O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
YAGONA SOLIQ TO‘LOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-aprelda 1501-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli (ro‘yxat raqami 1667-son, 28.03.2007-y.) qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2005-yil 2-avgustdagi 69, 2005-45-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2005-yil 2-avgust, ro‘yxat raqami 1501 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 239-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
19-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 152-modda)