror ustidan shikoyat qilish hamda o‘tkazib yuborilgan muddatlarni qayta tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida ko‘rsatilgan materiallar bilan tanishishga va talabnoma yuzasidan chiqarilgan qarorni olganidan so‘ng bir oy mobaynida ana shu materiallarning nusxasini talab qilib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar talabnoma beruvchi dastlabki ekspertiza yoki talabnomada ifodalangan belgi yuzasidan o‘tkazilgan ekspertiza qaroridan norozi bo‘lsa, qaror olingan paytdan e’tiboran uch oy mobaynida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin “Apellatsiya kengashi” deb yuritiladi) e’tiroznoma berishga haqlidir. E’tiroznoma to‘rt oy ichida Apellatsiya kengashi tomonidan qarab chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qaror olingan kundan e’tiboran olti oy ichida Oliy sudga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Qonun 11-moddasining 3-bandida va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan, talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlar ana shu muddatlar tugashiga qadar ikki oy ichida talabnoma beruvchining iltimosiga binoan Patent idorasi tomonidan, basharti uzrli sabablar mavjudligi tasdiqlansa va boj to‘lansa, tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisini ro‘yxatga olish haqidagi qarorga asosan Patent idorasi mahsulot belgisini O‘zbekiston Respublikasining Mahsulot belgilari davlat reyestrida (matnda bundan keyin “Davlat reyestri” deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazadi. Davlat reyestriga va mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga mahsulot belgisining tasviri, uning egasi haqidagi ma’lumotlar, mahsulot belgisi ustuvorligi belgilangan va belgi ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqt, ushbu belgini qo‘yish mo‘ljallangan mahsulotlar ro‘yxati, mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga tegishli boshqa ma’lumotlar, shuningdek bu ma’lumotlarga taalluqli keyingi barcha o‘zgartishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat reyestriga va jamoa belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda mazkur belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar ro‘yxati kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa belgisining egasi jamoa belgisi ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar haqida Patent idorasini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va Davlat reyestriga kiritilganligiga oid ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlardagi keyingi barcha o‘zgarishlar ham e’lon qilinib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E’lon qilinadigan ma’lumotlarning to‘liq tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Muhofaza hujjati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahsulot belgilariga mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida belgilangan nusxadagi guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan va belgilangan boj to‘langanligi haqidagi hujjat olinganidan keyin uch oy ichida Patent idorasi mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma talabnomada ifodalangan belgining mahsulot belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini, mahsulot belgisining ustuvorligini, mahsulot belgisi egasining guvohnomada ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning shaklini va unda keltirilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini Patent idorasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. MAHSULOT BELGISIGA BO‘LGAN MUTLAQ HUQUQ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Mahsulot belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan undan o‘zga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qo‘yishda mutlaq huquqqa egadir. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat mutlaq huquq ham tovar belgisining egasiga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan mahsulot belgisidan uning egasi ruxsatisiz hech kim foydalana olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartish kiritishga faqat uning egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisining egasiga tegishlidir.
(18-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgining ruxsat olmagan holda xo‘jalik muomalasiga kiritilishi mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzish deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Mahsulot belgisidan foydalanishning shart ekanligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisining egasi undan foydalanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 21-moddasiga binoan litsenziya shartnomasi asosida shunday huquq berilgan shaxs tomonidan mahsulot belgisi qaysi mahsulotlarga qo‘yish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu mahsulotlarda va ularning o‘rovi ustida ishlatilishi mahsulot belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot belgisini reklamalarda, matbaa nashrlarida, rasmiy ish qog‘ozlarida, osib qo‘yiladigan lavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish qilishda ishlatish ham undan foydalanish deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar mahsulot tayyorlovchisining mahsulot belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida o‘z mahsulot belgilaridan ham foydalanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi besh yil davomida uzluksiz ishlatilmagan yoki ushbu ariza berilgunga qadar o‘tgan besh yil mobaynida umuman foydalanilmagan bo‘lsa, istalgan shaxsning arizasiga muvofiq Oliy sud chiqargan qaror asosida to‘liq yoki qisman muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari to‘xtatish xususidagi masalani hal etish chog‘ida mahsulot belgisi egasi taqdim etgan mahsulot belgisidan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar e’tiborga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Ogohlantiruvchi tamg‘a
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisining egasi mahsulotdagi o‘z belgisi yoniga – mahsulotga yoki uning o‘roviga qo‘yilgan belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahsulot belgisi ekanligini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi tamg‘a qo‘yishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mahsulot belgisiga nisbatan ogohlantiruvchi tamg‘a qo‘ygan shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Mahsulot belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Guvohnomada ko‘rsatilgan barcha turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga yoki ularning ayrim qismiga mahsulot belgisi qo‘yishdan iborat huquqni egasi shartnoma asosida o‘zga shaxsga berishi mumkin.
(21-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berishga, basharti bu ish mahsulotga yoki uning tayyorlovchisiga nisbatan iste’molchini chalg‘itishga sababchi bo‘lib qolishi mumkin bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahsulot belgisidan foydalanish huquqi mahsulot belgisining egasi (matnda bundan keyin “litsenziar” deb yuritiladi) tomonidan litsenziya shartnomasi asosida o‘zga shaxsga (matnda bundan keyin “litsenziat” deb yuritiladi) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya shartnomasida litsenziat mahsulotining sifati litsenziar mahsulotining sifatidan past bo‘lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilinayotganligini nazorat etib turishi to‘g‘risidagi shart bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahsulot belgisiga egalik huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi tegishli boj to‘langanidan keyin Patent idorasida ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar haqiqiy emas.
(21-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamoa belgisi va undan foydalanish huquqi uning barcha egalari roziligisiz boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Mahsulot belgisining egasi bo‘lmish yuridik shaxs qayta tashkil etilganda mahsulot belgisiga egalik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik shaxslar qo‘shilib ketgan taqdirda mahsulot belgilari qayta ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs ixtiyoriga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi egasi bo‘lmish yuridik shaxs – bo‘lib yuborilgan taqdirda mahsulot belgisi qayta ro‘yxatdan o‘tgan, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ixtiyoriga o‘tgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, mahsulot belgisi egasi mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarning bir qismini ishlab chiqarish huquqini o‘zida saqlab qolsa, har ikkala yuridik shaxs o‘zaro kelishuvga (shartnomaga) muvofiq mahsulot belgisining hamkor egasi deb tan olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma boj to‘lab Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olinmagan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahsulot belgisining egasi bo‘lmish yuridik shaxs ikkinchi yuridik shaxsga qo‘shilgan taqdirda, mahsulot belgisiga bo‘lgan huquq ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. MUHOFAZA HUJJATLARINING AMAL QILIShI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ustuvorlik belgilangan vaqtdan e’tiboran 10 yil davomida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati mahsulot belgisi egasining guvohnoma amal qilib turgan so‘nggi yilda bergan arizasiga muvofiq boj to‘lab borilgan taqdirda har gal yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tganlikning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng mahsulot belgisi egasining iltimosiga ko‘ra qo‘shimcha boj to‘lash sharti bilan mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Patent idorasiga beriladi. Arizaga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish xususidagi ariza patent vakili orqali berilgan bo‘lsa,bu vakilning vakolati tasdiqlangan hujjat ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligiga oid qayd mahsulot belgilarining Davlat reyestriga va mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘zgartishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisining, shu jumladan jamoa belgisining egasi o‘z nomi, familiyasi, ismi va otasining ismidagi o‘zgarishlarni, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahsulot belgisi qo‘yiladigan mahsulotlarning ro‘yxati qisqarganligini, mahsulot belgisining mohiyatiga ta’sir etmaydigan uning ayrim qism va joylaridagi o‘zgarishlarni, mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir boshqa o‘zgarishlar bo‘lganligini Patent idorasiga ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Patent idorasi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi qaydlarni boj to‘langani taqdirda mahsulot belgilari Davlat reyestriga va mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Mahsulot belgisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Amal qilish muddati tugagan mahsulot belgisi bu belgi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati to‘xtatilgan vaqtdan e’tiboran uch yil davomida avvalgi egasidan bo‘lak shaxs nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ro‘yxatdan o‘tganlikning amal qilish muddati tugamasdan turiboq mahsulot belgisining egasi undan voz kechgan hollarda ham ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qoida qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. MAHSULOT BELGISINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILIShNI TO‘XTATISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiy emas deb topilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Basharti, mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ushbu Qonunda yoki O‘zbekiston Respublikasi qatnashadigan xalqaro shartnomada belgilab qo‘yilgan talablarga xilof ravishda berilgan bo‘lsa bunday guvohnoma butun amal qilish muddati davomida tamomila yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan amallarga rozi bo‘lmagan har qanday shaxs Apellatsiya kengashiga murojaat etishi mumkin. Bunday e’tiroznoma qabul qilingan kundan e’tiboran to‘rt oy ichida ko‘rib chiqilishi lozim. E’tiroznoma bergan shaxs, shuningdek talabnoma beruvchi yoki mahsulot belgisining egasi Apellatsiya kengashida ularning masalasi qarab chiqilishi chog‘ida qatnashish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Apellatsiya kengashi qarori ustidan qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy ichida Oliy sudga shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 9-moddasining 2-bandiga muvofiq yagona sifatli yoki boshqa umumiy xususiyatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlarda jamoa belgisidan foydalanilganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risida chiqargan qaroriga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 19-moddasining 4-bandiga muvofiq mahsulot belgisidan foydalanilmaganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risida chiqargan qaroriga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq guvohnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bo‘lmish mahsulot belgisining egasi tugatilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisi ma’lum turdagi mahsulotlarni ifoda qiluvchi belgi sifatida umumiy iste’molga kirib ketgan belgiga aylanib qolgan hollarda Oliy sudning qaroriga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisining egasi undan voz kechgan hollarda muddatidan ilgari to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. MAHSULOT BELGISIGA BO‘LGAN HUQUQNI HIMOYa QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilishi bilan bog‘liq nizolarni qarab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning qo‘llanilishi bilan bog‘liq nizolar tegishli sudlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Mahsulot belgisidan qonunga zid ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgidan ushbu Qonun 18-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga zid ravishda foydalanganlikda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslar belgi egasining talabiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgi egasining ishbilarmonlik obro‘sini qayta tiklash maqsadida sud qarorini o‘z hisoblaridan e’lon qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgidan foydalanishni to‘xtatishga, shuningdek belgi egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘la qoplashga yoki belgidan qonunga zid ravishda foydalanish davrida olingan bor foydani belgi egasiga berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot belgisi yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgini mahsulotdan yoki uning o‘rovidan olib tashlashga, mahsulot belgisining yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgining tayyorlab qo‘yilgan tasvirini yo‘q qilib tashlashga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Patent boji
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik amallarni bajarganlik uchun patent boji olinadi. Patent boji Patent idorasiga to‘lanadi. Patent boji olinadigan amallar ro‘yxati, boj miqdori va to‘lov muddati, shuningdek Patent bojini qaytarib berish asoslari Patent idorasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Mahsulot belgisini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari mahsulot belgilarini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazishga yoki xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari mahsulot belgisini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga talabnoma berganlaridan keyingina amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Z. Mahsulot belgilarini boshqa davlatlarda yoki xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar talabnoma beruvchi yoki u bilan kelishilgan holda boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zaro hamkorlik asosida ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan bab-baravar foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan farq qiluvchi o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 7-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
860-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 244-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 9-10-son, 179-modda)