O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY UNVONLARINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA
Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari ta’sis etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”,
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”,
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston iftixori”,
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustdagi 665-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 164-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”,
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”,
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”,
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”,
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 633-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 114-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”,
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”,
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog;
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-650-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”,
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor”,
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-avgustdagi O‘RQ-952-sonli Qonuniga asosan o‘ttizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”,
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”,
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 64-modda)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”,
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog”,
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-martdagi O‘RQ-1048-sonli Qonuniga asosan o‘ttiz beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”,
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”.
2. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
226-I-son
“O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis
etish to‘g‘risida”gi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi
Nizom
O‘zbekiston Respublikasining:
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va san’atni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan rejissorlarga, bastakorlarga, dirijorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va san’at o‘quv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustdagi 665-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 164-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni atoqli san’at arboblariga teatr, musiqa, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirshni rivojlantirishdagi, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-sonli “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, xalq tomonidan keng e’tirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni atoqli tasviriy san’at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 633-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 114-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur bo‘lgan yuksak she’riy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bolalar va yoshlarga ta’lim hamda tarbiya berishda, xalq ta’limini rivojlantirish ishida alohida xizmat ko‘rsatgan barcha turdagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga, oliy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq ta’limi tizimidagi o‘quv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni qo‘shiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, O‘zbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she’riy san’atning an’anaviy shakllarini o‘zlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targ‘ib qilganligi uchun beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim” faxriy unvoni uy-joy kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni respublikada san’atni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish, geologiya-qidiruvga oid ishlab chiqarishni kengaytirish, mineral-xom ashyo bazasini yaratish va mustahkamlash, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga topshirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda va foydali qazilmalarni qazib olishda ekologik jihatdan toza ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya tarmog‘ining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-650-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini o‘rgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televideniye va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan jurnalistlariga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni xalq xo‘jaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni madaniy-ma’rifiy muassasalar, televideniye, radio, matbuot, nashriyotlar, tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash xodimlariga, shuningdek madaniyatni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor” faxriy unvoni milliy me’morchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq me’morchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash sohasida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali me’morlarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shu jumladan o‘rta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni Olimpiada va Osiyo o‘yinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi o‘yinlari yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlariga beriladi;
(nizomning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek faoliyatida davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga hamda ta’sischilariga beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-avgustdagi O‘RQ-952-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo, shahar transporti, yo‘llar qurilishi va ulardan foydalanish, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yo‘llar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini o‘zlashtirishda, aholiga va respublika xalq xo‘jaligiga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 64-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni barcha turdagi umumta’lim maktablarining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarining, o‘qituvchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq ta’limini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek xalq ta’limi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi;
(Nizomning o‘ttiz uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, shuningdek o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlariga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va soha vakillariga, shuningdek mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi;
(nizom O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-martdagi O‘RQ-1048-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni qonunchilikni rivojlantirishda, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda, xalq xo‘jaligida huquqiy ishni yaxshilashda, huquq fanlarini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlashda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali yuristlarga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” faxriy unvoni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.
“O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis
etish to‘g‘risida”gi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari
TAVSIFI
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “SAN’AT ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yadro atrofidagi elektronlar trayektoriyasi, pastki o‘ng chekkasida dafna novda tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “FAN ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasing Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston iftixori”
Ko‘krak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yo‘lkalari bilan o‘ralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan bo‘lib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta o‘zaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qo‘l tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan yerda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi bo‘ylab, gerb uzra “O’ZBEKISTON IFTIXORI” degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna novdasi joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lenta o‘tgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Tavsifning xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinliqda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pardasi ochilgan teatr sahnasiniig bir qismi, niqob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Parda ostidagi tekis sathdan, nishon markazining chaprog‘idan “XALQ ARTISTI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholg‘u asbobi — do‘mbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Tavsif O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida tog‘lar va vodiy fonida ochiq kitob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzlarning pastrog‘idan “XALQ YOZUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirog‘ida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumg‘on, lagan va xontaxta), pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirog‘idan “XALQ USTASI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Tavsif O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 633-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 114-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pat-qalam va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Unvonning chap tomonida ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ SHOIRI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”
Kukrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida maktab binosining.fonida darslik, daftar, globus, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishon markazining yuqorirog‘ida, tekis sathdan “XALQ O’QITUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy.cholg‘u asboblaridan doira va dutor pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ XOFIZI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati ko‘rsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KO’RSATGAN XODIM” degan yozuv ikki qator bo‘lib joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida axborot uzatayotgan aloqa yo‘ldoshi, parabolik antenna, pastki o‘ng chekkada dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN ALOQA XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nnshonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning yuz tomoni markazida, ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida, yurtimizning noyob tabiati va boy resurslarini aks ettiruvchi vodiy, daryo va tog‘ cho‘qqilari hamda uning yuqori qismida ikkita kesishgan geologik bolg‘a va kompas aks ettirilgan.
Nishonning aylanasi bo‘ylab pastki o‘ng qismida dafna novdasi va yuqori qismida “XIZMAT KO`RSATGAN GEOLOG” yozuvi joylashgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan o‘ralgan.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Qadag‘ichning bo‘yi 16 millimetr, eni 25 millimetr.
Qadag‘ichning orqa tomoniga nishonni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
(Tavsif O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-650-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida kaftlar e’zozidagi, ochila boshlagan gul g‘unchasi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida avtoruchka va bloknot, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN JURNALIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida gidrostansiyadan oqib tushib mavj urayotgan suv to‘lqini, chaprog‘ida g‘o‘za tupi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN IRRIGATOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekison Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida shtangensirkul, tishli g‘ildirak va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN IXTIROCHI VA RATSIONALIZATOR” degan yozuv ikki qator bo‘lib joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq xo‘jaligi obyektlari razmlari tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi xaritasi fonida kompyuter, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAT IQTISODCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida ochiq kitob fonida g‘ijjak va rangin taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, pastki chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN MADANIYAT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida zamonaviy me’morchilik inshooti fonida ioniy (me’moriy) order va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN ME'MOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda kaftlar e’zozida paxta chanog‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN RAXTAKOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida gazlama o‘rami ustida pillasi bilan tut barglari, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN RILLASNI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida sanoat obyektlari, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN SANOAT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida shifokorlarning ramzi bo‘lmish ilon chirmashgan qadah, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN SOG’LIQNI SAQLASH XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yo‘lkasi fonida yosh sportchi ustozi bilan, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN SPORT USTOZI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yo‘lkalari va futbol maydoni fonida mash’ala, pastki, o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN SPORTCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning yuz tomonida, O‘zbekiston Respublikasining geografik xaritasi hamda quyosh nurlari fonida tadbirkorlikning jadal rivojlanishi va uning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasini aks ettiruvchi iqtisodiy o‘sish belgisi va tangalar aks ettirilgan.
Nishonning aylanasi bo‘ylab pastki o‘ng qismida dafna novdasi va yuqori qismida “XIZMAT KO‘RSATGAN TADBIRKOR” yozuvi joylashgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan o‘ralgan.
Ko‘krak nishonining ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Qadag‘ichning bo‘yi 16 millimetr, eni 25 millimetr.
Qadag‘ichning orqa tomonida nishonni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich tarzidagi moslama mavjud.

(Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-avgustdagi O‘RQ-952-sonli Qonuniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida teplovoz, yuk shinasi va samolyot, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN TRANSPORT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh ko‘tarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki o‘ng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN G‘UQARO AVIATSIASI XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Tavsif O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 64-modda)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda och kitob fonida globus va uchburchak chizg‘ich, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN XALQ TA’LIMI XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida chorvachilik fermasi fonida o‘tlab yurgan qo‘y podasi va otliq cho‘pon, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN CHORVADOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning yuz tomoni markazida, ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida, ikki tomonga ochilgan, asrab-avaylashni ifodalaydigan kaftlar uzra yurtimiz tabiatini aks ettiruvchi vodiy, daryolar va tog‘ cho‘qqilari tasvirlangan.
Nishonning aylanasi bo‘ylab pastki o‘ng qismida dafna novdasi tasvirlangan va yuqori qismida “XIZMAT KO`RSATGAN EKOLOG” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan o‘ralgan.
Ko‘krak nishonining ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Qadag‘ichning bo‘yi 16 millimetr, eni 25 millimetr.
Qadag‘ichning orqa tomonida nishonni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich tarzidagi moslama mavjud.

(tavsif O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-martdagi O‘RQ-1048-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son)
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qalqon, qilich va tarozi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN YURIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida balandlik uzra taratib turgan quyosh fonida egatlar olingan dala va traktor, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN QISHLOQ XO’JALIK XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”
Ko‘rak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘yicha “XIZMAT KO’RSATGAN QURUVCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 64-modda; 1997-y., 2-son, 64-modda; 1998-y., 5-6-son, 114-modda; 9-son, 164-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son; 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son; 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)