|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.10.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMTIYOZLI SHARTLARDA PENSIYAGA CHIQISH HUQUQINI BERUVCHI ISHLAB CHIQARISHLAR, MUASSASALAR, ISHLAR, KASBLAR, LAVOZIMLAR VA KOʻRSATKICHLARNING ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-sonli “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi ilova qilinayotgan roʻyxatlar tasdiqlansin:
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-roʻyxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2- roʻyxati*;
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 3-roʻyxati*.
Qarang: “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2337, 12.03.2012-y.).
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2-roʻyxatning 1-qismi va 3-roʻyxatning 1-qismi ish oʻrnini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tatbiq etiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, korxonalarda imtiyozli pensiya taʼminoti boʻyicha roʻyxatlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi amalga oshiradilar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yoshi boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar Roʻyxatini tatbiq qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar berish, shuningdek, kelishgan holda ushbu Roʻyxatga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1994-yilning 1-iyunigacha imtiyozli pensiya taʼminoti haqidagi normativ hujjatlar toʻplamining nashr etilishini taʼminlasin.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻplamning nashr qilinishi uchun kerakli mablagʻlarni izlab topsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-may,
250-son