|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.02.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI VA
TAShKILOTLARINING BUDJET BILAN HISOB-KITOB QILIShI
TARTIBINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
TAShKILOTLARINING BUDJET BILAN HISOB-KITOB QILIShI
TARTIBINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1993-yil 7-maydagi 856-XII-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-sentabrdan boshlab:
respublika korxonalari va tashkilotlarining joʻnatilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun isteʼmolchi (buyurtmachi) ning haq toʻlashiga qarab budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibi;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun Daromadlarga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan foizlarda 25 foiz miqdorida belgilansin.
2. Moliya vazirligining yangi tashkil etilgan “Oʻztadbirkorbank” ni 1993—1995-yillarda olingan daromadlardan budjetga soliq toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Moliya vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi yoʻriqnoma-normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar va ularni barcha soliq toʻlovchilarga yetkazsinlar.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 18-avgust,
420-son