Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh (“DAVARXITEKTQURILISh”) QOʻMITASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qoʻmitasi tugatilib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-noyabrdagi 294-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 46-son, 499-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi markazi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq hamda butun tizim xodimlarining soni 581 nafardan, shu jumladan, markaziy apparat xodimlari soni 75 nafardan iborat qilib 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy organlarning xodimlarini saqlashga mablagʻlar mahalliy budjetlardan ajratiladi.
* 3, 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zarur boʻlgan mehnatga haq toʻlash fondini belgilasin, shuningdek, qoʻmita markaziy apparati uchun 4 ta yengil avtomashinani saqlashga limit ajratsin.
4. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
berilgan vakolatlar doirasida normativ-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
respublikaning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalash-qurilish hamda ekspertiza faoliyatini litsenziyadan oʻtkazish;
arxitektura va qurilish sohasida muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar tuzish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlarini va boshqa muassasalarni, shuningdek, ayrim olimlarni va yirik mutaxassislarni jalb etish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ikki hafta muddatda:
arxitektura va shaharsozlik viloyat, Toshkent shahar bosh boshqarmalari, shahar (tuman) boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin; arxitektura va shaharsozlik viloyat, Toshkent shahar bosh boshqarmalari, shahar (tuman) boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin;
Davlat qoʻmitasining yangi vazifalarini va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda u toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini, shuningdek, qoʻmitaning ishlab turgan ilmiy-tadqiqot muassasalarini qayta tashkil etish boʻyicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1993-yilning 1-noyabrigacha respublika hududidagi idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar loyiha-qidiruv tashkilotlari tarmoqlarining eng maqbul tuzilmasi, ularni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida takliflarni tayyorlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Toshkent shahar Abay koʻchasidagi 6-uyga joylashtirilsin.
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 2-apreldagi 171-son, 1988-yil 29-yanvardagi 41-son, 1989-yil 23-yanvardagi 31-son, 1990-yil 3-yanvardagi 3-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning bajarilishi 1993-yil noyabr oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
441-son