O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVChILAR TAShISh SOHASIDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ALOHIDA TURLARINI AMALGA OShIRIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 9 MARTDAGI PQ–303-SON QARORI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ–303-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-may,
98-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
1-ilova 6-bandining yigirmanchi xatboshidagi “yuklar” va “yoki jismoniy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-ilova 15-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning birinchi xatboshiga “avtomobil transportida” so‘zlaridan keyin “yuridik shaxslar tomonidan” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 6-bandning “g” kichik bandidagi “yakka tartibdagi tadbirkorlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (yuridik manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
d) yuridik shaxs xodimlari kasb malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
e) yuridik shaxsning yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
j) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
g) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun o‘ntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida, o‘nta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi”;
d) 10-banddagi “yoki jismoniy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 20-bandda:
birinchi xatboshidagi “yuridik shaxs” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 28-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) Nizomga ilovada:
Sxema nomidagi “(yuridik va jismoniy shaxslar)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Sxemaning ikkinchi ustunidagi “yuridik shaxs va jismoniy shaxs” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 194-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)