Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 21.04.2006 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006—2010-YILLAR DAVRIDA SHAXSIY YORDAMCHI, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARIDA CHORVA MOLLARI, BIRINCHI NAVBATDA QORAMOLLAR SONINI KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH DASTURINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-martdagi PQ–308-son qarorini bajarish yuzasidan hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolar bandligini tartibga solish, shuningdek ularning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq joylardagi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilda qishloq joylardagi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga homiylar, shuningdek nodavlat xayriya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan homiylik yordami koʻrsatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan fuqarolarga mehnat daftarchalari ochilishini taʼminlasin;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-2007-yillarda va keyingi yillarda aholini ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni hamda raqobatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hududiy dasturlarida shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari sotayotgan fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish hamda chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan fuqarolar ularga mehnat daftarchalari ochish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisida mehnat organlariga murojaat qilishgan taqdirda hovlima-hovli koʻzdan kechirishni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda joylardagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlariga shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilda qishloq joylardagi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga homiylar, shuningdek nodavlat xayriya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan homiylik yordami koʻrsatishning tasdiqlangan dasturi koʻrsatkichlari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi va Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadlari, prinsiplari va mexanizmlari toʻgʻrisida faol tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda har bir tumanda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida band boʻlgan fuqarolarni qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb etishni taʼminlash yuzasidan tumanlar hokimlari boshchiligida ishchi komissiyalar tashkil etsinlar. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish boʻyicha fuqarolarning bandligi samaradorligini oshirish masalalarini tezkorlik bilan hal etish ishchi komissiyalarning asosiy vazifasi hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol bozorlarini xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni obod qilish va 2006-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda belgilangan veterinariya va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash va savdo korxonalari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotlarini xarid qilish, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini omuxta yem va shrot bilan taʼminlash yuzasidan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari tuzish mexanizmini ishlab chiqsinlar va shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari vakolatli organlar bilan birgalikda mol soʻyish, goʻsht-sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotishni tashkil etish boʻyicha belgilangan veterinariya-sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida boqilgan chorva mollari sanitariya va veterinariya talablariga javob beradigan ixtisoslashtirilgan kushxonalarda soʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
goʻsht dehqon bozorlarida va savdo shoxobchalarida faqat veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kushxonalar asosan dehqon bozorlari yonida va mahalliy aholi uchun qulay boʻlgan qishloq aholi yashash punktlarida 4-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Dastur koʻrsatkichlari bajarilishi monitoringini tashkil etish uchun amaldagi davlat statistika hisoboti negizida statistika indikatorlari tizimini ishlab chiqsin va 2006-yil ikkinchi choragidan boshlab joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 21-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
21-apreldagi 67-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-martdagi PQ–308-son qaroriga muvofiq hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan shaxslarning mehnat faoliyatini tartibga solish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida uy xoʻjaligi aʼzolarining mulki boʻlgan yoki ijara shartlarida olingan qoramolni boqishni hamda chorvachilik mayda tovar mahsulotlari yetishtirishni va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda sotishni amalga oshiruvchi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolarga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mehnat faoliyati turini amalga oshiruvchi shaxslar, ular tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida boqilgan yoki ushbu xoʻjaliklarda yetishtirilgan chorvachilik tovar mahsuloti pul yoki natural shaklda daromad olish maqsadida sotilgan taqdirda ish bilan band hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga, agar ular ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida turmasa yoki belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xususiy tadbirkorlar hisoblanmasa yoxud oʻquv yurtlarida oʻqimasa ularga belgilangan namunadagi mehnat daftarchasi ochiladi (yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yarim barobaridan kam boʻlmagan miqdorda sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlingan davrlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, dehqon xoʻjaligida, kamida 4 sotix maydondagi tomorqa yerda band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud kamida 50 bosh uy parrandasi boqish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga bir yilda bir bazaviy hisoblash miqdorida sugʻurta badallari toʻlanganida uning uchun sugʻurta badallari toʻlangan muayyan yil mehnat stajiga kiritiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini, shu jumladan pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqini taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha mazkur shaxs, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi, ushbu shartnoma quyidagi majburiyatlarni:
(31-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning — shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish, qoramolni boqish va zarur darajada parvarish qilish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida chorva mollari sonini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallarni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining — shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan shaxsning pensiya taʼminoti, faoliyatning ushbu turi bilan band boʻlingan davrlarning mehnat stajiga toʻgʻri hisoblanishi masalalaridagi manfaatlarini himoya qilish, buyurtmachilarga chorvachilik mahsulotlari sotish yuzasidan shartnomalar tuzishda, tijorat banklari kreditlarini olishda hamda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari vakolatiga kiradigan, faoliyatning ushbu turi bilan bogʻliq boshqa xoʻjalik masalalarini hal etishda yuridik va konsultativ yordam koʻrsatish, fuqarolarni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning ilgʻor texnologiyalariga, shuningdek ular faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va metodlariga oʻqitishga koʻmaklashish majburiyatlarini;
(31-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining dehqon bozorlarida sotishda va buyurtmachilarga yetkazib berishda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining kelib chiqishi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan hujjatlarni berish, fuqarolarning qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan bandligini hisobga olish majburiyatlarini oʻz ichiga oladi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Shartnoma mazkur shaxs tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyat bilan band boʻlish davri uchun, biroq kamida bir yil uchun tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Shartnoma 3 nusxada tuziladi, ulardan har biri shartnoma tomonlariga beriladi va mehnat organida ip oʻtkazib tikilgan va tartib raqami qoʻyilgan varaqlari boʻlgan maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Aholining shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan bandligi monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mehnat organlari fuqarodan mehnat daftarchasi ochish uchun buyurtmanoma tushgandan keyin joyiga borib qoramolning va boshqa shart-sharoitlarning mavjudligini aniqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Aholining shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan bandligining keyingi monitoringi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda, uy xoʻjaliklari muntazam monitoringini olib borish hamda “Aholining qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan bandligi koʻrsatkichlari” varaqasiga tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining mazkur oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga birkitilgan xodimi har chorakda kamida bir marta, tasdiqlangan jadvalga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sonini koʻrsatgan holda shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligida qoramol mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish maqsadida oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida joylashgan uy xoʻjaliklari monitoringini amalga oshiradilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Uy xoʻjaliklari monitoringi davomida olingan maʼlumotlar ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq “Aholining qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan bandligi koʻrsatkichlari” varaqasiga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Har bir chorak tugagandan keyin oʻn kun mobaynida “Aholining qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan bandligi koʻrsatkichlari” varaqasidagi yozuvlar asosida har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi boʻyicha Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan faoliyatning koʻrsatilgan turi bilan band boʻlgan shaxslar soni toʻgʻrisida hisobot tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot maʼlumotlari Tuman boʻyicha shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlganlar toʻgʻrisidagi hisobotda ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha jamlanadi hamda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda hududiy Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga joʻnatiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 1-ILOVA

_______________________________ ‎‎‎‎‎‎tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini
(tuman (shahar) nomi‎‎‎)
ijtimoiy muhofaza qilish‎ markaziga ________________________________________
______________________________________________________________________‎_
manzilda yashaydigan‎
(pasporti: seriyasi ___________ № _____________________________
____ yil “___” _______________________ da‎‎‎‎
____________________________________________________________‎_________‎‎

(pasportni bergan muassasaning nomi)‎

tomonidan berilgan)___________________________________________________‎‎‎
___________________________________________________________ da tugʻilgan‎
fuqaro _______________________________________________________________‎‎

(F.I.O.)‎

dan

Mehnat daftarchasi ochish va yuritish toʻgʻrisida

ARIZA‎‎‎
Menga shaxsiy yordamchi/dehqon xoʻjaligida (tegishlisining ostiga chizilsin) qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band shaxs sifatida mehnat daftarchasi ochish va berishni soʻrayman.‎‎‎‎
Shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligida _____ bosh qoramol, shu jumladan _____ bosh sigir, _____ bosh buzoq mavjud. Shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligining yer uchastkasi maydoni ____ gektarni tashkil qiladi.‎ ‎‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisidagi Nizom bilan tanishib chiqdim. ‎ ‎‎‎

Sana: 200__ yil “___” ____________ ‎

Imzo: ____________ ‎‎
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200__ yil ________ chorakda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va ularda yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan, ___________ tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilgan shaxslar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOTLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
F.I.O.‎‏
Identifikatsiya tartib raqami‎‏
Pasporti (seriyasi, tartib raqami)‎‏
Pasport boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili‎‏
‎‎Sana
Maqomi‎‏
roʻyxatdan oʻtkazilgan‎

hisobdan chiqarilgan‎‎

‎‎Davlat
‎soliq inspeksiyasi
‎boshligʻi

‎‎

‎‎‎_________________ ( _________ )

M.Oʻ.‎

‎‎‎‎Sana: 200__yil “____”_____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200__ yil ________ chorakda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va ularda yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan shaxslar tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan badallar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOTLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ F.I.O.‎ Identifikatsiya tartib raqami‎ Toʻlov davri (oyi)‎ Badal miqdori‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Chorak uchun:‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Chorak uchun:‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Chorak uchun:‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Chorak uchun:‎
Davlat soliq
‎ inspeksiyasi boshligʻi ‎

‎‎
‎______________ ( __________ ) ‎‎‎

M.Oʻ.‎

‎‎Sana: 200 __ yil “ __ ”________ ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish bilan band boʻlgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY UCH TOMONLAMA SHARTNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sana: ___________________‎

____________________________________

viloyati‎‎

____________________________________

tumani‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______________________________ da yashovchi, shaxsiy yordamchi, dehqon xoʻjaligida (keraklisining tagiga chizilsin) qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish bilan band boʻlgan fuqaro ‎__________________________________________________ ‎ (keyingi oʻrinlarda Fuqaro deb ataladi); ‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“__________ viloyati, __________ tumani (shahri) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi nomidan direktor ____________________ (keyingi oʻrinlarda “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” deb yuritiladi;
(4-ilovaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini nomidan rais __________________________________________________‎ ‎‎(keyingi oʻrinlarda Fuqarolar yigʻini deb ataladi‎).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-martdagi PQ–308-son qaroriga muvofiq ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Shartnoma mavzusi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida band boʻlgan fuqarolarni aholining bandligini va oila budjetini toʻldirishning muhim omili sifatida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb etishni taʼminlash, joylarda qoramol boqish va goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Fuqaro ______________________ ish bilan band deb eʼtirof etiladi hamda unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda unga mehnat daftarchasi beriladi (yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Fuqaro qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish boʻyicha ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotishdan olingan barcha daromadlar Fuqaroning mulki hisoblanadi, agar uchinchi shaxslar bilan shartnoma munosabatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Shartnomaning amal qilish muddati ____ yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Shartnoma tomonlarining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Fuqaro quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini dehqon bozorlarida, tayyorlov tashkilotlariga qonunchilikda belgilangan tartibda sotish;
(2.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoramol boqish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qoramolni parvarish qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramollar sonini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini oʻz vaqtida toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa majburiyatlar: _____________________.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi quyidagilarga majbur:
(2.2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan shaxslarning pensiya taʼminoti, faoliyatning ushbu turi bilan band boʻlingan davrlarni mehnat stajiga toʻgʻri hisoblash masalalaridagi manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachilarga chorvachilik mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishda, tijorat banklarining kreditlarini olishda hamda mehnat organlari vakolatiga kiruvchi faoliyatning ushbu turi bilan bogʻliq boshqa xoʻjalik masalalarini hal qilishda yuridik va konsultativ yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning ilgʻor texnologiyalariga, ular faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va metodlariga oʻqitishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa majburiyatlar: _____________________.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Fuqarolar yigʻini quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrokreditlar olishda qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishda tijorat banklari oldida kafil boʻlish;
(2.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini dehqon bozorlarida sotishda va buyurtmachilarga yetkazib berishda chorvachilik mahsulotlarining kelib chiqishi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan hujjatlarni berish;
(2.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan bandligining hisobini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa majburiyatlar: _____________________.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tomonlarning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shartnomaning amal qilishini toʻxtatish va uning muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaning 1.5-bandda koʻrsatilgan amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish bilan bandligi toʻxtatilganda Shartnomaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2 Agar Shartnomaning amal qilish muddati tugagach Tomonlar Shartnomaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyatini bildirishmasa Shartnoma nomaʼlum muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Alohida shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Shartnoma shartlari barcha Tomonlar uchun majburiy yuridik kuchga ega. Mazkur Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma bitimlar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Shartnoma Tomonlari oʻrtasidagi nizolar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 3 nusxada tuzilgan hamda har qaysi Tomonda bir nusxadan saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning imzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro _______________________________________________ (______________________) ‎
Pasport: seriya __________________________ № ____________________________________ ‎
___________________________ da______________________________ tomonidan berilgan. ‎
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishmarkazi ___________________

‎(_______________________)‎
Yuridik manzili _______________________________________________________________‎
M.Oʻ.‎
Fuqarolar yigʻini ________________________________________ (____________________)‎
Yuridik manzili _______________________________________________________________‎
M.Oʻ.‎
(tomonlarning imzolari qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 93-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 5-ILOVA

Namuna‎

‎‎Aholining qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish
‎va sotish bilan bandligi koʻrsatkichlari

‎‎Shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi manzili______________________________________________

‎‎(xoʻjalik turi tagiga chizilsin)

‎‎Xoʻjalik boshligʻining F.I.O. ______________________________________________________________

‎T/r‎‏

‎Koʻrsatkichlar‎‏

‎‎Uy xoʻjaliklarini hovlilar boʻyicha oʻrganish sanalari, chorak/yil

1/06‎ 2/06‎ 3/06‎ 4/06‎ 1/07‎ 2/07‎ 3/07‎ 4/07‎ 1/08‎ 2/08‎ 3/08‎
1.‎ Uy xoʻjaligi aʼzolari soni (kishi) ‎

shu jumladan:‎‎

1.1.‎ Mehnatga layoqatli yoshdagilar ‎
ulardan:‎
1.1.1.‎ Mehnat shartnomalari boʻyicha ishlayotganlar‎
1.1.2.‎ Xususiy tadbirkorlar‎
1.1.3.‎ Ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar‎
1.1.4.‎ Qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan shugʻullanayotgan mehnatga layoqatli shaxslar, 1.1.1.–1.1.3-bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari ‎
1.1.4.1.‎ Ulardan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badal toʻlayotganlar‎
1.2.‎ 16 yoshgacha boʻlgan bolalar ‎
1.3.‎ Pensiya yoshidagi shaxslar (erkaklar — 60 yosh va undan katta, ayollar — 55 yosh va undan katta)‎
2.‎ Qoramollar soni (bosh)‎
shu jumladan:‎
2.1.‎ Sigirlar‎
2.2.‎ Buzoqlar‎
2.3.‎ Novvoslar ‎
‎‎
3.‎ Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer maydoni, jami (ga)‎
shu jumladan:‎
3.1.‎ shaxsiy yordamchi xoʻjalik yerlari ‎
3.2.‎ dehqon xoʻjaligi yerlari‎
‎‎Fuqarolar yigʻini raisining imzosi

‎‎Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining imzosi

(5-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200 __ yil ___ choragida shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan bandlik toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot

‎‎_____________________________________________________________________ tumani
‎‎T/r‎‎

Koʻrsatkichlar‎

Oʻlchov birligi‎

Soni ‎

1.‎ Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari soni ‎ ta‎

shu jumladan:‎

1.1.‎ shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar‎ ta‎
1.2.‎ dehqon xoʻjaliklari ‎ ta‎
2.‎ Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida boqilayotgan qoramollar soni ‎ bosh‎

shu jumladan: ‎

2.1.‎ shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda‎ bosh‎
2.2.‎ dehqon xoʻjaliklarida ‎ bosh ‎
3.‎ Qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan band boʻlgan shaxslar soni (“Aholining qoramol boqish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan bandligi koʻrsatkichlari” varaqasining 1.1.4-satridan).‎ kishi‎

ulardan:‎

3.1.‎ Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badal toʻlayotgan shaxslar soni kishi‎
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi soʻzlari bilan almashtirilsin boshligʻi ‎
Tuman (shahar) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi ‎
(6-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
21-apreldagi 67-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq joylardagi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Homiylar va shifokorlar yili Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 23-yanvardagi PQ–266-son, “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-martdagi PQ–308-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qishloq joylarda yashaydigan kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning daromadini oshirish hamda fuqarolarning qoramol boqish hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va sotish bilan bandligini taʼminlash maqsadida ushbu oilalarga qoramolni bepul berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish xayriya yordami sifatida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarni aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalarni aniqlash ochiqlik va oshkoralik shartlarida va ijtimoiy adolat prinsipiga qatʼiy rioya qilingan holda qishloq fuqarolar yigʻini tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilalarga qoramolni bepul berish toʻgʻrisidagi qaror fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi taqdimnomasiga binoan, keyinchalik fuqarolar yigʻini yoki vakillar yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan holda Fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoramol quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻp bolali oilalarga;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) umumiy daromadlari oilaning har bir aʼzosi hisobiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravaridan oshmaydigan, doimiy ravishda (keyingi 2-3 yilda) past boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) boquvchilari bevalar va bolalarni tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar hisoblanadigan voyaga yetmagan bolalari boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari va internat uylar bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ota-onasiz qolgan ikki nafar va undan ortiq bolalarni qaramogʻiga olgan (qabul qilgan) oilalarga bepul beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgaridan qoramoli boʻlgan oilalar qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalar deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalarni aniqlashda 2-bandda koʻrsatilgan talablar bilan birga quyidagilar hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy xoʻjaligida qoramol boqish uchun sharoitlarning, shu jumladan yer uchastkasining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoramolni boqish uchun tegishli malakaga va parvarish qilish imkoniyatiga ega boʻlgan mehnatga layoqatli oila aʼzolarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boqilayotgan qoramolni yem bilan taʼminlash imkoniyatining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalarni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qaroriga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish har bir organida tuzilgan fuqarolar yigʻini maxsus komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu komissiyalar oilaning uyiga borib uning daromadlarini va mulkiy ahvolini oʻrganib chiqadilar va tegishli dalolatnoma tuzadilar, dalolatnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning tarkibi, voyaga yetmagan bolalar, jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning umumiy daromadi va uning manbalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilada qimmatbaho yuqori likvidli mol-mulkning, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar oilaga qoramol berilsa, uni boqish uchun sharoitlarning mavjudligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaning mulkiy ahvolini oʻrganish natijalariga koʻra maxsus komissiya qoramolni bepul berish yoki bermaslik toʻgʻrisida dastlabki xulosa chiqaradi. Oilaning mulkiy ahvolini oʻrganish dalolatnomasi maxsus komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oilaning mulkiy ahvolini oʻrganish dalolatnomasi oilaga qoramolni bepul berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Fuqarolar yigʻini kengashiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashi qarori oilaga qoramolni bepul berish (bermaslik) sabablari koʻrsatilgan holda protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin ushbu qaror tasdiqlash uchun fuqarolar yigʻiniga yoki vakillar yigʻilishiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qaror uchun fuqarolar yigʻini yoki vakillar yigʻilishi qatnashchilarining oddiy koʻpchiligi ovoz bersa, u tasdiqlangan hisoblanadi hamda protokol bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fuqarolar yigʻinining oilalarga qoramolni bepul berish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qarorlari va oilalarning mulkiy ahvolini oʻrganish dalolatnomalari koʻrsatilgan oilalarni qoramolni bepul berish roʻyxatiga kiritish uchun har oyning 15-kunigacha boʻlgan muddatda hokimlikka joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga qoramol ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq joylarda yashayotgan kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga qoramol ajratish tumanlar hokimliklari tomonidan tuzilgan maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya tarkibiga quyidagilar majburiy tartibda kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimining oʻrinbosari — komissiya raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boshligʻi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya organi vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organi vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banki filiali (boʻlimi) rahbari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalarining tuman boʻlimlari rahbarlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoramolni xarid qilish hamda kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga bevosita berish uchun maxsus komissiya huzurida tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, veterinariya xizmatlari mutaxassislari va tajribali chorvadorlar jalb qilinadigan ishchi guruh tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maxsus komissiya oilalarga qoramolni bepul berish toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tushgan qarorlarni har oyda koʻrib chiqadi hamda qoramolni kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga berish navbati roʻyxatlarini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatlarni tuzishda komissiya keyinchalik kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga beriladigan qoramolni xarid qilish uchun moliyaviy imkoniyatlarning mavjudligidan kelib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoramolni oilalarga bepul berish roʻyxatlarini tuzishda oilaning ijtimoiy yordamga oʻta ehtiyojmandligi hisobga olinadi. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadigan barcha belgilar majmuiga ega boʻlgan oilalarga qoramol birinchi navbatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoramol bepul beriladigan oilalar roʻyxati tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilaga faqat bir bosh qoramol bepul berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hokimlikning maxsus komissiyasi oilalarning qoramolni bepul berish uchun roʻyxatga kiritilganligi asoslanganligini taʼminlash maqsadida oilani borib koʻrish (yoki oilalarni borib koʻrish uchun oʻz vakillarini yuborish) yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan oilalar aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida soliq organlaridan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻzini oʻzi boshqarish organining oilalarga qoramolni bepul berish toʻgʻrisidagi qarori hokimlikning maxsus komissiyasi tomonidan asosli emas deb hisoblansa ushbu oilalar qoramolni bepul olish roʻyxatlariga kiritilmaydi, maxsus komissiya esa roʻyxatga kiritishni rad etishning asoslangan javobini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga bepul berish uchun qoramolni roʻyxatlarda koʻrsatilgan miqdorga muvofiq qishloq xoʻjaligi korxonalaridan yoki boshqa korxonalardan, shuningdek aholidan pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd hisob-kitob qilib sotib olish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga beriladigan qoramol sogʻlom buzoq, gʻunajin yoki 5 yoshgacha boʻlgan sigir boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoramolni kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga berish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi hamda ishchi guruh aʼzosi va qoramolni olgan oilaning huquqiy layoqatli aʼzosi tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi berish-olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qoramolni bepul berish uchun pul mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik va xayriya yordamlari qoramolni xarid qilish hamda keyinchalik kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga bepul berish uchun mablagʻlarni shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Moliyaviy mablagʻlar hokimlik tomonidan depozitga qoʻyish va belgilangan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun tanlangan tijorat banklaridan birining tuman boʻlimida hokimlik ochgan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman hokimining oʻrinbosari — maxsus komissiya raisi hisob raqamidagi mablagʻlarni tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maxsus komissiya homiylarning mablagʻlarini jalb etish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshiradi, ularning nomiga iltimosnoma-xatlar yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
21-apreldagi 67-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilda qishloq joylardagi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga homiylar, shuningdek nodavlat xayriya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan homiylik yordami koʻrsatish dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r Mintaqalar Tumanlar soni ‎‏
‎‏

Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar soni

Bir tumanda qamrab olish darajasi (oilalar)

Sigir ajratishni moliyalashtirish manbalari
homiylar hisobiga shu jumladan:‎‎ nodavlat jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga mahalla jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga
fermer xoʻjaliklari xususiy tadbirkorlar boshqa tashkilot va korxonalar
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 14 ‎ 1710 ‎ 122‎ 1622‎ 1045 ‎ 379‎ 198‎ 70 ‎ 18‎
viloyatlar:‎
2. Andijon‎ 14‎ 2576‎ 184‎ 2442‎ 1663‎ 534‎ 245‎ 82‎ 52‎
3. Buxoro‎ 11‎ 1319 120‎ 1204‎ 893‎ 261‎ 50‎ 79‎ 36‎
4. Jizzax‎ 12‎ 1590‎ 133‎ 1465‎ 994‎ 283‎ 188‎ 104‎ 21‎
5. Qashqadaryo‎ 13‎ 2000‎ 154‎ 1869‎ 1380‎ 376 113 89 42‎
6. Navoiy 8‎ 824‎ 103‎ 749‎ 525‎ 127‎ 97‎ 52‎ 23‎
7. Namangan‎ 11‎ 1807‎ 164‎ 1659‎ 1175‎ 264‎ 220‎ 102 46‎
8. Samarqand‎ 14‎ 2405‎ 172‎ 2282‎ 1563‎ 565‎ 154‎ 85‎ 38‎
9. Surxondaryo‎ 14‎ 1569‎ 112‎ 1498‎ 1020‎ 384‎ 94‎ 53‎ 18‎
10. Sirdaryo‎ 8‎ 1122‎ 140‎ 1022‎ 729‎ 221‎ 72‎ 68‎ 32‎
11. Toshkent‎ 15‎ 2022‎ 135‎ 1865‎ 1334‎ 320‎ 211‎ 122‎ 35‎
12. Fargʻona‎ 14‎ 1576‎ 113‎ 1475‎ 1110‎ 218‎ 147‎ 62‎ 39‎
13. Xorazm‎ 9‎ 1125‎ 125‎ 1048‎ 731‎ 212‎ 105‎ 52‎ 25‎
Hammasi:‎ 157‎ 21645‎ 138‎ 20200‎ 14162‎ 4144‎ 1894‎ 1020‎ 425‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
21-apreldagi 67-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kushxonalar va qoramol soʻyish maydonchalari tashkil etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
topshiriq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

(ta)‎

Mintaqalar‎‏
‎‏

Kushxonalar soni‎‎

‎‎Qoramol soʻyish maydonchalari soni

2005-yilda mavjud boʻlgani‎‏
Jami qoʻshimcha tashkil etiladi

‎‎shu jumladan:

2005-yilda mavjud boʻlgani Jami qoʻshimcha tashkil etiladi

shu jumladan:‎‎

2006-yil‎ 2007-yil‎ 2008-yil‎ 2009-yil‎ ‎‏2010-yil‎‎‎ 2006-yil‎ 2007-yil‎ 2008-yil‎ 2009-yil‎ 2010-yil‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 13‎ 5‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 10‎ 55‎ 9‎ 11‎ 12‎ 12‎ 11‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 29‎ 5‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 42‎ 65‎ 11‎ 13‎ 14‎ 14‎ 13‎
Buxoro‎ 32‎ 2‎ 1 1‎‎ 69‎ 35‎ 7‎ 8‎ 7‎ 7‎ 6‎
Jizzax‎ 33‎ 4‎ 1‎ 2‎ 1‎ 44‎ 50‎ 10‎ 10‎ 10‎ 10‎ 10‎
Qashqadaryo‎ 11‎ 3‎ 1‎ 1‎ 1‎ 51‎ 100‎ 18‎ 21‎ 21‎ 20‎ 20‎
Navoiy‎ 7‎ 5‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎ 85‎ 45‎ 9‎ 10‎ 9‎ 9‎ 8‎
Namangan‎ 22‎ 2‎ 1‎ 1‎ 60‎ 45‎ 8‎ 10‎ 11‎ 8‎ 8‎
Samarqand‎ 10‎ 11‎ 3‎ 3‎ 2‎ 2‎ 1‎ 226‎ 75‎ 13‎ 17‎ 16‎ 15‎ 14‎
Surxondaryo‎ 17‎ 7‎ 2‎ 2‎ 1‎ 1‎ 1‎ 214‎ 45‎ 9‎ 10‎ 10‎ 9‎ 7‎
Sirdaryo‎ 10‎ 3‎ 1‎ 1‎ 1‎ 31‎ 35‎ 6‎ 8‎ 8‎ 7‎ 6‎
Toshkent‎ 46‎ 9‎ 3‎ 2‎ 2‎ 1‎ 1‎ 119‎ 95‎ 18‎ 21‎ 20‎ 18‎ 18‎
Fargʻona‎ 33‎ 2‎ 1‎ 1‎ 59‎ 100‎ 18‎ 20‎ 21‎ 21‎ 20‎
Xorazm‎ 14‎ 2‎ 1‎ 1‎ 50‎ 30‎ 5‎ 7‎ 7‎ 6‎ 5‎
Hammasi:‎ 277‎ 60‎ 18‎ 18‎ 11‎ 7‎ 6‎ 1060‎ 775‎ 141‎ 166‎ 166‎ 156 ‎ 146‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 141-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2016-y., 8-son, 77-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)