11.05.2006 yildagi PF-3751-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini taʼminlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining ustav sarmoyasi 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamgʻarmaning muassisi hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar berish va Jamgʻarma kredit liniyalarini ochish, shuningdek” Jamgʻarma kreditlari tarkibini oʻzgartirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda Jamgʻarma quyidagilarni amalga oshirishi zarurligi nazarda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan gʻoyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish surʼatlari va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmogʻiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yoʻlaklari va jahon bozorlariga eng qisqa yoʻl bilan chiqishini taʼminlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qoʻshma moliyalashtirilishini tashkil etishni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chogʻida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining boʻsh qoldiq mablagʻlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006—2009-yillar mobaynida Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaragʻida Jamgʻarma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish hamda ularni navbatdagi yilga moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlari, Davlat budjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamgʻarma mablagʻlarini berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamgʻarma tomonidan berilayotgan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, tijorat banklariga moliyalashtirishni toʻliq va oʻz vaqtida ochish hamda tijorat banklariga berilgan mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarining samarali foydalanilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda tinglab turish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma soliqlar, yigʻimlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 11-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3751-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 161-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 22-son, 257-modda; 2012-y., 11-son, 113-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)