Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.02.2013
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KAM TA’MINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY HIMOYa QILIShNI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-avgustdagi PF-938-son Farmonni bajarish hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lashga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Zarurat bo‘lganda 1994-yilning IV choragi yakunlari bo‘yicha mazkur Nizomga zarur tuzatishlar va aniqliklar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kam ta’minlangan oilalarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam to‘lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat qilish tartibini 1-sentabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari shu yilning 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘lar qo‘rg‘onlar, qishloqlar, ovullar, mahallalar fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamg‘arma banki muassasalaridagi yangidan ochilayotgan maxsus schyotlariga o‘tkazilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari, mahalliy moliya organlari, mehnat, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha hududiy organlar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga har tomonlama amaliy va uslubiy yordam bersinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (nazorat-taftish Bosh boshqarmasi) shu yilning noyabrida kam ta’minlangan oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam to‘lovlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish tartibining bajarilishini tekshirish-taftish qilishni amalga oshirsin. Tekshirish natijalari Hukumatga ma’lum qilinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 24-avgust,
434-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
24-avgustdagi 434-son qaroriga
ILOVA
Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga har oylik moddiy yordam (bundan keyin “moddiy yordam” deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — qo‘rg‘on, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolari yig‘inlari, yig‘inni o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda ko‘chalar, turar joylar, qishloq, ovul mahallalari fuqarolari vakillarining yig‘ilishi yoki fuqarolar yig‘ini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi eng obro‘-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yig‘inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi esa— uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya a’zolarining tarkibi— kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, har yili 50 foizga yangilanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kam ta’minlangan oilalarni aniqlashda va ularga moddiy yordam tayinlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishlari kerak:
ijtimoiy adolatga so‘zsiz qat’iy rioya qilish;
ko‘rsatilayotgan moddiy yordamning adresli bo‘lishini, haqiqatan muhtoj oilalarga berilishini ta’minlash;
oilalar va fuqarolar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish choralariga boqimandalarcha yondashishga yo‘l qo‘ymaslik;
oila a’zolarining, ayniqsa bolalarning moddiy farovonligini oshirishda oila mas’uliyatini oshirish, har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanish, bilim va kasb-hunar darajasini oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Har oylik moddiy yordam oilaga 6 (olti) oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Ushbu muddat tugagach, agar oilada moddiy ahvol yaxshilanmagan bo‘lsa, yordam mazkur Nizomda belgilangan yangi muddatga tayinlanishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30apreldagi 87-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 184-modda)
5. Quyidagilar oilalarga har oylik moddiy yordam to‘lashni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
respublika budjeti mablag‘lari;
mahalliy (viloyat, shahar va tumanlar) budjet mablag‘lari;
budjetdan tashqari turli manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxona va xo‘jaliklarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
Mazkur mablag‘lar qo‘rg‘on, qishloq, ovul yoki mahalla fuqarolari o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamg‘arma bankining tegishli muassasalaridagi maxsus schyotlariga o‘tkaziladi va olib qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
II. Oilaga har oylik moddiy yordam tayinlash shartlari
7. Moddiy yordam fuqarolarning doimiy yashash joyidagi o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki qo‘rg‘on, qishloq, ovul mahallasiga yozma ravishda ariza bilan yordam so‘rab murojaat qilgan oilalarga, ayrim hollarda esa fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) ning tavsiyasiga binoan tayinlanadi.
Arizaga tasdiqlangan shakl bo‘yicha oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
8. Obyektiv sabablarga ko‘ra oilaning birinchi navbatdagi ehtiyojlarini ta’minlay olmaydigan kam daromadli oilalar va yolg‘iz fuqarolar (balog‘atga yetmagan bolalari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar; boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotgan surunkali kasal oilalar; ishsizlarning oilalari; yolg‘iz pensionerlar va boshqa o‘ta muhtoj oilalar) har oylik moddiy yordam olish huquqiga egadirlar.
Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun asos sifatida oilaning qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan o‘rtacha oylik jami daromadi miqdori qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisob raqamidagi mablag‘lar miqdoridan va moddiy yordamning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda moddiy yordam ko‘rsatish uchun mezonlar va asoslarni mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda moddiy yordam tayinlash uchun oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
9. Oilaga moddiy yordam ko‘rsatish haqidagi ariza va to‘lanadigan yordamni hisobga olib borish qo‘rg‘on, qishloq, ovul yoki mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli) ning kotibi tomonidan yuritiladi.
10. Arizachining moddiy yordamga muhtojlik darajasini va unga beriladigan oylik moddiy yordamning miqdorini belgilash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida maxsus komissiyalar tuziladi, uning tarkibiga ushbu organlarning maslahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat bo‘lganda tuman (shahar) soliq hamda moliya organlarning maslahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat bo‘lganda tuman (shahar) soliq hamda moliya organlarining, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining vakillari kiradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Maxsus komissiya ariza tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda yordam so‘ragan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
12. Tekshiruv natijalari 1-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning barcha a’zolari imzolaydilar. Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
tekshirilayotgan oilaning tarkibi, unda birga yashovchilarning hammasi, qarindoshligi bo‘lgan va birga umumiy ro‘zg‘or yurituvchilar hisobga olinadi;
oilaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro‘yxatga olinmagan mehnatga qobiliyatli yoshdagi a’zolari, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarovchi ayollar, shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar bundan mustasno;
(12-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
oilaning tekshirish vaqtidagi jami pul daromadlarining manbalari va miqdori;
tomorqa uchastkasi maydoni va undan daromad olish imkoniyatlari;
oila mol-mulkining qiymati (dala hovli, avtomobil, mototsikl va zeb-ziynatlarning mavjudligi);
oilaning muhtojlik darajasi haqidagi komissiya xulosasi va har oyda beriladigan moddiy yordamning tavsiya qilinayotgan miqdori haqida komissiya xulosasi.
13. Maxsus komissiya oilaga moddiy yordam tayinlash haqidagi arizani oilada moddiy ta’minotning yetarliligi, anchagina mol-mulk jamg‘armasi mavjudligi, shuningdek, mehnat faoliyatidan bosh tortish hollari aniqlangan taqdirda rad etish huquqiga egadir.
14. Ariza bergan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari va maxsus komissiya xulosasi bo‘yicha yordamga muhtoj oilalar ro‘yxati tuziladi xamda yilning har choragida bir marta qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolarining yig‘ini (yig‘ilishi) yoki fuqarolar yig‘ini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya muhokamasiga kiritiladi.
15. Moddiy yordam tayinlash va to‘lash uchun ro‘yxatga kiritiladigan oilalar soni, shuningdek, har bir muayyan oila uchun har oylik to‘lovlar miqdori fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mustaqil ravishda, shu maqsadlar uchun ularning schyotida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Har oylik moddiy yordamning miqdori eng kam ish haqining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan 1,5 dan 3 (uch) baravarigacha miqdorida belgilanishi kerak.
Oilaning muhtojlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan belgilangan har oylik moddiy yordam miqdori fuqarolarning umumiy yig‘ini (yig‘ilishi)da yoki fuqarolar yig‘ini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va faqat shundan keyingina to‘lanadi.
Fuqarolar yig‘ini yoki fuqarolar yig‘ini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya kam ta’minlangan oilaga berilgan moddiy yordam summasining bir qismini mazkur oilaning uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qarzlarini qoplash uchun o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
(13, 14 va 15-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
III. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
16. Oilaga moddiy yordam tayinlash haqida qaror qabul qilishda arizachining fuqarolar yig‘inida (yig‘ilishida) yoki Komissiya yig‘ilishida qatnashishi shart. Arizachining yig‘inda (yig‘ilishda) yoki Komissiya yig‘ilishida qatnashishiga imkon bermaydigan kasallik, boshqa uzrli sabablar bo‘lganda yig‘inda (yig‘ilishda) yoki Komissiya yig‘ilishida oilaning voyaga yetgan a’zolaridan biri uning vakolatli vakili bo‘lib qatnashishi shart.
Fuqarolar, Komissiya yig‘ini (majlisi)ga majlisda qatnashishga arizachi ishlaydigan tashkilotlar rahbarlarini, tuman soliq, moliya organlari, tumanlarning bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari vakillarini va boshqalarni taklif qilish tavsiya etiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
17. Oilaga moddiy yordam tayinlash haqidagi qaror uning uchun fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi)da yoki Komissiya yig‘ilishida qatnashganlarning ko‘pchilik qismi ovoz bergan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
18. Oilaga har oylik moddiy yordam tayinlash haqidagi qaror 2-ilovaga muvofiq shakldagi yig‘in (yig‘ilish) yoki Komissiya yig‘ilishi bayoni tarzida rasmiylashtiriladi, bayonni rais (oqsoqol) va kotib imzolaydi va u besh kun muddatda arizachiga ma’lum qilinadi.
Moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda yig‘ilish bayonida uning asoslangan sabablari qayd etiladi va bu haqda fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi)da yoki Komissiya yig‘ilishida arizachiga ma’lum qilinadi.
(16, 17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
IV. Oilalarga har oylik moddiy yordamni to‘lash tartibi
19. Moddiy yordam oladigan oilalar hisobi va har oylik to‘lovlar miqdori qo‘rg‘on, qishloq, ovul yoki mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning kotibi tomonidan maxsus daftarda qayd etib boriladi.
20. Kotib fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) yoki Komissiya bayoni asosida har oyning 1 (birinchi) kunigacha qo‘rg‘on, qishloq, ovul yoki mahalla bo‘yicha oilalarga moddiy yordam to‘lash vedomostini tuzadi va xalq bankining tegishli bo‘limiga taqdim etiladi.
Kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordamni to‘lash vedomosti qat’iy hisobda turadigan blank hisoblanadi va nusxa ko‘chirish qog‘oz vositasida ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa kotib tomonidan xalq bankining tegishli bo‘limiga topshiriladi, ikkinchisi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida pul hujjatlari qatorida alohida yig‘majildda saqlanadi.
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni mablag‘ bilan ta’minlash mahalliy moliya organlari tomonidan, to‘lov oyining birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi va oyning 15-kunida yakunlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘lov topshiriqnomalarini xalq bankining tegishli bo‘limlariga mablag‘larning kelib tushishiga ko‘ra taqdim etadilar.
Arizachilarga pullarni berish har oyning birinchi kunidan boshlab, vedomost bo‘yicha, xalq bankining maxsus schyotlar ochilgan bo‘limlarida amalga oshiriladi. Oluvchi tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘lar keyingi oyda navbatdagi yordam puli bilan birga to‘lanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
21. Arizachi uzoq (bir oydan ko‘proq) vaqt bo‘lmagan yoki vafot etgan hollarda moddiy yordam oilaning balog‘atga yetgan boshqa a’zosiga to‘lanishi mumkin, bunda yordamni olish uchun mazkur holatlar sodir bo‘lgan kundan boshlab bir oydan kechikmay murojaat qilingan bo‘lishi kerak.
22. Oilaga moddiy yordam to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
moddiy yordam to‘lash muddati tugaganda;
yordam ko‘rsatilayotgan oilaning moddiy ahvoli o‘zgarganda;
doimiy yashash joyi o‘zgarganda.
oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida buzib ko‘rsatilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlanganda, agar ushbu ma’lumotlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordam to‘loviga ajratilgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan foydalanilmagan mablag‘lar yil tugagach olib qo‘yilmaydi va ular fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) yoki Komissiya qaroriga binoan aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirishga, gazlashtirishga, suv bilan ta’minlashga, shuningdek boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
24. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning to‘g‘ri hisoblanishini, o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
“Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎_______________________________

‎‎(qo‘rg‘on, qishloq, ovul va mahalla)‎ ‎ ‎

_______________________________‎‎
‎‎‎ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi‎

‎‎‎‎
‎Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan oilaning daromadlarini va mulkiy ahvolini tekshirish‎

‎‎DALOLATNOMASI‎

‎‎Komissiya raisi ______________________________________________‎_______________‎‎‎ ‎‎
‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi)‎‎‎
‎‎‎‎Komissiya a’zolari: _______________________‎______________________‎_____________
‎‎‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi)‎‎‎ ‎
_________________________________________________________________
‎ _________________________________________________________________
‎‎dan iborat tarkibdagi komissiya‎
‎‎______________________________‎___________________________________________ ga‎‎

‎‎‎‎(qishloq, qo‘rg‘on, ovul, mahallaning o‘zini o‘zi boshqarish organining to‘liq nomi)‎

‎‎‎‎oilasiga har oylik moddiy yordam tayinlashni so‘rab 199 ___ yil “ ____ ” _______________ da (‎‎ariza berilgan vaqt)‎ ‎ murojaat qilgan
‎‎
‎____________________________________________________________________‎ yashovchi ‎___________________________________________________________________________ ‎_____________________________________________ ning oilasini tekshiruvdan o‘tkazdi.

‎Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:‎
‎‎‎‎1. _________________________________________________ ning oilasi ______________

‎‎‎‎‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎____________________________________________________________________ da birga‎ ‎‎‎yashovchi va birgalikda umumiy xo‘jalik yurituvchi
‎‎_____________________________________________________________ kishidan iborat.‎

‎‎(so‘z bilan)‎

‎‎‏‏‎2. Oilada doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ro‘yxatga ‎olinmagan _______ kishi bor (yo‘q), ulardan _______ kishi bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan shug‘ullanuvchi ayollar, _________ kishi 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilardir.‎
‎‎‎‎3. Oilaning tekshiruv vaqtidagi jami daromadi bir oy ‎hisobiga ______________________ ___________________________________________________ so‘mni tashkil qiladi. ‎

‎‎(so‘z bilan)‎ ‎

‎‎Shu jumladan:‎
barcha oila a’zolarining ish haqi ____________________________________‎‎‎____________‎‎‎‎‎‎‎
oila a’zolarining pensiyasi ____________________________________‎‎‎________________‎‎‎‎
oila a’zolarining stipendiyasi ____________________________________‎‎‎_____________‎
oila a’zolarining nafaqalari ____________________________________‎‎‎______________‎
pul daromadlarining boshqa turlari __________________________________‎‎‎___________‎‎‎
shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olinishi mumkin‎‎ bo‘lgan daromadning ‎miqdori _____________ ___________________________________________________________________________ ‎ ‎
‎‎4. Tomorqa xo‘jaligi __________________________________________________ gektarni, ‎qoramollar _____ boshni, qo‘y va echkilar _____ boshni, parrandalar ______ boshni tashkil qiladi.‎
5. Oilada ___________________________________________________________________‎

‎‎(dala hovli, avtomobil, traktor, mototsikl, zeb-ziynat buyumlari) ‎

‎‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________bor.‎

‎‎Oilaning moddiy yordamga muhtojlik darajasi to‘g‘risida komissiya xulosasi‎ ‎

‎‎Komissiya _________________________________________________________ oilasining‎ ‎

‎‎(arizachining F. I. O.)‎‎‎

‎‎‎‎daromadlarini va mulkiy ahvolini hisobga olib uni:‎
‎‎‎‎a) har oyda _____________________________________________________ so‘m miqdorida moddiy ‎yordamga muhtoj deb hisoblaydi;
‎‎‎‎b) muhtoj emas deb hisoblaydi va moddiy yordam tayinlashni rad etishni tavsiya qiladi.
‎‎‎‎Moddiy yordam tayinlashni rad etishning boshqa sabablari: ___________________________________________________________________________ ‎___________________________________________________________________________
‎‎Komissiya raisi: ____________________‎

‎‎_______________________________‎

(imzo)‎ ‎

‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎Komissiya a’zolari: _________________‎

_______________________________‎‎

(imzo)‎ ‎‎

‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎____________‎ ‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎

‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎____________‎ ‎‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎ �

‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎ ‎‎

____________

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎ ‎‎

‎‎199 ____ yil “ ____ ” ______________‎
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
“Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎______________________________________________________ fuqarolarning

(qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahallaning nomi)‎‎

199 ___ yil “ ____ ” ____________ dagi yig‘ini (yig‘ilishi)ning‎‎‎

‎-SON BAYoNI‎

“Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga amal qilib, fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) _________________________
‎___________________________________________________________________ da yashovchi fuqaro__‎‎________________________‎‎__________________________________________ning

‎‎‎‎(ariza beruvchining F. I. O.) ‎

‏‎‎arizasini ko‘rib chiqib va moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan oilaning daromadlari hamda mulkiy ahvolini tekshirish dalolatnomasi ‎‎bo‘yicha komissiya xulosasi asosida, bevosita va ochiq ovoz berish yo‘li bilan‏‎

qatnashganlar: _________________________

kishi‎

ovoz berganlar: _______________________

kishi,‎‎

ma’qullaganlar: _______________________‎

kishi,‎‎

qarshilar: ____________________________‎

kishi,‎‎

betaraflar: ___________________________‎

kishi,‎‎

oddiy ko‘pchilik ovozi bilan‎

‎‎QAROR QILADI:‎

a) Fuqaro _____________________________________‎‎____________________________ ning

(arizachining F.I.O.) ‎

oilasi kam ta’minlangan oila deb hisoblansin va unga olti oy ‎muddat bilan _____________________________________ so‘m miqdorida moddiy yordam tayinlansin;‎‎‎

‎‎(so‘z bilan)‎

b) Fuqaro ______________________________________________ oilasiga quyidagi sabablar

(arizachining F.I.O.)

‎tufayli moddiy yordam tayinlash rad etilsin:‎‎_______________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(rad etish sabablari aniq ko‘rsatiladi)

Yig‘in (yig‘ilish) raisi (oqsoqoli) __________

(__________________________)‎

(imzo)‎

‎(F.I.O.) ‎

Yig‘in (yig‘ilish) raisi (oqsoqoli)ning _____‎_‎

(__________________________)‎ ‎

(imzo)‎ ‎

‎(F.I.O.) ‎ ‎

(Muhr)‎

(2-ilova “a” bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-apreldagi 87-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 184-modda)