Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI SHAKLLANTIRISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH UCHUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda “Roʻyxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar:
Oldingi tahrirga qarang.
elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlasinlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni roʻyxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari boʻyicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-fevral,
27-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 20-fevraldagi 27-son qaroriga
ILOVA
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Davlat axborot resurslari nomi

Masʼul davlat organlari

1.

Sugʻurta qiluvchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Moliya vazirligi

12.

Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestri

13.

Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

2.

Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri

Adliya vazirligi

3.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri

31.

Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri

32.

Diniy tashkilotlar reyestri

33.

Notariuslar reyestri

34.

Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalari reyestri

35.

Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri

36.

FHDY organlari

37.

Ixtirolar davlat reyestri

38.

Foydali modellar davlat reyestri

39.

Sanoat namunalari davlat reyestri

310.

Oʻsimliklar navlari davlat reyestri

311.

Hayvonlarning zotlari davlat reyestri

312.

Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri

313.

Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri

314.

Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri

315.

Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri

316.

Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri

317.

Patent vakillari davlat reyestri

318.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki

319.

Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestri

4.

Soliq toʻlovchilar — yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri

Davlat soliq qoʻmitasi

41.

Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri

42.

Soliq deklaratsiyalari reyestri

43.

Moliya va soliq hisoboti reyestri

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga oʻzgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarning davlat reyestri ‎

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi‎

172.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri

173.

Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri

18.

Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri

19.

Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri

20.

Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri

21.

Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri

22.

Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri

24.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

25.

Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri

26.

Davlat kartografiya-geodeziya fondi

27.

Davlat yer fondi

271.

Oldindan tayyorlab qoʻyilgan maʼlumotnoma xarita

272.

Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

28.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri

Milliy statistika qoʻmitasi

29.

Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi

Madaniyat vazirligi

30.

Madaniy-maʼrifiy inshootlari reyestri

31.

Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri

311.

Sport inshootlari reyestri

32.

Maktabgacha taʼlim muassasalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

321.

Umumiy oʻrta taʼlim   muassasalari

322.

Qoʻshimcha taʼlim muassasalari

33.

Umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona maʼlumotlar bazasi

34.

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

35.

Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklar

36.

Davlat taʼlim standartlari

361.

Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura ixtisosliklari oʻquv rejalari

362.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari maʼlumotlar bazasi

37.

Pensionerlar maʼlumotlar bazasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

38.

Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar)

Ichki ishlar vazirligi

381.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

382.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyalar reyestri

383.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

384.

Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

385.

Profilaktik, tezkor va boshqa hisoblarda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi “Shaxs” maʼlumotlar bazasi

386.

“Respublika qidiruvida” boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

387.

“MDH davlatlararo qidiruvi”da boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

388.

Temir yoʻl transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Vokzal” maʼlumotlar bazasi

389.

Havo transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Aeroport” maʼlumotlar bazasi

3810.

Qidiruvda boʻlgan raqamli buyumlar toʻgʻrisidagi “Buyum” maʼlumotlar bazasi

3811.

Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan, olib qoʻyilgan va topib olingan qurolning maʼlumotlar bazasi

3812.

“MDH davlatlarida yoʻqotilgan va aniqlangan qurol” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3813.

Respublika boʻyicha qidiruvdagi avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi

3814.

MDH davlatlari qidiruvda boʻlgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi

3815.

“Fuqaroviy va xizmat quroli” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3816.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi

3817.

Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi

3818.

Haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

3819.

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3820.

Maxsus hisobda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi (jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sudlanganligi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganligi, qidiruvda boʻlganligi, jazoni oʻtganligi yoxud oʻtayotganligi)

39.

Oʻzbekistonning tabiiy resurslari

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

391.

Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

392.

Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish maʼlumotlar bazasi

40.

Ommaviy axborot vositalari yagona reyestri

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

401.

Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri

402.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri

41.

Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

42.

Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri

43.

Davlat organlari veb-saytlari

431.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

432.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

433.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

434.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

438.

Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

439.

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri

45.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

46.

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

461.

Temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini qabul qilish uchun yuridik shaxslarga ular belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan xulosalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

49.

Bank depozitorlari milliy axborot bazasi

Markaziy bank

50

Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYAB)

501.

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestri

502

Kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

503.

Valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

504.

Toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

505.

Toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

506.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestri

507.

Lombardlar reyestri

508.

Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestri

51

Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

511.

Investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasi

512.

Asosiy xom ashyo tovarlari kotirovkalari maʼlumotlar bazasi

52.

Idoralarda (vazirliklar, agentliklar, markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi

53.

Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning koʻrsatkichi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

54.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

55.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

56.

Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

57.

Koʻprik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

58.

Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

59.

Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

60.

Yer osti boyliklari toʻgʻrisida geologik va boshqa maʼlumotlar davlat fondi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

61.

Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalarining davlat reyestri

62.

Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaxiralarining davlat balansi

63.

Konlar, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri

64.

Davlat suv kadastri (yer osti suvlari)

65.

Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastri

66.

Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri

67.

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestri

Moliya vazirligi

68.

Attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar (qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari)ning yagona davlat reyestri

69.

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestri

70.

Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning davlat reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi

71.

Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan birjalar reyestri

72.

Tovar-xom ashyo birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri

73.

Koʻchmas mulk birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri

74.

Rieltorning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar reyestri

75.

Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar reyestri

76.

Sogʻliqni saqlash muassasalari reyestri

Sogʻliqni saqlash vazirligi

77.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

79.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

80.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

81.

Bojxona ombori taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

82.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

83.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

831.

Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlar bazasi

832.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

833.

Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

834.

Bojxona tashuvchilari reyestri

835.

Bojxona brokerlari reyestri

84.

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

85.

Tomosha-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi

861.

Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga tomosha-konsert guvohnomasi olgan shaxslar reyestri

87.

Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

88.

Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish maʼlumotlar banki

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

89.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan alohida xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

90.

Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar, avariyalarning maʼlumotlar bazasi

91.

Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

92.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻlishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

93.

Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

94.

Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining maʼlumotlar bazasi

Oliy attestatsiya komissiyasi

95

Axbortni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

972.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalari reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

973.

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri

974.

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari ekspluatantlari reyestri

98.

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

99.

Neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

991.

Alkogolli mahsulotlar sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga berilgan litsenziyalar reyestri

992.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlar reyestri

100.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

1001.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

101.

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

103.

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

104.

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari)

105.

Mahalliy va xalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

107.

Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

108.

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

110.

Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

111.

Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

112.

Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

113.

Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

114.

Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

115.

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

116.

Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona maʼlumotlar bazasi

Davlat-tijorat Xalq banki

117.

Malaka toifalari toʻgʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari pedagoglari reyestri

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

118.

Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi reyestr

120.

Milliy va xorijiy axborot resurslari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

121.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 51-modda; 2007-y., 7-8-son, 65-modda; 2008-y., 19-son, 159-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 48-son, 447-modda,51-son, 486-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda, 36-son, 367-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)