25.04.2006 yildagi PQ-332-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI BILAN IKKI TOMONLAMA MAHSULOT AYIRBOSHLASHNI OSHIRISH BOʻYICHA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONI VA CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-20-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng miqyosda va oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda Qozogʻiston Respublikasi bilan integratsiyalashuv jarayonini amalga oshirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlashni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport va gumanitar sohalardagi normativ-huquqiy bazalarni yanada muvofiqlashtirish, ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan erishilgan axdlashuvni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar Dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan masʼul ijrochilar — vazirlik va idoralar Qozogʻiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma hukumatlararo Komissiyasining Oʻzbekiston qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan ikki tomonlama savdoning integratsiyalashuv jarayonini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorda tasdiqlangan Dasturning qanday amalga oshirilayotganini majlislarda muntazam koʻrib chiqishni Komissiya ish amaliyotiga tatbiq etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda tadbirlar Dasturining qanday amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-332-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 139-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 20.03.2020-y., № 06/20/5971/0348)