Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZONNI BUZUVChI MODDALARNI VA TARKIBIDA ULAR MAVJUD BOʻLGAN MAHSULOTLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni takomillashtirish va davlat tomonidan boshqarish chora-tadbirlarini tartibga solish maqsadida, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga (2002-yilgi versiya) asoslangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan Ozonni buzuvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Agar tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2005—2030-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga kvotalar 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. 1985-yilgi Ozon qatlamini himoya qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va 1987-yilgi Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan:
5-ilovaga* muvofiq ozonni buzuvchi moddalarni;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mazkur qarorga 1 va 5-ilovalarning A roʻyxati I guruhida koʻrsatilgan ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan sovutgich uskunalari va havo haroratini birxillashtiruvchi qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qaroriga 6-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-martdagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 12-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga hamda qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-noyabr,
247-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 343-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 15-son, 181-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 25-son, 308-modda)