|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.07.2011
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
“YOʻLOVChILAR VA QOʻL YuKINI HAVO TRANSPORTIDA TAShISh UMUMIY QOIDALARI” (OʻZR AQ 195) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVIATSION QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-dekabrda 1529-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-sonli “Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238, 29.06.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 95-moddasiga asosan va meʼyoriy bazani takomillashtirish maqsadida Davavianazorat tomonidan “Havo transportida yoʻlovchilar va qoʻl yukini tashish umumiy qoidalari” (OʻzR AQ 195) Aviatsion qoidalari ishlab chiqildi, buyuraman:
1. “Yoʻlovchilar va qoʻl yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari” (OʻzR AQ 195) Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ishboshqaruvchi (Sh.N. Shamsiyeva) tomonidan devonxona (O.V. Demidenko) bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida Aviatsion qoidalarning koʻpaytirilib barcha ekspluatantlar va manfaatdor tashkilotlar)ga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat Davavianazoratning aviatsion xavfsizlik boshqarmasi boshligʻi V.A. Rijkin zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksisi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-oktabr,
129-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 369-modda)