Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
BUYRUgʻI
AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI XODIMLARI UCHUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOSHQA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISH VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY MEʼYORLARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-sentabrda 1511-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta koʻrib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
1. Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Akbarov zimmasiga yuklatilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-avgust,
97-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34–36-son, 269-modda)