|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA ULARNING BAʼZILARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
436-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga
1-ILOVA
1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1 . Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 23-fevraldagi 131-son qarori (OʻzSSR QT, 1952 i, 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR davlat tabiat yodgorliklari toʻgʻrisidagi Nizom.
2 . Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 3-avgustdagi 270-son qarori (OʻzSSR QT, 1988 i, 8-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR suv omborlarining suvni muhofaza qilish doiralari (zonalari) toʻgʻrisidagi Nizom
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (OʻzSSR QT, 1982 i., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Davlat korxonalarining qoʻriqlash zonalari toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandidagi “cheklanmagan ravishda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y, 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRda yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlashning sanitar zonalari toʻgʻrisidagi Nizomning:
2-bandidagi “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Sovetining qarori va oblast ijroiya komitetlarining qarorlari bilan, Oʻzbekiston SSR Oʻrmon xoʻjaligi ministrligining ilmiy asoslangan taqdimnomasiga koʻra” soʻzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining ilmiy asoslangan taqdimnomalariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi va hokimiyat organlarining qarorlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “Oʻzbekiston SSR Oʻrmon xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 31-martdagi 155-son qarori (OʻzSSR QT, 1990-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 7-bandining “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin: “suvni muhofaza qilish doiralari (tegralari) ni joylashtirish masalalarini belgilangan tartibda kelishib oladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-apreldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan Baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish “Oʻzbaliq” konserni Ustavi 1-bandining toʻrtinchi xatboshi “tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda baliq xoʻjaliklari tegralarining muhofaza qilinishini taʼminlaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1993-y., 8-son, 33-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 459-modda)