Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG‘IMLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-apreldagi 397-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1993-yil 26-maydagi 101(606)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonunga muvofiq 1993-yilning oxirigacha qonun hujjatlarining loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritsin.
uch oy muddat ichida zarur qarorlar qabul qilsin hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida”gi Qonuniga zid keladigan hukumat va idoraviy me’yoriy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
844-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 228-modda)