O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3916]
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4 avgust,
25-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754, 2007-yil 27-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 265-banddagi “mahalliy davlat hokimiyat organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 266-banddagi “mahalliy hokimiyat organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-45-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1755, 2007-yil 27-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va likyor-aroq ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 259-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyat organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2010-yil 12-iyundagi 66-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119, 2010-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga 2-ilovaning 3 422 256, 3 422 324 va 3 610 233 qatorlaridagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari”, “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son qarori (ro‘yxat raqami 2174, 2010-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada:
1) 8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari, 37-band va 39-bandning birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 62-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organiga” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qarori (ro‘yxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada:
1) 1-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi “mahalliy davlat hokimiyat organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlaridan” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qarori (ro‘yxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqidagi nizomning 3 va 43-bandlaridagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yil 5-yanvardagi 3-son qarori (ro‘yxat raqami 2325, 2012-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 6-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
1) 2-banddagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 6-banddagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 25-yanvardagi 2-Q, 5-son qarori (ro‘yxat raqami 2337, 2012-yil 12-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 30-bandning birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ida (ro‘yxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 173-modda):
1) nomi va 1-banddagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-banddagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-banddagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 1, 1a, 2, 3, 4 va 5-ilova belgilaridagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martdagi 3, 9-son qarori (ro‘yxat raqami 2368, 2012-yil 22-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 240-modda) bilan tasdiqlan Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandi, 20-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 28-bandi uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2013-yil 30-oktabrdagi 21-son qarori (ro‘yxat raqami 2521, 2013-yil 7-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 45-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 9-yanvardagi 5-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2558, 2014-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 6-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
1) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada:
1) 3-bandning yettinchi xatboshisi, 3-bobning nomidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 15 va 16-bandlardagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-banddagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 18-bandning birinchi xatboshisi va 23-bandlardagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2663, 2015-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 14-son, 175-modda) bilan tasdiqlangan Qo‘shimcha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining 11-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 25-sentabrdagi 83-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2724, 2015-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 43-son, 556-modda) bilan tasdiqlangan Tirajli lotereya o‘yinlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 8-bandi birinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 9-noyabrdagi 2015-33, 136-mh, 337-V-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida” qarorida (ro‘yxat raqami 2727, 2015-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 582-modda):
1) nomi va 1-banddagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
muqaddima, 1-band va 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qarori (ro‘yxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 28-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (ro‘yxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/3003/1140-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 7-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlariga” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2018-yil 7-iyundagi 342-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3039, 2018-yil 16-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/3039/1523-son) bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarining 37-bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2019-yil 30-avgustdagi 5-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3185, 2019-yil 23-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3185/3786-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarini” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 15-maydagi 14-2020 q/q, 6-mh, 33-q/q, 16, 71, 8-son qarori (ro‘yxat raqami 3240, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3240/0761-son) bilan tasdiqlangan Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 6-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi va 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3272/1144-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 27-apreldagi 26-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3299, 2021-yil 7-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3299/0438-son) bilan tasdiqlangan Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-ilovasida:
matnidagi “mahalliy davlat organining” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati vakillik organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
izoh qismidagi “Mahalliy davlat organining” degan so‘zlar “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 38-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 33-2021-son, Moliya vazirligining 2021-yil 16-oktabrdagi 65-son qarori (ro‘yxat raqami 3326, 2021-yil 19-oktabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3326/0974-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandida:
1) ikkinchi xatboshidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) beshinchi xatboshidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3341, 2021-yil 6-dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 10/21/3341/1138-son) bilan tasdiqlangan Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning 10-ilovasi matnidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarining 4-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2022-yil 13-maydagi 41-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3368, 2022-yil 13-may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3368/0417-son) bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibining 5-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 26-iyundagi 44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3445, 2023-yil 10-iyul) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3445/0465-son) bilan tasdiqlangan Geodeziya punktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyatining “Ma’muriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar” yo‘nalishidagi “Soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi”ning “Misoli” ustunidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 133-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3546/0602-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ning 38-bandi “j” kichik bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-son qarori (ro‘yxat raqami 3697, 2025-yil 28-oktabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025 y., № 10/25/3697/0992) bilan tasdiqlangan Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi o‘n uchinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3807, 2026-yil 3-aprel) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3807/0315-son) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 65-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026 y., 10/26/3916/0819-son)