Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ASOSIY QIYMAT VA MODDIY BALANSLARNI TASDIQLASh TARTIBI VA MUDDATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini asoslash darajasini oshirish, iqtisodiyotning muvozanatliligini koʻtarish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Asosiy qiymat va moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini va respublika Davlat budjetini shakllantirishning majburiy tarkibiy qismi deb hisoblansin.
Belgilansinki, tasdiqlangan balanslarni bajarish asosiy prognoz parametrlariga erishishni taʼminlash ustidan joriy nazorat qilish va makroiqtisodiy mutanosibliklar va koʻrsatkichlar oʻzgarishi tamoyillarini baholashning muhim vositasi hisoblanadi.
2. Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi tarkibida vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va hududiy boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan balanslar va yigʻma makroiqtisodiy parametrlar roʻyxati, ularni tasdiqlash tartibi va muddatlari 1, 1.1 va 1.2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1, 1.1, 1.2, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Asosiy qiymat va moddiy balanslarni ishlab chiqish uchun boshlangʻich materiallarni taqdim etish tartibi va muddatlari 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, birlashmalar va korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarga keyinchalik umumlashtirish, oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga axborot berish uchun 1, 1.1 va 1.2-ilovalarda koʻrsatilgan muddatlarda balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-avgust,
355-son