Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.12.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DAVLAT QO‘MITASI
Qarori
Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-sentabrda 1410-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli, 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli, 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qarorlariga muvofiq, shuningdek xo‘jalik jamiyatlarining ishonchli boshqaruvga beriladigan davlat ulushlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi qaror kiladi:
1. Davlat aksiyalar paket (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining:
2003-yil 20-maydagi 01/06-01-2-sonli “Aksiyalar (paylar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (2003-yil 20-may, ro‘yxat raqami 1034-2) qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi.Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
01/18-48-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 416-modda, 2007-y., 4-6-son, 58-modda, 2008-y., 24-25-son, 245-modda, 2010-y., 14-15-son, 121-modda; 2012-y., 18-son, 207-modda; 2014-y., 6-son, 70-modda)