Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ahborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, № 4, 177-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qismi “huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan” degan soʻzlardan keyin Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xalqaro toʻlovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni taʼminlashdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chet el valyutasi tushumidan olinadigan soliq”;
oxirgi qism chiqarib tashlansin.
1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2, 3 va 4-bandlari chiqarib tashlansin;
5, 6, 7-bandlari tegishli ravishda 2, 3, 4-bandlar deb hisoblansin.
“e)” bandchasi “Afgʻoniston faxriylarining ittifoqi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan, “Navroʻz” degan soʻzdan keyin “Ekosan” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
“o)” bandchasi “Qizil yarim oy jamiyatining” degan soʻzlardan keyin “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan “Jamiyatning” degan soʻzdan keyin “hamda jamgʻarmaning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “r”, “s”, “t” bandchalar bilan toʻldirilsin:
r) “arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni taʼmirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan pulli xizmatlar koʻrsatishdan keladigan daromadlar;
s) reja boʻyicha qilingan xarajatlarning oʻz daromadlari bilan taʼminlanmagan qismini qoplash uchun budjetdan dotatsiya oluvchi korxonalar;
t) Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi pochta xizmati korxonalarining daromadlari”.
uchinchi xatboshisidan “oziq-ovqat, binokorlik materiallari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korxonalarning avvalgi tegishli hisobot davriga nisbatan xalq isteʼmoli mollari va dori-darmonlar ishlab chiqarish fizik hajmlarini oshirganligi hisobiga olgan daromadi summasiga;”
5. 16-modda ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
23-bandi “aholining buyurtmalari asosida uy-joyni taʼmir etish va qurish xizmatlari va korxonalarning aholiga xizmatlari;” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
25-bandining oxiri “davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarining maxsulotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Qizil Yarim oy jamiyati” degan soʻzlardan keyin “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Jamiyatning” degan soʻzdan keyin “hamda jamgʻarmaning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
modda quyidagi mazmundagi 31-34-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31) eksport qilinadigan mollar (ishlar, xizmatlar);
32) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlari;
33) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi kinostudiyalari, kinoprokati va kinotarmogʻining mahsulotlari va xizmatlari;
34) arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni taʼmirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar”.
7. Qonun IV-1 bob bilan toʻldirilsin:
“IV-1 BOB. ChET EL VALYUTASI TUShUMIDAN OLINADIGAN SOLIQ
24-1-modda. Soliq toʻlovchilar
Ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan, mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan jamoa va davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga oid boshqa korxonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadilar.
24-2-modda. Soliq solish obyekti
Mahsulotlarni, boshqa doimiy boyliklarni chet el valyutasida sotishdan, (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan) tushgan hamda sotuvdan boʻlak chet el valyutasidagi operatsiyalar natijalarida olingan tushum soliq solish obyekti hisoblanadi.
24-3-modda. Soliq stavkalari, soliq toʻlash va uni hisobga oʻtkazish tartibi
Soliq stavkalarini, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblab chiqarish, toʻlash hamda Respublika valyuta fondiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar valyuta fondlari hisobiga oʻtkazish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
24-4-modda. Soliq imtiyozlari
Chet el valyutasidagi tushum, xususan:
xayriya maqsadlarida iona yoʻsinida tushgan chet el valyutasidagi mablagʻlardan, bu mablagʻlar moʻljallangan maqsadlarga ishlatilgan taqdirda;
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning aksiyalari brokerlik oʻrinlari, qimmatli qogʻozlari haqini toʻlashdan ustav kapitaliga tushgan omonatdan;
valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi mablagʻlaridan soliq olinmaydi”.
“g)” bandchasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular taʼsis etgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablagʻlar jamgʻarma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;”
9. 39-modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan), sotuvdan boʻlak operatsiyalar natijasida, shuningdek oʻzga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum Oʻzbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga oʻtkazilishi shart, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzgacha yoʻl tutishga ruxsat bermagan boʻlsa.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
856-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 6-son, 240-modda)