QIShLOQ XOʻJALIGINI ISLOH QILIShGA OID QONUN HUJJATLARIGA MUVOFIQ QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVLARI (ShIRKAT XOʻJALIKLARI) TUZISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, 1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini taʼminlash, qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni tashkil etish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1998—2000-yillardagi davrda Qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 18-martdagi PF-1973-son Farmoniga muvofiq respublikada yirik tovar Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarish, eng avvalo paxtachilik va gʻallachilik paychilikka va oila (jamoa) pudratiga asoslangan Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Shunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoa korxonalari (jamoa xoʻjaliklari)ni tayyorlik darajasiga koʻra Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish jadvali 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Quyidagi normativ hujjatlar tasdiqlansin:
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish Tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 5-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da mulkiy paylarni shakllantirish, ularni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom va mulkiy pay toʻgʻrisidagi namunaviy guvohnoma 7-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 8-ilovaga muvofiq.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda 2001-yilgacha boʻlgan davrda faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini paychilikka asoslangan Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish, fermer xoʻjaliklari va ularning birlashmalarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralar koʻrsinlar.
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklari (kolxozlar)ni Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirishda xodimlarning cheklangan soni ekin maydoni, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sarfining belgilangan meʼyorlari asosida aniqlansin.
4. Qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom asosida ushbu korxonalarning mutaxassislari va aʼzolari (xodimlari) ishtirokida uch oy muddatda Oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklariga ularni Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirish, yangi shart-sharoitlarda ishlarni tashkil etish, yer va mol-mulk qiymat bahosini aniqlash, ustav, boʻlinmas va pay jamgʻarmalari hamda mulkiy paylar miqdorlarini belgilash, oila (jamoa) pudratini joriy qilish boʻyicha huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirishga oid normativ hujjatlarni, tavsiyanomalarni va boshqa nashrlarni bir oy muddatda chop etsinlar va joylarga yetkazsinlar;
paychilarning mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnomalar shakllarini tayyorlashda jamoa xoʻjaliklariga koʻmaklashsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muntazam ravishda tahlil qilib borsinlar, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribani umumlashtirsinlar va keng yoysinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Teleradio kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini shirkat xoʻjaliklariga aylantirish va qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish masalalarini yoritish yuzasidan maxsus eshittirishlar, koʻrsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-iyul,
299-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 2-ILOVA
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga qayta tashkil etish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini (bundan keyin matnda “xoʻjalik” deb yuritiladi) Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga* qayta tashkil etish mexanizmini belgilaydi.
* Bundan keyin matnda “shirkat xoʻjaligi” deb ataladi.
2. Xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga qayta tashkil etish, qoida tariqasida, oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi (oʻzgartirish sxemasi ilova* qilinadi).
* Sxema berilmaydi.
3. Faoliyat koʻrsatib turgan xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4. Xoʻjalikni oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi oʻzgartirilayotgan xoʻjalikning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
5. Faoliyat koʻrsatib turgan xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish uchun xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga asosan shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirilayotgan xoʻjalik rahbarlari, mutaxassislari va aʼzolaridan iborat tarkibda xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga qayta tashkil etish Komissiyasi (bundan buyon matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tuziladi. Tuman hokimining qarori bilan Komissiya ishida tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, banklar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etadilar. Bu Komissiyaning Nizomi mulkiy paylarni joriy qilish asosida Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish Komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq tasdiqlanadi.
6. Xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi xoʻjalikni oʻzgartirish muddatlarini belgilaydi.
7. Komissiya quyidagilarni amalga oshiradi:
oʻzgartirilayotgan xoʻjalik aʼzolari oʻrtasida xoʻjalik yuritishning yangi shaklining afzalliklari va mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib boradi;
mol-mulkni roʻyxat qilish, uning qiymatini qayta baholashni oʻtkazishni hamda yer uchastkalarining qiymat bahosini aniqlashni tashkil qiladi;
taʼsis majlisi oʻtkazilishidan bir oy oldin mol-mulkka boʻlgan talabgorlarning roʻyxatini aniqlaydi va uni yozma ravishda eʼlon qiladi;
shirkat xoʻjaligi ustavi va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydi;
nomi yozilgan guvohnomalarning Namunaviy shakliga asosan paychilarning mulkiy huquqini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnoma loyihalarini tayyorlaydi;
jamlovchi dalolatnomani va topshirish balansini tuzadi;
xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot xabarlari loyihasini tayyorlaydi;
shirkat xoʻjaligining taʼsis majlisini tayyorlaydi va uning oʻtkazilishini tashkil qiladi.
8. Komissiya tayyorlagan materiallar dastlab xoʻjalik boshqaruvi tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi muhokamasiga kiritiladi. Xoʻjalik aʼzolari umumiy majlisda shirkat xoʻjaligi ustavi loyihasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirishlari va kelishilgan ustavni tasdiqlashlari, shuningdek, shirkat xoʻjaligining boshqaruvini, raisini hamda taftish komissiyasini (taftishchini) saylashlari mumkin. Bu holda bunday majlis taʼsis majlisi hisoblanadi. Tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlsa, ular qayta ishlab chiqilishi uchun muddati koʻrsatilgan holda Komissiyaga qaytariladi.
9. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining taʼsis majlisi oʻtkazilgandan soʻng topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Topshirish hujjati topshirilayotgan jamoa xoʻjaligining moddiy javobgar xodimlari hamda shirkat xoʻjaligining qabul qilayotgan masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi va Komissiya raisi hamda shirkat xoʻjaligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Shirkat xoʻjaligi raisi uch kun muddatda shirkat xoʻjaligining joylashgan joyi boʻyicha tuman hokimligiga taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etishi lozim.
Shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. Shirkat xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab xoʻjalik shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirilgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 3-ILOVA
_______________________ viloyati
________________________ tumani
(nomi)
yuqori boshqaruv organining
199___ yil “ _____ ”_______ dagi
_____ -son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini (bundan keyin matnda “xoʻjalik” deb yuritiladi) qayta tashkil etish Komissiyasini (bundan keyin matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tuzish tartibi va faoliyatini, uning maqsadini, asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Komissiya faoliyatining maqsadi mulkiy paylarni joriy qilish asosida qayta tashkil etish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va uning bajarilishini taʼminlashdan iboratdir.
3. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan tuziladi va faoliyat koʻrsatadi.
4. Komissiya tarkibiga qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning rahbarlari, mutaxassislari, aʼzolari (xodimlari) kiritiladi. Komissiya ishida tuman hokimining qaroriga asosan tuman hokimligi, moliya va soliq organlari, bank, kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etadi.
II. Komissiyaning asosiy vazifalari va huquqlari
5. Komissiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
xoʻjalik aʼzolari (xodimlari) oʻrtasida qayta tashkil qilinayotgan xoʻjalik yuritishning yangi shaklining mohiyati va afzalligi haqida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish;
mol-mulkini roʻyxatdan oʻtkazishni, uning qiymatini qayta baholashni va yer uchastkasining qiymat bahosini aniqlashni tashkil etish;
taʼsis majlisi oʻtkazilishidan bir oy oldin mol-mulkka talabgorlar roʻyxatini aniqlash va uni eʼlon qilish;
yangi tashkil etiladigan xoʻjalikning ustavi va boshqa hujjatlarining loyihalarini tayyorlash;
nomi yozilgan guvohnomaning Namunaviy shakli asosida paychilarning mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnomalarning loyihalarini tayyorlash;
jamlovchi dalolatnoma va topshirish balansini tuzish;
ustav jamgʻarmasi, boʻlinmas va pay jamgʻarmasi, shuningdek, mulkiy paylarni aniqlash boʻyicha materiallarni tayyorlash;
xoʻjalikni qayta tashkil etish toʻgʻrisida xabarnoma loyihasini tayyorlash;
tashkil etiladigan shirkatning taʼsis majlisini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil qilish.
6. Komissiya xoʻjalikni qayta tashkil etish jarayonida xoʻjalik aʼzolari (xodimlari)ning xoʻjalikning qayta tashkil etilishi jarayonida ishtirok etishini, qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning moliya-xoʻjalik ahvoli haqidagi axborotdan erkin foydalanishni, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlarning oshkoraligini taʼminlaydi.
7. Xoʻjalik mol-mulkining tarkibi va uning balans qiymatini baholash uchun ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda xoʻjalikning balansida aks ettirilgan boshqa boyliklar roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mol-mulkni roʻyxat qilish va uning qiymatini qayta baholash xoʻjalik buxgalteriyasi xodimlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mol-mulkni roʻyxatga olish va uning qiymatini baholash dalolatnomalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
8. Komissiya:
xoʻjalik boshqaruvi zimmasiga mol-mulkni roʻyxat qilish va qayta baholash uchun birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya va statistikaga oid hisob va hisobot maʼlumotlarni hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni belgilangan muddatda taqdim etish vazifasini yuklash;
ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish tartiblari va shartlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish huquqiga ega.
III. Komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin haftada kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
10. Komissiya majlisida Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, u qarorlar qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Ovoz berish Komissiya aʼzolari koʻpchiligining qaroriga koʻra, ochiq yoki yashirin holda amalga oshiriladi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega.
Komissiya qarorlari uning majlisida qatnashgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi va bayonnoma shaklida rasmiylashtirilib, Komissiya raisi hamda kotibi tomonidan imzolanadi.
11. Komissiya faoliyatiga qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya aʼzolariga va qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning mansabdor shaxslariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Komissiya aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Komissiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot tayyorlash.
12. Komissiya aʼzolari Komissiya ishida oʻzlariga belgilangan xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qatnashadilar va ularning ishiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
13. Komissiya qarori bilan jalb etiladigan maslahat beruvchi, auditorlik va boshqa tashkilotlar xizmatlari uchun haq mazkur tashkilotlar (pudratchilar) bilan qayta tashkil etilayotgan buyurtmachi-xoʻjalik oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan toʻlanadi.
Komissiya qaroriga binoan jalb etiladigan yakka tartibdagi ekspertlar va auditorlar xizmati uchun haq toʻlash ularning har biri bilan buyurtmachi-xoʻjalik oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Shartnomada koʻrsatilgan ish miqdori bajaruvchilarga bogʻliq boʻlmagan holda belgilangan muddatda bajarilmasa, buyurtmachi-xoʻjalik sarflangan vaqt uchun haq yoki kelishuvga koʻra qoʻshimcha haq toʻlaydi.
IV. Komissiyaning majburiyati va javobgarligi
14. Komissiya:
Komissiya ishi natijalarining oshkoraligini taʼminlashi;
paychilarning soʻrovlari boʻyicha ularning faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotni taqdim qilishi shart.
15. Komissiya aʼzolari paychilar oldida oʻz ishlari natijalarining toʻgʻriligi uchun masʼuldirlar.
V. Komissiyaning tugatilishi
16. Komissiya qayta tashkil etilgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi qaroriga binoan tugatiladi.
17. Komissiya tugatilgandan soʻng uning faoliyatiga tegishli barcha hujjatlar yangi tashkil etilgan xoʻjalik arxiviga topshiriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 5-ILOVA
_______________________ viloyati
________________________ tumani
________________________ qishloq
(nomi)
xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
199 yil “ _____ ”_______ dagi
taʼsis majlisining
_____ -son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning Ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)* pay jamgʻarmasidan, boʻlinmas jamgʻarmadan hosil boʻlgan Ustav jamgʻarmasining hamda keyingi faoliyati davrida yetishtirilgan va olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotining hamda boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi. U oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlarini amalga oshiradi.
* Bundan keyin matnda “shirkat xoʻjaligi” deb ataladi.
II. Ustav jamgʻarmasini shakllantirish
2. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida Ustav jamgʻarmasini tashkil etadi, uning miqdori shirkat xoʻjaligi ustavida koʻrsatiladi.
Ustav jamgʻarmasining shakllanish manbalari va undan foydalanish yoʻnalishlari shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida qonun hujjatlari hamda shirkat xoʻjaligi ustaviga asosan belgilanadi.
3. Ustav jamgʻarmasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida qabul qilinadi, bunda shirkat xoʻjaligining ustavi belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim,
4. Shirkat xoʻjaligining Ustav jamgʻarmasi uning mulki hisoblanadi va uni qonunlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari olib qoʻyish mumkin emas.
5. Ustav jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligining balansida asosiy vositalar va aylanma mablagʻlarning yigʻindisi sifatida aks ettirilib, shirkat xoʻjaligi faoliyatining asosi boʻlib hisoblanadi.
6. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mexanizmlar, mashinalar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraxtlar, kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa gidrotexnika inshootlari, yoʻllar, ijtimoiy-maishiy obyektlar, nomoddiy aktivlar, Uzoq muddatli moliyaviy va kapital qoʻyilmalar, boshqa Uzoq muddatli aktivlar kiradi.
7. Aylanma mablagʻlarga xomashyo, tayyor mahsulotlar, urugʻ, yem-xashak, oʻgʻit, yonilgʻi-moylash materiallari, ehtiyot qismlar, hisob varaqlardagi pul mablagʻlari, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar va boshqa mablagʻlar kiradi.
III. Ustav jamgʻarmasini taqsimlash va undan foydalanish
8. Ustav jamgʻarmasi pay jamgʻarmasi va boʻlinmas jamgʻarmalardan iborat boʻladi.
9. Pay jamgʻarmasi Ustav jamgʻarmasining shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlangan qismi hisoblanadi.
Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining boshlangʻich va qoʻshimcha (koʻpaygan) mulkiy paylaridan iboratdir.
Shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasining va aʼzolar mulkiy paylarining miqdorlari shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi hamda uning ustavida koʻrsatiladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
10. Shirkat xoʻjaligi tuzilayotgan vaqtda belgilangan pay jamgʻarmasi boshlangich pay jamgʻarmasidir. U shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining boshlangʻich mulkiy payini aniqlashda asos boʻladi.
Pay jamgʻarmasining boshlangʻich miqdori shirkat xoʻjaligi ustavi va Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan tartibda aʼzolar oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlanadi.
11. Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolari tomonidan qoʻshimcha badallar kiritilganda yoki umumiy yigʻilish qaroriga koʻra taqsimlanmagan foyda hisobiga koʻpayadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
12. Boʻlinmas jamgʻarma — shirkat xoʻjaligi Ustav jamgʻarmasining bir qismi boʻlib, u paychi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
13. Boʻlinmas jamgʻarma Ustav jamgʻarmasining qirq foizidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi hamda shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
14. Boʻlinmas jamgʻarmani yaratish va undan foydalanish Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom boʻyicha belgilanadi.
IV. Ustav jamgʻarmasining hisob-kitobi va uni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
15. Ustav jamgʻarmasining harakati (koʻpayishi va kamayishi) shirkat xoʻjaligining buxgalteriya balansidagi 85-1 “Ustav jamgʻarmasi” hisob raqamida qayd qilinadi. Bunda ikkita ikkilamchi hisobvaraq ochiladi:
85-1.1. “Pay jamgʻarmasi”;
85-1.2 “Boʻlinmas jamgʻarma”.
85-1 hisob raqamidagi mablagʻning qoldigʻi (saldosi) shirkat xoʻjaligining taʼsis hujjatlarida belgilangan Ustav jamgʻarmasining miqdoriga mos kelishi lozim.
Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish (kamaytirish) hollari faqatgina shirkat xoʻjaligi taʼsis hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritilgandan soʻng qonun hujjatlarida va shirkat xoʻjaligi ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolarining maxsus raqamli ip bilan soʻrgʻichlangan, muhrlangan reyestr (roʻyxat) kitobini yuritadi. Unda quyidagilar qayd etiladi:
tartib soni (bu son shaxsiy varaq soni ham hisoblanadi);
familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgani;
yashash joyi;
boshlangʻich mulkiy payning miqdori;
toʻlangan dividendlar miqdori;
nomi yozilgan guvohnoma berish muddati va qayd etilgan raqami;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqishi va aʼzolar oʻrtasida paylarni oʻzgarishi, paychilarning va roʻyxatga oluvchining imzolari.
17. Shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazida har bir aʼzo uchun shaxsiy hisobvaraq ochilib, unda boshlangʻich mulkiy pay, qoʻshimcha pay badali, mulkiy payning qoʻpaygan miqdori va toʻlangan dividend yozib boriladi. Hamma aʼzolarning hisobvaraqlaridagi mablagʻlari yigʻindisi shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
18. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllantirilishi, harakati va undan belgilangan maqsadda foydalanilishi shirkat xoʻjaligining moliya-hisob-kitob markazidagi maxsus hisob boʻyicha amalga oshiriladi va reyestr kitobida alohida yozuv bilan aks ettiriladi.
V. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda Ustav jamgʻarmasini taqsimlash tartibi
19. Shirkat xoʻjaligini tugatish uchun tashkil etilgan tugatish komissiyasi (tugatuvchi) matbuot organlarida kreditorlarning talablarini qabul qilish uchun shirkat xoʻjaligini tugatish tartibi va muddatini eʼlon qiladi.
20. Kreditorlar talabini qabul qilish boʻyicha belgilangan muddat tugagandan soʻng tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan shirkat xoʻjaligining mol-mulki tarkibi, kreditorlar talabining roʻyxati, shuningdek, ushbu masalalarni qoʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat oraliq balansini tuzib chiqadi.
21. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda kreditorlar talabi qanoatlantirilgandan soʻng boʻlinmas jamgʻarmaning qolgan qiymati pay jamgʻarmasi. bilan birgalikda aʼzolar oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mos ravishda taqsimlanadi.
22. Shirkat xoʻjaligini tugatish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 6-ILOVA
_______________________ viloyati
________________________ tumani
(nomi)
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
199 yil “ _____ ”_______ dagi
umumiy majlisining_____ - son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Boʻlinmas jamgʻarma qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)* ustav jamgʻarmasi qiymatining bir qismi boʻlib, u shirkat xoʻjaligi tasarrufida qoladi va paychi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
* Bundan keyin matnda “shirkat xoʻjaligi” deb ataladi.
2. Shirkat xoʻjaligining boʻlinmas jamgʻarmasi:
kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirish;
yuqori unumli texnika va boshqa uskuna-jihozlarni olish;
texnologik bosqich yaxlitligini yuqori darajada saqlash;
chet el investitsiyalarini jalb qilish va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish;
tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish;
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlarini barpo etish, saqlash;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari faoliyatining samaradorligini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun umumtexnologik va shirkat jamoasi foydalanadigan infratuzilmalarga kiruvchi obyektlardan hamkorlikda foydalanish uchun sharoitlar yaratish;
boshqa umumiy ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish maqsadlarida tashkil qilinadi.
3. Shirkat xoʻjaligining boʻlinmas jamgʻarmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari daxlsiz hisoblanadi.
4. Boʻlinmas jamgʻarmaning qiymati (miqdori) shirkat xoʻjaligi mol-mulki miqdori, faoliyati ixtisoslashuvi, uning infratuzilmalar obyektlarini rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda tabaqali ravishda belgilanadi va shirkat xoʻjaligi ustavida aks ettiriladi.
5. Shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasining miqdoriga uning u yoki bu maqsaddagi yoʻnalishlarining ustuvorligini hisobga olgan holda umumiy majlis qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
6. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllanishi va foydalanishini tartibga solish hamda nazorat qilish taftish komissiyasi (taftishchi) va shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
7. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari tomonidan dividend olish maqsadida kiritilgan qoʻshimcha pay badallari boʻlinmas jamgʻarma tarkibiga kiritilmaydi.
II. Boʻlinmas jamgʻarmani shakllantirish va undan foydalanish
8. Shirkat xoʻjaligi tashkil etilayotganda boʻlinmas jamgʻarma, shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga koʻra, ustav jamgʻarmasining qirq foizidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi.
9. Sof foydadan ajratmalar shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasini toʻldirishning asosiy manbai hisoblanadi,
10. Shirkat xoʻjaligi oʻz boʻlinmas jamgʻarmasidan belgilangan maqsadga muvofiq mustaqil foydalanishga haqli.
III. Boʻlinmas jamgʻarmaning hisob-kitobi
11. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllantirilishi va undan foydalanish hisobi buxgalteriya hisoboti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasining obyektlari va manbalari roʻyxat qilinadi hamda uning kelgusi hisobot yilidagi miqdori shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi.
13. Sof foydaning shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasini koʻpaytirish uchun ajratilgan qismi umumiy majlis qarori bilan alohida ikkilamchi hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
IV. Shirkat xoʻjaligini tugatishda boʻlinmas jamgʻarmani tasarruf qilish
14. Shirkat xoʻjaligi tugatilganda, uning kreditorlari talablari qanoatlantirilgandan soʻng, boʻlinmas jamgʻarmaning qolgan qismi qiymati pay jamgʻarmasi bilan birgalikda aʼzolar oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va paychilarning nomi yozilgan guvohnomalarida qayd etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 7-ILOVA
_______________________ viloyati
________________________ tumani
________________________ qishloq
(nomi)
xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
199 yil “ _____ ”_______ dagi umumiy majlisining
_____ - son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
1. Shirkat xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)* pay jamgʻarmasi asosiy jamgʻarmalarning qiymatini hamda shirkat xoʻjaligining majburiyatlardan holi boshqa aktivlari qiymatini oʻz ichiga oladi, boʻlinmas jamgʻarmani shakllantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar bundan mustasnodir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
* bundan keyin matnda “shirkat xoʻjaligi” deb ataladi.
2. Shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi ustavi hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq shirkat xoʻjaligi aʼzolarining qiymatda ifodalangan mulkiy paylariga boʻlinadi.
3. Mulkiy pay har bir aʼzoning shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasidagi ulushidir.
II. Mulkiy payni hisoblash tartibi
4. Mulkiy payni hisoblash uchun shirkat xoʻjaligining ishlovchi aʼzolari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar:
mehnat davri (staji);
oxirgi _____ yil mobaynidagi oʻrtacha yillik ish haqi aniqlanadi.
5. Ish haqini hisob-kitob qilish uchun olinadigan davr shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi.
6. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mehnat staji keyingi _____yildagi oʻrtacha yillik ish haqiga koʻpaytirilib, uning yil-soʻmi aniqlanadi.
7. Shirkat xoʻjaligida ishlovchi barcha aʼzolarning yil-soʻmlari jamlanadi.
8. Shirkat xoʻjaligida ishlovchi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadigan pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi boʻyicha jami yil-soʻmga boʻlinib, bir yil-soʻmga toʻgʻri keladigan mulkiy payni aks ettiruvchi koeffitsiyent aniqlanadi.
9. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mulkiy payi uning yil-soʻmini ushbu Namunaviy nizomning 8-bandida koʻrsatilgan koeffitsiyentga koʻpaytirib aniqlanadi.
10. Taqsimlanadigan pay jamgʻarmasini shirkat xoʻjaligi aʼzolarining soniga boʻlib bir payning oʻrtacha qiymati aniqlanadi.
11. Shirkat xoʻjaligi pensionyerlarining mulkiy paylari umumiy majlis qarori bilan pay jamgʻarmasining oʻn foizigacha miqdorda belgilanadi va taqsimlanadi. Bunda har bir shirkat xoʻjaligining ichki sharoitlari hisobga olinishi lozim.
12. Har bir pensionerning shirkat xoʻjaligida ishlagan mehnat staji aniqlanadi va pensionyerlarning stajlari yigʻindisi hisoblab chiqiladi.
13. Pay jamgʻarmasining pensionyerlarga ajratilgan qismi shirkat xoʻjaligidagi barcha pensionyerlarning umumiy mehnat stajiga boʻlinadi va bir yillik stajga toʻgʻri keladigan pay qiymati aniqlanadi.
Bir yillik stajga toʻgʻri keladigan mulkiy pay qiymati pensionerning umumiy stajiga koʻpaytirilib, uning mulkiy payi miqdori aniqlanadi.
III. Shirkat xoʻjaligi paychi-aʼzolari tarkibini va ularning mulkiy paylarini aniqlash tartibi
14. Shirkat xoʻjaligi paychi-aʼzolari tarkibi shirkat ustavida belgilanadi.
15. Shirkat xoʻjaligi aʼzosining mulkiy payi qimmatli qogʻozlar toifasiga kirmaydigan va har bir aʼzoga beriladigan nomi yozilgan guvohnoma bilan tasdiqlanadi (Ilova).
16. Mulkiy pay miqdori faqat umumiy yigʻilishning qaroriga koʻra taqsimlanmagan foyda va shirkat aʼzolarining qoʻshimcha pay badallari hisobiga koʻpaytirilishi mumkin. Bunday hollarda shirkat xoʻjaligining ustaviga ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
17. Shirkat xoʻjaligining moliya-hisob-kitob markazida har bir aʼzo uchun shaxsiy hisobvaraq ochiladi, unda paychi-aʼzoning boshlangʻich mulkiy payi, mulkiy payning koʻpaygan summasi hamda toʻlangan dividendlar hisobga olib boriladi. Barcha aʼzolarning shaxsiy hisob varagʻidagi mulkiy paylari summasi shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
IV. Mulkiy payni ajratib chiqarish va meros qilib qoldirish tartibi
18. Fermer xoʻjaligi yoki yangi shirkat xoʻjaligi tashkil etish maqsadida shirkat xoʻjaligidan chiqilgan hollarda mulkiy paylar umumiy yigʻilishning qaroriga koʻra pul yoki natura shaklida qonun hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
20. Shirkat xoʻjaligi aʼzosi vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari umumiy majlis qaroriga asosan shirkat xoʻjaligi aʼzosi boʻlishlari yoki oʻzlarining xohishiga koʻra qonun hujjatlarida va shirkat xoʻjaligi ustavida nazarda tutilgan tartibda ularga mulkiy payning qiymati toʻlanishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
22. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda kreditorlar talabi qondirilgandan soʻng qolgan mol-mulk shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
V. Dividendlarni shakllantirish va toʻlash tartibi
23. Dividend — sof foydaning soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin shirkat xoʻjaligi ixtiyorida qoladigan, shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan qismidir.
24. Shirkat xoʻjaligining har bir aʼzosiga tegishli dividend miqdori umumiy majlis tomonidan belgilanadi hamda ish haqi, mukofot va boshqa toʻlovlar miqdoriga bogʻlik boʻlmaydi.
25. Bir soʻmlik mulkiy payga toʻgʻri keladigan dividend miqdori sof foydaning dividendlar toʻlash uchun ajratilgan qismini pay jamgʻarmasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan koeffitsiyent tariqasida hisoblab chiqariladi.
26. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mulkiy pay boʻyicha dividendi ushbu Namunaviy nizomning 25-bandida belgilangan koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
27. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari dividendlarini hisoblash va toʻlash shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Dividendlarni hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi hisobot bir yilda bir marta tuziladi va shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi tasdigʻiga taqdim etiladi.
29. Mulkiy paylar boʻyicha dividendlarning toʻgʻri hisoblanganligi va toʻlanganligini nazorat qilish shirkat xoʻjaligining taftish komissiyasi (taftishchisi) tomonidan amalga oshiriladi.
30. Mulkiy paylar va dividendlar yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qishloq xoʻjaligi shirkatida pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
____________________________________ viloyati
_____________________________________ tumani
____________________________shirkat xoʻjaligi
(nomi)
MULKIY PAY TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY GUVOHNOMA
№______
____________________shirkat xoʻjaligining
199_yil “ ____ ” _____________ dagi
taʼsis majlisida
TASDIQLANGAN
___ -son bayonnoma
Nomi yozilgan mazkur guvohnoma _____________________________________qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning aʼzosi (nafaqaxoʻr)______________________________ga
( _____________________________) soʻmlik boshlangʻich mulkiy pay berilganligini tasdiqlaydi.
(soʻz bilan)
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi
__________________
__________________
(imzo)
(f.i.o.)
Bosh buxgalter
__________________
__________________
(imzo)
(f.i.o.)
M .Oʻ.
199__ yil “ ___ ”_____________________
Yil
Yil boshidagi mulkiy pay qiymati, soʻm
Qoʻshilgan mulkiy pay qiymati, soʻm
Kamaygan mulkiy pay qiymati, soʻm
Yil oxiridagi mulkiy pay qiymati, soʻm
Sof foydadan toʻlagan dividend, soʻm
Pay egasining imzosi
Masʼul shaxsning (roʻyxatchining) imzosi
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
Mulkiy pay va sof foydadan toʻlangan dividendlar harakati
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 299-son qaroriga 8-ILOVA
_______________________ viloyati
________________________ tumani
______________________________
(nomi)
umumiy majlisning
199 yil “ _____ ”_______ dagi
_____ - son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisida
NAMUNaVIy NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oila (jamoa) pudratidan kelib chiqadigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Namunaviy nizom bilan tartibga solinadi.
2. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati oila (jamoa)ga vaqtincha foydalanishga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida oila (jamoa) aʼzolarining* bevosita ishtirok etishiga asoslanadi.
* Bundan keyin matnda “pudratchilar” deb ataladi.
3. Oila (jamoa) pudrati xoʻjalik yuritishning qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)* aʼzolarining boshqaruv nomiga berilgan arizasiga muvofiq tanlov asosida tashkil etiladi. Arizada pudratchilarga beriladigan yer uchastkasining oʻlchami, yetishtiriladigan mahsulot turi, oila (jamoa)dagi mehnatga layoqatli aʼzolarning soni koʻrsatiladi.
* Bundan keyin matnda “buyurtmachi-xoʻjalik” deb ataladi.
Arizalar tanlov eʼlon qilingandan keyin bir oy ichida qabul qilinib, ular boʻyicha oʻn kunlik muddatda xoʻjalik boshqaruvi tomonidan qaror qabul qilinadi. Tanlovda shirkat xoʻjaligi aʼzolarining Qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasi hamda ekin maydoni, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sarflarining belgilangan meʼyorlari hisobga olinadi.
Tanlov natijasi boʻyicha xoʻjalik boshqaruvining qarori chiqariladi. Boshqaruv qarorida pudratchilarga ajratiladigan yer uchastkasining oʻlchami, uning joylashgan manzili, ariza beruvchilarning talabi qondirilmaganda esa uning asoslangan sababi koʻrsatiladi.
(3-band xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish boʻyicha oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili tuziladi va shirkat xoʻjaligi raisi hamda oila boshligʻi (jamoaning vakolat bergan vakili) tomonidan imzolanadi. Shartnomada uning imzolanish sanasi koʻrsatiladi hamda shartnoma buyurtmachi-xoʻjalikning muhri bilan tasdiqlanadi.
5. Buyurtmachi-xoʻjalik yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi pudratchilarga qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan dalolatnoma asosida beradi.
Dalolatnoma yer uchastkasining oʻlchami, uning joylashgan manzili, holati va yer uchastkasidagi mavjud koʻp yillik daraxtlar koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi, buyurtmachi-xoʻjalik vakili va oila boshligʻi (jamoaning vakolat bergan vakili) tomonidan imzolanadi hamda buyurtmachi-xoʻjalikning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bitta nusxasi boshqaruvda, ikkinchisi esa pudratchida shartnoma muddati tugagungacha saqlanadi.
6. Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan manzili va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, tomonlarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va yer sifatini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha majburiyatlari;
yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining miqdori va turlari, sifati;
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni sotish shartlari;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
7. Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi boshqaruvda, ikkinchi nusxasi pudratchida saqlanadi.
8. Pudratchilarga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yer maydonlari oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
10. Alohida ish turlarini bajarish uchun xodimlar jalb qilinganda, ularga pudratchilarning ish haqi fondidan haq toʻlanadi.
11. Ishlab chiqarish sharoitlari oʻzgargan taqdirda, tomonlarning kelishuviga binoan, shartnoma shartlari ham oʻzgarishi mumkin.
12. Pudratchilarga berilgan yer uchastkasida yer uchastkasi egasining roziligisiz binolar va boshqa inshootlar qurish man etiladi.
13. Oila (jamoa) pudrati boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ham qoʻllanilishi mumkin.
shartnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiq yetishtirilgan (paxtadan tashqari) mahsulotni shartnoma boʻyicha (erkin) narxda sotishga yoki shu narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishga;
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
ijtimoiy taʼminot boʻyicha huquqlardan, ijtimoiy sugʻurta va qonunda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishga;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda ularga yetkazilgan zarar va boshqa xarajatlarning toʻlanishini, shu jumladan, boy berilgan foydaning, qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
15. Pudratchilar:
berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadga koʻra va shartnoma shartlariga asosan foydalanishlari, yer unumdorligining pasayishiga, atrof muhitning yomonlashuviga yoʻl qoʻymasliklari, agrotexnika qoidalariga rioya qilishlari;
berilgan yer uchastkalaridagi irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini oʻz vaqtida tozalashlari, hududdagi koʻp yillik daraxtlarni parvarish qilishlari va saqlashlari;
shartnomada nazarda tutilgan muayyan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishlari va uni kelishilgan muddatlarda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishlari;
moddiy-texnika resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni taʼminlashlari, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishlari shart.
III. Buyurtmachi-xoʻjalikning huquq va majburiyatlari
16. Buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruv orqali:
pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda bajarilayotgan qishloq xoʻjaligi ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini va sifatini tekshirishga;
agar pudratchi oila (jamoa) pudrati shartnomasini bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligi aniq boʻlib qolsa, oila (jamoa) pudrati shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishga;
(16-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish vaqtida ularning tegishli darajada bajarilmasligi aniq boʻlib qolsa, pudratchiga kamchiliklarni yoʻqotish uchun odilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda bu ishlarni pudratchi hisobidan bajarishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
17. Buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruv orqali:
yer uchastkasini va shartnomada koʻrsatilgan boshqa mol-mulklarni pudratchiga dalolatnoma asosida berishi;
yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishi;
pudratchini urugʻ, oʻgʻit, ximikatlar va boshqa moddiy-texnika resurslari, zarur texnika vositalari bilan belgilangan muddatlarda taʼminlashi, unga pullik xizmat koʻrsatishi;
agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida samarali oʻtkazish boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan maslahatlar berilishini tashkil etishi, texnika xavfsizligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
pudratchi yetishtirgan, topshirgan va sotgan mahsulotlarning hisobini olib borish uchun daromad va xarajatlar hisob-kitobi boʻyicha xoʻjalik moliya-hisob-kitob markazida uning shaxsiy hisob varagʻini ochishi, oʻzaro hisob-kitob ishlarining chek va boshqa hujjatlar asosida olib borilishini taʼminlashi;
har bir pudratchiga oylik miqdori belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqini oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlashi;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
shartnoma majburiyatlari xoʻjalik tomonidan bajarilganda paxta yetishtiruvchilarga shartnomada nazarda tutilganidan ortiqcha yetishtirilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun paxta yogʻi, kunjara va sheluxani belgilangan tartibda berishni taʼminlashi shart.
IV. Yakunlovchi qoidalar
18. Buyurtmachi-xoʻjalik va pudratchi oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari bilan belgilangan huquq va majburiyatlar doirasida javobgar boʻladilar.
19. Shartnoma shartlari bajarilmaganda aybdor tomonga shartnomada nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
20. Tomonlar shartnomada nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha jamoa shartnomalariga hamda qonun hujjatlariga rioya qiladilar. Buyurtmachi-xoʻjalik bilan pudratchi oʻrtasida shartnoma majburiyatlarini bajarish yuzasidan vujudga keladigan nizolar sudda hal qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va xizmatlar koʻrsatish uchun oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisida
NAMUNAVIY ShARTNOMA
_______________________________ viloyati____________________________ tumani ________________________________________ nomli qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) Boshqaruvi orqali bir tomondan va oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili)
ikkinchi tomondan, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
I. Shartnoma predmeti
1. Oila (jamoa) (bundan keyin matnda “pudratchi deb ataladi) 199 yildan 199 yilga qadar qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning (bundan keyin matnda “buyurtmachi- xoʻjalik” deb ataladi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlaridan ________________ gektar yer uchastkasini oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlariga muvofiq dalolatnoma asosida yerning sifat koʻrsatkichlari koʻrsatilgan holda oladi.
2. Pudratchi oʻziga biriktirilgan yer uchastkasida buyurtmachi-xoʻjalik tomonidan buyurtma qilingan quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini har yili yetishtirish va ularni kelishilgan narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirish majburiyatini oladi:
Ekin turlari
Ekin maydoni, ga
Hosildorlik
Yalpi mahsulot qiymati, soʻm
Jami mahsulot uchun toʻlanadigan ish haqi, soʻm
Shuning 70 foizi yil davomida avans tariqasida toʻlanadi, soʻm
1 gektar hisobiga toʻgʻri keladigan avans miqdori, soʻm
gekdaridan tsent.
jami t.
II. Pudratchining huquq va majburiyatlari
3. Pudratchi:
yer uchastkasini ushbu Shartnomaning 1-bandiga binoan oʻz vaqtida olish;
sugʻorish uchun suv olish;
belgilangan muddatlarda va hajmlarda urugʻlik, ekish materiallari va boshqa moddiy resurslarni olish;
Shartnomada koʻrsatilgan miqdordan yetishtirilgan (paxtadan tashqari) mahsulotni oʻz ixtiyoriga koʻra kelishilgan narxda sotish yoki shu narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirish;
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
buyurtmachi-xoʻjalik aybi bilan yetkazilgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydaning qoplanishini talab qilish huquqiga ega
4. Pudratchi:
oʻziga biriktirilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlari boʻyicha foydalanishi, tuproq unumdorligining pasayishiga yoʻl qoʻymasligi, ekinlarni buyurtmachi-xoʻjalik ixtisosiga muvofiq ravishda yetishtirishi;
bajariladigan ishga oid talabnomani oldindan — oʻn kundan kechiktirmasdan yozma ravishda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishi;
bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan har oyda buyurtmachi-xoʻjalikning moliya-hisob-kitob markaziga hisobotlar topshirishi;
maqbul muddatlarda va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishni taʼminlovchi agrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishi;
suvdan agrotexnika talablariga muvofiq foydalanishi;
ajratilgan moddiy-texnika resurslarini sarflashda tejamkorlikni taʼminlashi, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishi shart.
III. Buyurtmachi-xoʻjalikning huquq va majburiyatlari
5. Buyurtmachi-xoʻjalik:
pudratchidan ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilish;
yer uchastkasidan va moddiy-texnika resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
pudratchi tomonidan ish bajarilishi paytida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
6. Buyurtmachi-xoʻjalik:
olingan yer uchastkasini va boshqa mol-mulkni ushbu Shartnomaning 1-bandida koʻrsatilgan muddatga dalolatnoma asosida pudratchiga berishi;
pudratchini urugʻlik, mineral oʻgʻit, ximikatlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan belgilangan muddatlarda taʼminlashi;
Pudratchining talabnomasiga koʻra oʻz ixtiyoridagi texnika hisobidan yoki tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yer uchastkalaridan sifatli foydalanishi va ishlov berishi, ekinlarni ekishi va hosilni yigʻib olishi, hosilni yigʻib olish davrida pudratchini yashik va boshqa idishlar bilan taʼminlashi, pullik xizmat koʻrsatishni tashkil etishi;
pudratchi tomonidan yetishtirilgan mahsulotni tayyorlov tashkilotlariga va sotish joyiga yetkazib berish chora-tadbirlarini qoʻrishi;
har bir pudratchiga oylik miqdori belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqini oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlashi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida samarali oʻtkazish boʻyicha malakali mutaxassislarning maslahatlarini tashkil etishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
yetishtirilgan, topshirilgan va sotilgan mahsulotning hisobini olib borish uchun daromad va xarajatlar hisobi boʻyicha buyurtmachi-xoʻjalikning moliya-hisob-kitob markazida pudratchiga shaxsiy hisobvaraq; ochishi, oʻzaro hisob-kitob ishlarini chek va boshqa hujjatlar asosida olib borilishini taʼminlashi;
shartnomada koʻrsatilgan mahsulot hajmi uchun mahsulot qiymatidan_____foiz; shartnomada koʻrsatilgan mahsulot hajmidan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulot uchun____foiz miqdorida ish haqi toʻlashi;
shartnoma shartlari bajarilganda unda nazarda tutilganiga nisbatan tejalgan moddiy sarf-xarajatlarning qiymatidan 70 foizini pudratchiga ish haqi tariqasida berishni taʼminlashi;
shartnomada nazarda tutilganidan ortiq mablagʻ sarflanganida ish haqidan ushlab qolishni amalga oshirish;
xoʻjalik rejani bajargan taqdirda paxta yetishtiruvchilarga shartnomadan ortiq yetishtirilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun_____kg paxta yogʻi,___ kg kunjara,__kg sheluxani berishini taʼminlashi shart.
IV. Yakunlovchi qoidalar
7. Buyurtmachi-xoʻjalik va pudratchi ular oʻrtasida tuzilgan Shartnoma shartlari yuzasidan oʻzlarining huquq va majburiyatlari doirasida javobgar boʻladilar.
8. Mahsulot yetishtirish majburiyati pudratchining aybi bilan bajarilmaganda buyurtmachi-xoʻjalik yetishtirilmagan mahsulot qiymatini uning toʻlanishini pudratchidan talab qilish huquqiga ega.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
9. Mahsulot yetishtirish shartlari oʻzgargan (moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ish haqi oshishi) taqdirda tomonlarning kelishuviga binoan Shartnomaning shartlari ham oʻzgarishi mumkin.
10. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan masalalarni tartibga solishda tomonlar qonun hujjatlariga, jamoa shartnomalariga, xoʻjalikning mehnatga haq toʻlash Nizomiga amal qiladilar. Buyurtmachi-xoʻjalik bilan pudratchi oʻrtasida Shartnoma majburiyatlarini bajarish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sudda hal qilinadi.
11. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruvida, ikkinchi nusxasi esa pudratchida saqlanadi.
Buyurtmachi-xoʻjalik raisi
Oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili)
_________________________________
_________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(imzo)
M. U.
Pudratchining mehnatga layoqatli aʼzolari:
1. ____________________
__________
(familiyasi, ismi otasining ismi)
(imzo)
2.____________________
__________
(familiyasi, ismi otasining ismi)
(imzo)
3. ____________________
__________
(familiyasi, ismi otasining ismi)
(imzo)
199 __ yil “ ___” ____________
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
Yer uchastkasi berish dalolatnomasining
NAMUNAVIY ShAKLI
________________viloyati _________________ tumani Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
________________________________________________________ nomidan Boshqaruv
(shirkat xoʻjaligi nomi)
bir tomondan, yer uchastkasi beradi, pudratchi nomidan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili)