1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.03.00 Avariyalar va tabiiy ofatlar vaqtida zararlangan shaxslarga imtiyozlar va kompensatsiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning transportdan imtiyozli shartlarda foydalanish huquqlarini amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.01 Nogironlarga kompensatsiya toʻlovlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.04.00 Avtomobil, temir yoʻl va daryo transporti, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik]
1. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki Ulugʻ Vatan urushi nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun imtiyozli yoʻl haqi huquqlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitimni (Moskva, 1993-yil 12-mart) (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolagan davlatlar hududi boʻylab harakatlanish uchun quyidagi shaxslarga bir kalendar yilda bir marotaba (borish va qaytish) transportdan imtiyozli shartlarda foydalanish huquqi taqdim etiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
a) 1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga temir yoʻl transportidan, Sovet Ittifoqi Qahramonlari, “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan bepul foydalanish;
b) yoʻl haqini toʻlash boʻyicha 50 foiz chegirma asosida transportdan foydalanish:
1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironi boʻlgan shaxslarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga havo yoʻlovchi transporti va shaharlararo avtobuslardan;
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironi boʻlgan shaxslar yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya]
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
sobiq SSSR Ittifoqini himoya qilish paytida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya yoki mayib boʻlish oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va turmush oʻrtoqlariga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish uchun yiliga ikki marta temir yoʻl va havo yoʻlovchi transportidan bepul foydalanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
b) Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan Sovet Ittifoqi Qahramonlari va “Slavam ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslarga tenglashtirilgan holda temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan bepul foydalanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.03.00 Ijtimoiy himoya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha bitimlar]
Bunda mazkur qaror qabul qilingunga qadar ushbu toifadagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qaroriga muvofiq hamma turdagi shahar yoʻlovchi tashish transportlarida (taksidan tashqari), oʻzi yashab turgan maʼmuriy nohiya doirasidagi qishloq joylardagi umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida, shuningdek, shahar atrofiga qatnaydigan temir yoʻl transportida, shahardan tashqaridagi marshrutlarda qatnaydigan avtobuslarda bepul yurishi, yiliga bir marta (borish va kelish) temir yoʻlda bepul yurishi, temir yoʻli boʻlmagan nohiyalarda esa havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportlarida birinchi navbatda chiptalar sotib olish huquqi bilan yurishi belgilangan boʻlsada, amalda Bitimda nazarda tutilgan talon asosida temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslardan bepul foydalanib kelgani inobatga olinsin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
ushbu qarorda nazarda tutilgan shaxslarga taqdim etiladigan imtiyozli transport yoʻl chiptalari xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
ushbu qarorda nazarda tutilayotgan shaxslarning transportdan imtiyozli foydalanish huquqi mavjudligi ularning yoki qonuniy vakillarining transportdan imtiyozli foydalanish toʻgʻrisidagi murojaatiga muvofiq “Yagona milliy ijtimoiy” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) orqali aniqlanadi.
4. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslarga tenglashtirilgan shaxslar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2026-yil 1-oktabrga qadar “YAMIH” ATda quyidagi imkoniyatlarni yaratsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
mazkur qarorda nazarda tutilgan transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
kalendar yil davomida transportdan imtiyozli foydalangan yoki foydalanmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar hamda avtostansiya va avtovokzallarning shaxsning transportdan imtiyozli foydalanish huquqi mavjudligi yoki mavjud emasligi, shuningdek, shaxs kalendar yil davomida mazkur huquqdan foydalangan yoki foydalanmaganiga oid elektron soʻrovlariga asosan tegishli maʼlumotlarni avtomatik ravishda taqdim etish;
transportdan imtiyozli foydalangan shaxslar toʻgʻrisidagi tahliliy, statistik maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlarini yaratish.
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) va Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati 2026-yil 1-oktabrga qadar oʻzlarining tegishli axborot tizimlarida ushbu qarorda koʻrsatilgan toifadagi shaxslar va ularning transportdan imtiyozli foydalanish doirasidagi maʼlumotlari yuritiladigan elektron bazasini yaratsin hamda “YAMIH” ATga integratsiya qilinishini taʼminlasin. Bunda imtiyozdan foydalanish huquqi vujudga kelgan yoki uni yoʻqotgan shaxslar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni uzluksiz avtomatik tarzda taqdim etib borilishi inobatga olinsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
b) Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar hamda avtostansiya va avtovokzallarning “YAMIH” AT orqali yuborilgan elektron soʻrovlariga asosan shaxslarning transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega yoki ega emasligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarni avtomatik ravishda taqdim etib borsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
v) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar hamda avtostansiya va avtovokzallar transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega shaxslar va ularga rasmiylashtirilgan chiptalar haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda “YAMIH” ATga taqdim etib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya]
Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar hamda avtostansiya va avtovokzallar tomonidan mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlarni taqdim etib borilishini nazorat qilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
7. Mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
8. Transport vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali quyidagi imkoniyatlarni yaratgan holda, transportdan imtiyozli foydalanish uchun chiptalarni bepul yoki chegirma asosida xarid qilish tartibini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
ushbu qarorda koʻrsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali bepul yoki imtiyozli chipta xarid qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
bepul yoki imtiyozli asosda xarid qilingan chiptalar boʻyicha toʻlovlarni mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan tegishli transport tashkilotlariga real vaqt rejimida oʻtkazish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
9. Transport vazirligi 2026-yil 1-oktabrga qadar “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda avtostansiya va avtovokzallar tomonidan ularning kassalari hamda axborot tizimlarini “Ijtimoiy karta” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Transport vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-avgust,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qaroriga 1-ILOVA
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanishtartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
1. Ushbu Nizom 1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga temir yoʻl, havo va shaharlararo avtobus transportidan imtiyozli asoslarda foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bitim — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari oʻrtasida imzolangan Ulugʻ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun imtiyozli yoʻl haqi huquqlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitim (Moskva, 1993-yil 12-mart);
hamrohlik qiluvchi shaxs — 1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironi boʻlgan shaxsga yoki unga tenglashtirilgan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxs.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.05.00 Chet el fuqarolarining huquqiy holati]
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.04.00 Avtomobil, temir yoʻl va daryo transporti, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik]
4. Quyidagi toifadagi shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxs) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Bitimni imzolagan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishi uchun tanloviga koʻra bir kalendar yilda bir marotaba (borish va qaytish) bepul yoki chegirma asosida transport yoʻl chiptalari taqdim etiladi:
a) bepul asosda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.04.00 Avtomobil, temir yoʻl va daryo transporti, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik]
1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga temir yoʻl transportidan, Sovet Ittifoqi Qahramonlari, “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobusda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish uchun yiliga ikki marta temir yoʻl va havo yoʻlovchi transportidan bepul foydalanadi;
b) 50 foiz chegirma asosida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga havo yoʻlovchi transporti va shaharlararo avtobuslarda;
1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga havo yoʻlovchi transporti va shaharlararo avtobuslarda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironi boʻlgan shaxslar yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transportida hamda shaharlararo avtobuslarda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslarda;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslarda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
sobiq SSSR Ittifoqini himoya qilish paytida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya yoki mayib boʻlish oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va turmush oʻrtoqlariga temir yoʻl va havo yoʻlovchi transporti hamda shaharlararo avtobuslarda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning tanloviga koʻra bir kalendar yilda bir marotaba borish va qaytish yoʻl chiptalari uchun oldingi va joriy yilda foydalanilmagan 50 foiz chegirmalar oʻrniga har ikki kalendar yilda bir marotaba imtiyozli asosda foydalanishi belgilangan transportda borish va qaytishga bepul yoʻl chiptasi taqdim etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Imtiyozli toifadagi shaxs yoki uning qonuniy vakili transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun tegishlicha “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalarga (keyingi oʻrinlarda — transport tashkiloti) shaxsni tasdiqlovchi hujjatni yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasidagi shaxsni tasdiqlovchi raqamli hujjatni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bunda imtiyozli toifadagi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptasini rasmiylashtirish yoki undan foydalanish vaqtida amal qilish muddati tugamagan boʻlishi lozim.
Amal qilish muddati tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
6. Imtiyozli toifadagi shaxslar transportdan imtiyozli asosda foydalanish maqsadida istalgan vaqtda murojaat qilish huquqiga ega.
7. Imtiyozli toifadagi shaxslarga transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun transport yoʻl chiptalari mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini berish hamda ularning hisobini yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
8. Imtiyozli toifadagi shaxslarning transportdan imtiyozli asosda foydalanishini uzluksiz taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) va Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) oʻzlarining tegishli axborot tizimlarida imtiyozli toifadagi shaxslar va ularning transportdan imtiyozli foydalanish doirasidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
Vazirlik va idoralar oʻzlarining elektron bazalarida imtiyozli toifadagi shaxslarning transportdan imtiyozli asosda foydalanish huquqini, shuningdek, ularning ushbu huquqi vujudga kelganligi yoki uni yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi)ning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT)ga uzluksiz avtomatik tarzda taqdim etib boradi.
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning nogironligiga oid maʼlumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining “YAMIH” ATda yuritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
9. Imtiyozli toifadagi shaxslar yoki ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalari “YAMIH” ATdagi mavjud maʼlumotlar asosida quyidagi transport tashkilotlari tomonidan beriladi:
havo transporti boʻyicha “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, boshqa rezident aviakompaniyalarning vakolatli boʻlinmalari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
temir yoʻl transporti boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari;
shaharlararo avtobuslar boʻyicha avtovokzal va avtostansiyalar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bunda imtiyozli toifadagi shaxsning transportdan imtiyozli foydalanish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotlar “YAMIH” ATda aniqlanmagan hollarda, mazkur shaxs tomonidan qoʻshimcha ravishda ushbu huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
10. 1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironi boʻlgan shaxs yoki unga tenglashtirilgan shaxs tomonidan yoʻl chiptalarini olish uchun transport tashkilotlariga tashrif buyurganida, oʻziga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun transport tashkilotiga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
11. Transport tashkilotlari transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptasini olishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning imtiyozli shaxslar toifasiga kirishi yoki kirmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “YAMIH” ATga real vaqt rejimida soʻrov yuborish orqali aniqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
12. Transport tashkilotlari “YAMIH” ATdan olingan hamda 1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironi boʻlgan shaxs yoki unga tenglashtirilgan shaxslarning oʻzlariga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptasini taqdim etadi. Bunda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.03 Aviatsiya]
“Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalarning vakolatli boʻlinmalari havo transportidan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini tejamkor “ekonom” toifasi boʻyicha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari temir yoʻl transportidan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning xohishiga koʻra shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdlar, shu jumladan, yuqori tezlikda va tezyurar poyezdlar tarkibida harakatlanuvchi yoʻlovchi vagonlar uchun tejamkor “ekonom”, platskarta yoki kupe toifasi boʻyicha rasmiylashtiradi.
Imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning xohishiga koʻra qoʻshimcha toʻlov asosida tegishli transport vositalari boʻyicha tejamkor “ekonom” toifasiga kirmaydigan boshqa yoʻl chiptalari rasmiylashtirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
13. Transport tashkilotlari imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsga transport yoʻl chiptalarini taqdim etishda ushbu shaxslar joriy kalendar yilda transportdan imtiyozli asosda foydalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “YAMIH” ATga soʻrov yuborish orqali tekshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs joriy kalendar yilida borish va qaytish imtiyozli yoʻl chiptasidan, shu jumladan, har ikki yilda bir marotaba borish va qaytish uchun bepul yoʻl chiptasidan foydalanganligi aniqlangan hollarda imtiyozli yoʻl chiptasini berish rad etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
14. Transport tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan, biroq texnik, tabiiy yoki boshqa sabablarga koʻra imtiyozli yoʻl chiptalaridan foydalanilmagan hollarda, mazkur yoʻl chiptalari imtiyozli toifadagi shaxsga yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsga taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bunda imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs imtiyozli asosdagi transport yoʻl chiptalarini qatnov reysi toʻxtatilgan sanadan boshlab bir hafta muddat ichida imtiyozli asosdagi transport yoʻl chiptasini taqdim etgan tegishli transport tashkilotiga qaytarishi lozim.
Transport yoʻl chiptasi uni taqdim etgan transport tashkilotiga belgilangan muddat ichida qaytarilmagan hollarda transport yoʻl chiptasi imtiyozli toifadagi shaxsga yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsga taqdim etilgan deb qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning xohishiga koʻra transportdan imtiyozli ravishda foydalanish uchun taqdim etilgan imtiyozli yoʻl chiptasini boshqa sanadagi qatnov reysiga koʻchirishni soʻrab imtiyozli yoʻl chiptasini taqdim etgan transport tashkilotiga murojaat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Transport tashkilotlari imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsning murojaatiga koʻra transportdan imtiyozli foydalanish uchun imtiyozli yoʻl chiptasini taqdim etish choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Transport tashkilotlari imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsga imtiyozli yoʻl chiptasini taqdim etganidan soʻng yoʻl chiptasi va chipta taqdim etilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimida qayd etgan holda, shu vaqtning oʻzida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “YAMIH” ATga yuboradi.
15. Transport tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslarga taqdim etilgan imtiyozli asosdagi transport yoʻl chiptalarining elektron reyestri (hisobi) yuritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Bunda mazkur elektron reyestrda har bir imtiyozli toifadagi shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlari va imtiyozli toifa turi kesimida rasmiylashtirilgan imtiyozli yoʻl chiptalarining rekvizitlari, qatnov reysi, yoʻnalish qaydnomalari, yoʻlovchi tashishning amaldagi va imtiyozli qiymatlari hamda boshqa maʼlumotlar yuritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Transport tashkilotlari imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan imtiyozli asosdagi transport yoʻl chiptasi qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimida qayd etgan holda shu vaqtning oʻzida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “YAMIH” ATga yuboradi.
3-bob. Transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalari xarajatlarini qoplash
16. Imtiyozli toifadagi shaxslarning transportdan imtiyozli asosda foydalanishi uchun yoʻl chiptalari bilan taʼminlash xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar]
17. Transport tashkilotlari har oyning yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar mazkur Nizomga muvofiq transportdan imtiyozli asosda foydalangan imtiyozli toifadagi shaxslar, ularga taqdim etilgan yoʻl chiptalarining nusxalari, yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek, zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda, yoʻlovchi tashishning amaldagi va imtiyozli qiymati koʻrsatilib rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etadi.
18. Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, oʻn ish kuni ichida zarur mablagʻlarni tegishli transport tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
19. Ijtimoiy himoya milliy agentligi imtiyozli toifadagi shaxslarga transportdan imtiyozli asoslarda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini taqdim etuvchi transport tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari binolarida hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taʼminlaydi.
20. Imtiyozli toifadagi shaxslarga transportdan imtiyozli asosda foydalanish uchun yoʻl chiptalarini oʻz vaqtida va maqsadli berilishini taʼminlash yuzasidan masʼuliyat va javobgarlik ushbu Nizomga muvofiq transport tashkilotlarining rahbarlari va masʼul xodimlari zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
21. Imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs transport tashkilotlari tomonidan imtiyozli yoʻl chiptasi berilishi rad etilishidan norozi boʻlgan taqdirda, transport tashkilotlarining bevosita yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
22. Mazkur Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan, budjet mablagʻlari sarflanishining asoslanganligi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilib boriladi.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Imtiyozli toifadagi shaxslarga transportdan imtiyozli asosda yoʻl chiptalarini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Imtiyozli asoslarda transport yoʻl chiptalarini taqdim etuvchi “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalar (keyingi oʻrinlarda — transport tashkilotlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boradi.
Doimiy
2-bosqich
Imtiyozli toifadagi shaxs
Tanloviga koʻra tegishliligi boʻyicha transport tashkilotlarining biriga murojaat qiladi.
Bir yilda yoki ikki yilda bir marta
3-bosqich
Transport tashkilotlari
“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron soʻrov yuborish orqali quyidagilarni aniqlaydi:
murojaat qilgan shaxs imtiyozli toifadagi shaxslar doirasiga kirishi yoki kirmasligi;
Murojaat qilingan vaqtda
imtiyozli toifadagi shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs kalendar yilda bepul yoki imtiyozli yoʻl chiptasidan foydalangani.
Murojaat qilgan vaqtda
4-bosqich
Transport tashkilotlari
1. Murojaat qilgan shaxs imtiyozli toifadagi shaxslar toifasiga kirishi aniqlanganida imtiyozli transport yoʻl chiptasini taqdim etadi, aniqlanmagan taqdirda, yoʻl chiptasini taqdim etishni rad etadi.
Murojaat qilgan vaqtda
2. Imtiyozli shartlarda transport vositalaridan foydalangan imtiyozli toifadagi shaxslar, ularga taqdim etilgan bepul yoki imtiyozli shartlardagi yoʻl chiptalarining nusxalari, yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek, zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda, yoʻlovchi tashishning amaldagi va imtiyozli qiymati koʻrsatilib rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etadi.
Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar
5-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali tegishli transport tashkilotlarining tijorat bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
10 ish kuni ichida
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qaroriga 2-ILOVA
1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslarga tenglashtirilgan shaxslar
ROʻYXATI
1. Sobiq SSSRni qoʻriqlashda yoki boshqa harbiy majburiyatlarni bajarishda, frontda yoki fuqarolik urushi partizan otryadlarida boʻlishda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish natijasida nogiron boʻlgan harbiy xizmatchilar.
2. Sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizlik qoʻmitasi organlarining boshliq hamda oddiy tarkibidan boʻlib, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya olish yoki mayib boʻlish oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar.
3. 1944-yil 1-yanvardan 1951-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda sobiq Ukraina SSR, Belarus SSR, Litva SSR, Latviya SSR, Estoniya SSR hududida qiruvchi batalyonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron boʻlgan shaxslar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan urush qatnashchilari uchun oʻrnatilgan imtiyozlar qoʻllanilishi belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qaroriga 3-ILOVA
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar
ROʻYXATI
1. Sobiq SSSRni qoʻriqlash boʻyicha harbiy operatsiyalarda va fuqarolik urushi harbiy harakatlarida qatnashgan harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar va sobiq partizanlar.
2. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida amaldagi armiya tarkibidagi harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan sobiq SSSR Armiyasi, Harbiy-Dengiz Floti, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlarining xodimlari, shuningdek, ushbu davrda mudofaada ishtirok etish imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun xizmat muddatiga qoʻshiladigan shaharlarda boʻlgan shaxslar.
3. Sobiq SSSR mudofaasi yoki boshqa harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaralanish, kontuziya yoki mayib boʻlish oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va beva turmush oʻrtoqlari.
4. 1941 — 1945-yillardagi sobiq Leningrad shahrining korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan fuqarolar.
5. Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashib yaralangan, kontuziya olgan yoki mayib boʻlgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilar.
6. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida fashistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan tashkil etilgan konslagerlar, gettolar va boshqa majburiy saqlash joylarida ushlab turilgan voyaga yetmagan sobiq mahbuslar.
7. Antifashistik qarshilik harakati qatnashchilari.
8. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida frontning operativ hududlari manfaatlari yoʻlida vazifalarni bajargan maxsus tuzilmalarning sobiq xodimlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan urush qatnashchilari uchun oʻrnatilgan imtiyozlar qoʻllanilishi belgilangan shaxslar toifasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi PQ-274-son “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori.
10. Jangovar harakatlar va qurolli mojarolar olib borilayotgan davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va boshqa tashkilotlari xavfsizligini taʼminlash jarayonida yaralangan, kontuziya olgan yoki mayib boʻlgan harbiy xizmatchilar.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul yoki imtiyozli chiptani olish huquqiga ega boʻlgan shaxsning idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) olingan maʼlumotlarga asosan bepul yoki imtiyozli chiptaga boʻlgan huquqi aniqlanmagan hollarda, ushbu shaxs yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan bepul yoki imtiyozli chipta rasmiylashtirish huquqini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi mumkin”;
“b) Vazirlar Mahkamasining “1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslarga transportdan imtiyozli foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida” 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarorida belgilangan 1941 — 1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
v) Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxslar”;
45-banddagi “, talonli” soʻzi chiqarib tashlansin;
“152. Temir yoʻl transportida chiptalar yoʻlovchilarga toʻliq qiymatda sotiladi, qonunchilik hujjatlari bilan poyezdda imtiyozli yurish belgilangan fuqarolar bundan mustasno.
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab temir yoʻl transportidan yiliga ikki marta bepul foydalanish huquqi taqdim etilgan.
Temir yoʻllarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urushda I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxslarga;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, ularni kuzatuvchi shaxsga;
1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga.
Temir yoʻllarda chiptaning toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga berilgan:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga;
Sobiq SSSR Ittifoqini himoya qilish paytida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanish, kontuziya yoki mayib boʻlish oqibatida, yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va turmush oʻrtoqlariga.
Temir yoʻllarda chipta toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga koʻra ikki yilda bir marta ikki yillik (oldingi va joriy yil uchun) foydalanilmagan chegirmalar oʻrniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) huquqi taqdim qilinadi. Bu holda toʻgʻri yoʻnalishda bunday yurish “borish” ikki yillik chegirma oʻrniga, qaytishga esa — “kelish” ikki yillik chegirma oʻrniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 1941 — 1945-yillardagi urushda III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar hamda 1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi shaxsga ham tatbiq etiladi.
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning vakolatli boʻlinmalari tomonidan bepul yoki imtiyozli chipta olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Axborot tizimidan olinadi.
1941 — 1945-yillardagi urushda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib kelayotgan shaxslarga (bittadan koʻp boʻlmagan kuzatuvchiga), yiliga bir marta (borish va kelishga) chiptaning toʻliq qiymatidan ellik foiz chegirma beriladi. Kuzatuvchi shaxsga chipta rasmiylashtirilayotganda faqat joriy yil uchun belgilangan chegirma qabul qilinadi. Oʻtgan va keyingi yil uchun chegirma hisobga qabul qilinmaydi.
Axborot tizimida bepul yoki chegirma olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda bepul yoki imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga bepul yoki imtiyozli chipta olish huquqini beruvchi “urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxs guvohnomasi”, “urush qatnashchisi guvohnomasi” yoki “imtiyozga huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi” taqdim qilinishi kerak.
“Faxriy temiryoʻlchi” nishoni bilan taqdirlangan temir yoʻl transporti xodimlari yil mobaynida MDH boʻylab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) egadir, buning uchun xizmat guvohnomasi va yozib berilgan temir yoʻl chiptasi taqdim qilinishi zarur.
10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta boʻyicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:
a) harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km gacha boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15 foiz;
b) harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30 foiz.
Ekskursiyaga guruh bilan poyezdda yurish qiymatini naqd pul va toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha toʻlashga ruxsat etiladi.
Oʻquvchilarning shaharlararo qatnovchi poyezdlarda va ichki temir yoʻl aloqalarida qatnovchi yoʻlovchi tashish poyezdlarida yolgʻiz yurganda chipta kassalari belgilangan tartibdagi imtiyozli chiptalarni, ularda taqdim qilingan hujjatlar raqamini, zarur hollarda — belgilangan shakldagi qoʻshimcha toʻlovlar kvitansiyasini koʻrsatib beradi.
Imtiyozli chiptalar bilan poyezdda yurayotgan shaxslar, vagonga oʻtirayotganlarida va poyezdda yurish vaqtida, kuzatuvchilar va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan chipta sotib olingan hujjatini taqdim qilishi shart.
Imtiyozli chiptalarni tekshirishda tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan yoʻlovchilar chiptasiz deb hisoblanadilar va belgilangan miqdorda jarimaga tortiladilar. Bundan tashqari, ulardan chiptalar berilgan stansiyadan manzil stansiyasigacha chipta qiymatining farqi (imtiyozli va toʻliq tarif oʻrtasidagi) undiriladi.
Imtiyozli tarif boʻyicha chiptalar notoʻgʻri berilgan har bir holat toʻgʻrisida nazorat qiluvchi shaxslar dalolatnoma tuzishlari va uni choralar koʻrish uchun tashuvchi rahbariyatiga joʻnatishlari shart”;
“a) mazkur Nizomning 152-bandida nazarda tutilgan shaxslar boʻyicha”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qarorida:
“hududlardan respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelish va ketishni taʼminlovchi vaucher shakli va uni rasmiylashtirish tartibi, tibbiyot tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan vaucherlar asosida rasmiylashtirilgan yoʻl chiptalari hisobotini umumlashtirish tartibini nazarda tutuvchi Onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq”;
b) 8-banddagi “bemorlarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi” soʻzlari “bemorlar va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bepul keluvchi bemorlar” soʻzlari “bemor va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl hamda aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”;
“1. Ushbu Nizom onkologik va gematologik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl va aviatransport vositalari orqali kelishi va ketishi bilan bogʻliq xarajatlarni tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Onkologik va gematologik bemorlarga onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — respublika bosh tibbiyot tashkilotlari) davolanishi uchun ushbu tibbiyot tashkilotlarining hududiy filiallari, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot tashkilotlari) tomonidan imtiyozli yoʻllanma berilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali kelish va ketishi tibbiyot tashkilotlari tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi xulosa berilgan taqdirda amalga oshiriladi:
bemorga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligi;
bemor sogʻligʻining holati uni temir yoʻl yoki aviatransport vositalaridan foydalanish mumkinligi.
Bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning respublika bosh tibbiyot tashkilotlari temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali kelish va ketishi bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi”;
2-bobning matnidagi “kelishni” soʻzi “kelish va ketishni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Onkologik va gematologik bemorlar va va unga hamrohlik qiluvchi shaxslar respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga tibbiyot tashkilotlari tomonidan davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanma va xulosa bilan birgalikda majburiy tarzda hududlardan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan (keyingi oʻrinlarda — hududlardan) temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishi va ketishi uchun maxsus vaucher (keyingi oʻrinlarda — vaucher) rasmiylashtiriladi”;
4-banddagi “kelishini” soʻzi “kelishini va ketishini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Agar bemor yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs temir yoʻl va (yoki) aviatransport kassalariga mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatdan kech murojaat qilgan taqdirda, transport tashkiloti ushbu bemor va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning Toshkent shahriga kelishi va ketishi uchun zarur boʻlgan kunga yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga agar ushbu yoʻnalishda yoʻl chiptalari qolmagan boʻlsa, majbur hisoblanmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-iyuldagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshisi “N 90 — 90.8 boʻlgan II guruh” soʻzlaridan keyin “yoki Q16” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Ushbu bandga muvofiq sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sana sifatida mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan sugʻurtalangan shaxsning ishdan ozod etiladigan davr boshlanadigan kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilganda homiladorlik va tugʻish taʼtili uzaytirish holatlari bundan mustasno) inobatga olinadi”;
“v) homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan oydan oldingi oxirgi olti oy davomida uzluksiz sugʻurta staji mavjud boʻlsa. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar saqlangan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sugʻurtalangan shaxsga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar toʻlanmagan oylar hamda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida belgilangan olti oylik sugʻurta stajining uzilishiga sabab boʻlmaydi”;
“I va II guruh nogironligi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga, shuningdek, qaramogʻida 18 yoshga toʻlmagan toʻrt yoki undan ortiq farzandi boʻlgan yoxud qaramogʻida nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilgan holda hisoblanadi. Bunda sugʻurtalangan shaxs ushbu bandda nazarda tutilgan bir nechta toifaga toʻgʻri kelsa, unga nisbatan faqat bitta toifa boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi”;
26-bandning toʻrtinchi xatboshisi “oʻn ikki oydan kam boʻlsa,” soʻzlaridan keyin “nafaqa tayinlanadigan oydan oldingi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
28-bandning birinchi xatboshisi “takroriy nafaqa tayinlash zaruriyati vujudga kelganda,” soʻzlaridan keyin “unga nisbatan mazkur Nizom 7-bandining “v” kichik bandida nazarda tutilgan olti oy davomidagi uzluksiz sugʻurta staji mavjud boʻlishi boʻyicha talab tatbiq etilmaydi hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki yoxud undan ortiq bola tugʻilganda homiladorlik va tugʻish taʼtilini uzaytirish uchun rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqani hisoblash uchun sugʻurtalangan shaxsga oxirgi homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqani hisoblashda aniqlangan koʻrsatkichlar va sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sana qoʻllaniladi”;
“31. Sugʻurtalangan shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi miqdori nafaqa tayinlash va uning miqdorini hisoblash davrida amalda boʻlgan MHTEKMning bir baravari va undan koʻp boʻlgan taqdirda, bir oy sugʻurta staji, bir baravarigacha boʻlgan taqdirda esa yarim oy sugʻurta staji hisoblanadi”.
Izoh. Mazkur ilovaning 4-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)