Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.11.2002
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQAROLARGA QARAShLI MOL-MULKNING DAVLAT
MAJBURIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Sug‘urta to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasi joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, fuqarolarning kuyidagi xususiy mulklari davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi kerak:
— imoratlar (uy-joylar, kvartiralar, shu jumladan xususiylashtirilgan uy-joylar, shuningdek, xo‘jalik binolari);
— chorva mollari (qoramol — 6 oylikdan boshlab, yilqilar va tuyalar — 1 yoshdan boshlab).
Chorbog‘lar, eskirgan imoratlar, shuningdek, qayerdaligi noma’lum bo‘lgan fuqarolarga qarashli imoratlar davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Fuqarolar xo‘jaliklaridagi imoratlar va chorva mollarining davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta pullari 1-ilovaga muvofiq hamda bir yil uchun sug‘urta pulining har 100 “pulidan foizlar hisobidan” olinadigan sug‘urta to‘lovlarining tabaqalashtirilgan stavkalari miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori tahririda)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga fuqarolar xo‘jaliklaridagi imoratlarning sug‘urta pulini belgilangan sug‘urta pulidan 50 foizgacha oshirish yoki kamaytirishga, ayrim sug‘urtalanuvchilarni ularning arizasi bo‘yicha, tegishli komissiyalarning xulosasiga binoan sug‘urta to‘lovlarini to‘lashdan batamom yoki qisman ozod qilishga ruxsat berilsin.
4. Bir yil uchun hisoblangan miqdordagi sug‘urta to‘lovlarini to‘lash muddati 1-oktabrgacha qilib belgilansin.
Sug‘urta to‘lovlarini to‘lashning belgilangan muddati tugagach, to‘lanmagan summa to‘lanmay qolgan qarz deb hisoblansin va to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzning 0,5 foizi miqdorida jarima (penya) qo‘shib hisoblangan holda undirib olinsin.
5. Fuqarolarga qarashli imoratlar va boshqa mol-mulkning nobud bo‘lishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun sug‘urta to‘lovlaridan ajratmalar miqdori 2 foiz qilib belgilansin.
6. Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha sug‘urta pullarining miqdori pulning qadrsizlanish darajasiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan indeksatsiya qilinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddat ichida:
— fuqarolarga qarashli mol-mulkni sug‘urta qilish bo‘yicha hisobga olish, to‘lovlarni hisoblash va to‘lash hamda sug‘urta to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani chiqarsin;
— sug‘urtalangan mol-mulkning nobud bo‘lishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlari ro‘yxatini tasdiqlasin.
8. 3-ilovaga muvofiq normativ hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-dekabr,
609-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 23-dekabrdagi
609-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolarga qarashli imoratlar va chorva mollarining
davlat sug‘urtasi bo‘yicha pullarining
miqdorlari

Tartib
‎raqami ‎

Mol-mulkning nomi ‎‎

Amaldagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan
‎sug‘urta pulining miqdori (baravar)

1.‎

Imoratlar ‎‎

15

shu jumladan, xususiylashtirilgan kvartiralar‎‎

10

2.‎

Qoramol:‎‎ ‎‎
‎‎6 oylikdan 1 yoshgacha

0,5

‎‎1 yoshdan 2 yoshgacha

1

‎‎2 yoshdan katta

2

3.‎

‎‎Yilqilar: ‎‎
1 yoshdan 2 yoshgacha‎‎

1‎‎

2 yoshdan katta‎‎

2‎‎

4.‎

Tuyalar:‎‎ ‎‎
‎‎1 yoshdan 2 yoshgacha

1‎‎

‎‎2 yoshdan katta

2

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 23-dekabrdagi
609-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha bir yil uchun sug‘urta pulidan
foizlar hisobidan olinadigan sug‘urta to‘lovlarining
tabaqalashtirilgan stavkalari
miqdorlari
‎‏Viloyatlar
Imoratlarni sug‘urta qilish‎‎‎ Chorva mollarini sug‘urta
qilish
shaharda‎ ‎‏ qishloqda‎‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 0,7‎ 1,0‎ 5,0‎
Andijon‎ 0,5‎ 0,7‎ 3,5‎
Buxoro‎ 0,3‎ 0,6‎ 3,5‎‎
Jizzax‎ 0,3‎‎ 0,8‎ 3,5‎‎
Qashqadaryo‎ 0,3‎‎ 0,5‎ 3,5‎‎
Navoiy‎ 0,3‎‎ 0,6‎ 3,5‎‎
Namangan‎ 0,5‎ 1,0‎ 3,6‎
Samarqand‎ 0,4‎ 0,7‎ 4,0‎
Surxondaryo‎ 0,4‎ 0,7‎ 3,5‎
Sirdaryo‎ 0,3‎ 0,5‎ 5,0‎
Toshkent‎ 0,3‎ 0,5‎ 4,0‎
Farg‘ona‎ 0,3‎ 0,3‎ 3,5‎
Xorazm‎ 0,5‎ 0,6‎ 3,5‎
Toshkent‎ shahri‎ 0,3‎ —‎ 1,0‎
O‘zbekiston Respublikasi
‎bo‘yicha jami‎
0,39‎ 0,65‎ 3,6‎

(foizlarda)‎

Eslatma: Ko‘p qavatli uy-joylardagi xususiylashtirilgan kvartiralar uchun tarif stavkasi sug‘urta pulining 0,3 foizi miqdorida belgilansin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga
3-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan normativ hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining SSSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish to‘g‘risida” 1981-yil 2-sentabrdagi 961 -son qarori yuzasidan 1981-yil 19-oktabrdagi 832-son qarori.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish to‘g‘risida” 1981-yil 2-oktabrdagi 961-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 19-oktabrdagi 832-son qaroriga qisman o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1985-yil 16-oktabrdagi 519-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Imoratlarni baholash uchun baholash normalariga tuzatishlar koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1986-yil 21-noyabrdagi 564-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-martdagi 72-f-son farmoyishi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to‘plami, 1993-y., 12-son, 45-modda)