O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda ilm-fanni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar sifatini oshirish, oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlar
1. Ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadlari Fanlar akademiyasining iqtisodiyot sohalari uchun qo‘shilgan qiymat yaratishdagi ishtirokini kengaytirish, quyidagilarni amalga oshirish orqali uning faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi:
(a) Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar 1-ilovada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish;
(b) 2030-yilga qadar Fanlar akademiyasi va uning tizim tashkilotlarida:
(i) yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga;
(ii) ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha;
(iii) nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar sonini 4 baravarga;
(iv) akademiklar va professorlarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini 5 baravarga;
(v) xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga oshirish;
(v) xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy diasporani O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilish;
(g) Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — ilmiy muassasalar) raqobat tamoyili asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tish;
(d) yoshlarning akademik fanlarda ishtirokini kuchaytirish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini yaratish.
II. Real iqtisodiyot tarmoqlariga yangi ishlanmalar joriy etishni tubdan isloh qilish
2. Ilm-fan va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani kuchaytirish, Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fan va sanoat integratsiyasi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Integratsiya kengashi) tashkil etilsin.
3. Belgilab quyilsinki, Integratsiya kengashi:
(a) iqtisodiyot tarmoqlariga mas’ul vazirlik, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, ilmiy muassasalar vakillaridan iborat bo‘ladi hamda uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
(b) tegishli tarmoq korxona va tashkilotlarining yaqin va o‘rta hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi, muhokama qiladi va tasdiqlaydi;
(v) iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy yechim talab etadigan muammolar ro‘yxatini shakllantiradi, uni ilmiy muassasalar o‘rtasida taqsimlaydi hamda ularni moliyalashtirishning manbalarini ko‘rsatgan holda davlat tomonidan kafolatlanadigan buyurtmani belgilaydi;
(g) ijobiy baholangan loyihalarni ilmiy muassasalar ilmiy-texnik dasturlariga kiritadi hamda ularning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladigan amaliy va innovatsion grantlar tanlovi dasturlarida ustuvor mavzu sifatida belgilanishini ta’minlaydi;
(d) ilmiy muassasalarda mavjud yangi ishlanmalarning taqdimotini ko‘rib chiqadi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, ularni real iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etishning aniq chora-tadbirlar dasturini belgilaydi.
4. Fanlar akademiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda materialshunoslik, genetika, nanotexnologiyalar ixtisosliklarida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar grant dasturlariga qo‘shma loyihalar tayyorlash ishlarini amalga oshirsin.
5. 2026-yildan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi barcha ilmiy loyihalarning sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga asosan hamrais nomzodi kiritiladi.
III. Fanlar akademiyasi va uning ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish
6. Quyidagilar:
(a) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2030-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
(v) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilab quyilsinki, Fanlar akademiyasida:
(a) boshqaruv apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 nafar etib belgilanadi;
(b) umumiy boshqaruv apparati xodimlari doirasida bir nafar prezidentning moliyaviy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritiladi;
(v) prezidentning moliyaviy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
8. Fanlar akademiyasi:
(a) 2026-yil 1-apreldan boshlab o‘z tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) va ilmiy muassasalar faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etsin. Bunda:
(i) ilmiy muassasalar reytingi yil yakuni bo‘yicha kompleks indikatorlar asosida aniqlanadi va “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratiladi;
(ii) reytingdagi toifasidan kelib chiqib, ilmiy muassasalarning yangi loyihalari qo‘shimcha moliyalashtiriladi, ular uchun yangi laboratoriya va bo‘limlar tashkil etiladi yoki shtat birliklari boshqa ilmiy muassasalarga o‘tkazilgan holda yopiladi;
(iii) ilmiy xodimlar uchun KPI ularning faoliyat natijadorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ballar asosida baholanadi;
(b) 2026-yil 1-martga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy muassasalar faoliyatini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, istiqbolsiz va samaradorligi past bo‘lgan mavjud ilmiy yo‘nalishlar hamda laboratoriyalar sonini maqbullashtirish orqali yangi ilmiy guruh va laboratoriyalar tashkil etsin;
(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Fanlar akademiyasining yangilangan ustavini ishlab chiqsin:
(i) Umumiy yig‘ilish va Direktorlar kengashining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, ularning takrorlanuvchi funksiya va vazifalarini qisqartirish;
(ii) Umumiy yig‘ilishning ahamiyatini oshirish, akademiklar faolligini kuchaytirish;
(iii) ilmiy muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibini, shuningdek, yosh chegaralarini aniq belgilash. Bunda, nomzodlar 5 yil muddatga tayinlanadi hamda lavozimni ketma-ket 2-martadan ortiq egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasining:
(a) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazini Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish;
(b) hududlarda ilm-fanni rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlarini (keyingi o‘rinda — hududiy bo‘linmalar) tashkil etish;
(v) Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisini (keyingi o‘rinlarda — Mintaqaviy ofis) tashkil etish;
(g) Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazini Antropologiya instituti deb qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
10. Belgilansinki:
(a) hududiy bo‘linmalar:
(i) yuridik shaxs hisoblanmaydi va Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritadi;
(ii) xodimlarining umumiy cheklangan soni 3 nafar etib belgilanadi hamda 5-ilovada ko‘zda tutilgan shtat birliklari Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish doirasida shakllantiriladi;
(iii) rahbari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tegishli hududiy oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilotlarning rahbarlari orasidan tanlab olinadi;
(iv) hududiy oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilotlarning bino va inshootlariga joylashtiriladi, ularni saqlash hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarini qoplash tegishli oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(v) ilmiy-tadqiqot ishlarini Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja doirasida amalga oshiradi;
(b) Mintaqaviy ofis:
(i) Fanlar akademiyasi tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linma hisoblanadi;
(ii) 2 ta shtat birliklaridan iborat bo‘ladi. Bunda mazkur shtat birliklari Fanlar akademiyasiga mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq ko‘zda tutilgan shtatlar doirasida ajratiladi;
(iii) Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati binosida joylashtiriladi va uning faoliyati uchun zarur sharoitlar Fanlar akademiyasi tomonidan ta’minlanadi;
(iv) Fanlar akademiyasi prezidenti hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan kelishilgan holda Xalqaro ilm-fan kengashi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rahbar tomonidan boshqariladi.
IV. Ilmiy xodimlarni rag‘batlantirish hamda ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
11. Fanlar akademiyasi:
(a) bir oy muddatda ilmiy muassasalarning noyob obyektlari ro‘yxatini shakllantirsin va ularni tegishli institutlar tarkibiga kiritsin;
(b) uch oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda noyob obyektlar biriktirilgan institutlarga shtat birliklarini ajratish me’yorlari hamda xodimlar ish haqi miqdorlarini tasdiqlasin.
12. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) ilmiy muassasalar tomonidan reagent, reaktiv, sarflov materiallari va butlovchi qismlar xaridi davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portaliga kamida ikki ish kunida e’lonni joylashtirish hamda Xarid komissiyasi tomonidan salohiyatli yetkazib beruvchining taklifini yoki ofertasini “taklif so‘rovi” tartiboti asosida o‘rganish orqali amalga oshiriladi;
(b) Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqlari ilmiy muassasalarning rahbar va ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
13. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
14. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(a) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 80 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar;
(b) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
(v) jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy homiylarning xayriya mablag‘lari;
(g) xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari;
(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Quyidagilar:
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari uchun Fanlar akademiyasi jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan moddiy rag‘batlantirishning turlari 6-ilovaga muvofiq;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladigan xarajatlar yo‘nalishlari 7-ilovaga muvofiq;
(v) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
16. Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar ilmiy muassasalarni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Belgilansinki:
(a) Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari sonini yilma-yil oshirish va Jamg‘armaga har yili Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlarni qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi;
(b) mazkur qarorda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Adliya vazirligi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda olimlar tomonidan taklif etilayotgan va yaratilgan ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun intellektual mulkni baholash tizimini yo‘lga qo‘ysin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
22. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-dekabr,
PQ-390-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
1-ILOVA
Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari
1. Biotexnologiya va gen muhandisligi — tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida biotexnologiyalarni qo‘llash, preventiv va personallashtirilgan tibbiyot, sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan genom texnologiyalari va farmatsevtika yechimlarini ishlab chiqish;
2. Aqlli materiallar va nanotexnologiyalar — energetika, sog‘liqni saqlash, mashinasozlik va elektronika kabi ustuvor tarmoqlar uchun funksional va moslashuvchan materiallarni yaratish;
3. Sun’iy intellekt, Big Data va kvant texnologiyalari — sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya va iqtisodiyot sohalarida qo‘llash uchun intellektual algoritmlarni rivojlantirish;
4. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi, yashil texnologiyalar — quyosh, shamol va vodorod energetikasi kabi barqaror va ekologik xavfsiz energetik tizimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda resurs tejamkor va chiqindisiz texnologiyalar uchun ilmiy asoslar yaratish;
5. Tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurashish hamda toza suv — tuproq xaritalarini yaratish, yer resurslaridan barqaror foydalanish, hosildorlikni tiklash, agrar sektorni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, suv tanqisligi sharoitida oqilona suv boshqaruvi va tozalash texnologiyalarini ilmiy asoslash;
6. Yadroviy fan va radiatsion texnologiyalar — yadroviy va radiatsion usullarni tibbiyot, sanoat va qishloq xo‘jaligida xalqaro xavfsizlik standartlariga mos ravishda ishlab chiqish va qo‘llash;
7. Raqamli tabiat — ekotizimlarni monitoring qilish, bioxilmaxillikni raqamli modellash va ilmiy ma’lumotlarga asoslangan tabiatni muhofaza qilish yechimlarini joriy etish;
8. Seysmik xavfsizlik — geodinamik jarayonlarni o‘rganish, seysmik hodisalarni monitoring qilish va bashoratlash tizimlarini yaratish orqali tabiiy xatarlarni kamaytirish;
9. Milliy tarix va jamiyat — arxeologik obyektlar va madaniy landshaftlarni tadqiq qilish, jamiyat tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosining ilmiy targ‘ibotini kuchaytirish;
10. Ma’naviy meros va raqamli qo‘lyozma — tarixiy qo‘lyozmalar, arxivlar va kolleksiyalarni tadqiq etish va raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda til, adabiyot va san’atning raqamli resurslarini yaratish orqali raqamli bilimlar bazasini kengaytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

Xalqaro konsalting kompaniyalar ishtirokida ilm-fan uchun istiqbolli yo‘nalishlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy konsultantlar bilan shartnoma tuzish.

2026-yil may

Fanlar akademiyasi jamg‘armasi mablag‘lari

(keyingi o‘rinda — Jamg‘arma)

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

3. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini umumiy yig‘ilishda tasdiqlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

2.

Tarmoq korxonalari bilan ishlash bo‘yicha Fan va sanoat integratsiyasi kengashini tashkil etish.

1. Sanoat tarmoqlarida ilmiy yechimlar talab etiladigan muammolar portfelini shakllantirish.

Har yili yanvar oyida

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kengash tomonidan tegishli tarmoq korxona va tashkilotlarini rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda loyihalarni shakllantirish.

Har yili fevral, oktabr oylarida

3. Loyiha mavzularini Fanlar akademiyasining ilmiy-texnik dasturlariga kiritish.

Yil davomida

4. Loyiha mavzularini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladigan amaliy va innovatsion grantlar tanlovi dasturlarida ustuvor mavzular sifatida belgilash.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

3.

Tarmoq korxonalari bilan ishlash bo‘yicha Fan va sanoat integratsiyasi kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Integratsiya kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun nizom hamda kengash tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Integratsiya kengashining faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun nizom hamda kengash tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil mart

4.

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

1. Ilmiy tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2026-yil fevral

-

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilmiy tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish:

ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish;

zamonaviy tadqiqot uslublari va yo‘nalishlarini kengaytirish;

yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytirish;

istiqbolli ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratish va ularni tijoratlashtirish;

boshqaruv tizimini takomillashtirish.

2026-yil mart

3. Ishlab chiqilgan tashkilot strategiyasini ilmiy jamoada, xorijiy mutaxassislar, akademiklar ishtirokida Fanlar akademiyasi bo‘linmalari byurosida muhokama qilish;

2026-yil aprel

4. Ilmiy tashkilotni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.

2026-yil may

5.

Ilmiy tashkilotlar reyting tizimini va quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oluvchi ilmiy xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning KPI ko‘rsatkichini joriy etish:

xalqaro retsenziyalanadigan nashrlar;

patent va litsenziyalar soni;

tijoratlashtirish, grantlar, tarmoq bilan shartnomalar;

ilmiy rahbarlik va boshqalar.

1. Ilmiy tashkilotlar va ilmiy xodimlarning faoliyatini reyting baholash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2026-yil mart

-

Fanlar akademiyasi,

Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar rahbarlari

(keyingi o‘rinda — ilmiy muassasalar rahbarlari)

2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy xodimlar asosiy ilmiy faoliyatining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda ularning faoliyatini reyting baholash va rag‘batlantirish tizimi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

3. Reyting baholash tizimini va KPI ko‘rsatkichini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash va uning asosida ilmiy tashkilotlarda har yil ilmiy xodimning lavozimiga loyiqlik masalasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilish.

2026-yil may

6.

Ilmiy tashkilotlarda raqobat muhitini shakllantirish uchun budjet hisobidagi ilmiy tashkilotlar rahbar xodimlari lavozimlariga har besh yilda vakansiya e’lon qilib, tanlov orqali ishga qabul qilish mexanizmini joriy qilish.

1. Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan rahbar xodimlar lavozimlari uchun shaffof va qonuniy asosda raqobatbardosh tanlov o‘tkazish shartlarini ko‘rsatuvchi talablar bo‘yicha taklif tayyorlash.

2026-yil aprel

Talab etilmaydi

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari

2. Rahbar xodimlar lavozimlariga vakansiya e’lon qilish va ularni tanlov orqali ishga qabul qilish tartibini belgilaydigan hujjatlarni Direktorlar kengashida muhokama qilish va Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.

2026-yil iyun

3. Har besh yilda rahbar xodimlar lavozimlari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini ommaviy axborot vositalari, institut veb-sayti va tegishli platformalar orqali e’lon qilish.

Har 5 yilda

7.

Hududlarda akademik fanni takomillashtirish va mavjud ilmiy salohiyatni mahalliy ehtiyojlarga yo‘naltirish.

1. Akademik fanni rivojlantirish, mavjud ilmiy salohiyatni hududlarning dolzarb masalalarini yechishga yo‘naltirish maqsadida Fanlar akademiyasining Samarqand, Namangan va Termiz hududiy bo‘limlarini tashkil etish.

2026-yil may

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

2. Mahalliy hokimiyatlar ishtirokida hududiy bo‘linmalarning asosiy vazifalarini dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni ilmiy yondashuvlar asosida hal etishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ish rejasini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.

2026-yil avgust

8.

Mintaqaviy va hududiy bo‘limlarni rivojlantirish, zamonaviy talablar darajasida tadqiqotlarni o‘tkazish, mahalliy iqtidorli yoshlarni tadqiqot ishlariga keng jalb qilish maqsadida xodimlarning 3 oygacha ikki tomonlama xizmat safarlarini tashkil etish.

1. Mintaqaviy va hududiy bo‘linmalarning ilmiy salohiyati, moddiy-texnika bazasi, mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish.

Har yili fevral oyida

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

2. Ilmiy tashkilot xodimlari tomonidan xizmat safari doirasida bajariladigan vazifalarni moliyalashtirish masalalarini Fanlar akademiya Prezidiumida ko‘rib chiqish.

Doimiy

9.

Mamlakatda biotexnologiyalarni 2035-yilgacha rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

1. Mas’ul vazirlik va idoralar ishtirokida idoralararo ishchi guruh tuzish.

2026-yil yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

2. Mutaxassislar, tarmoq korxonalari va ekspertlar ishtirokida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2026-yil avgust

3. Tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

10.

Fanlar akademiyasi Botanika instituti va uning tasarrufidagi akademik N.F. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining ilmiy-amaliy faoliyatini tubdan takomillashtirish.

1. Botanika bog‘ining ilmiy-amaliy faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzish.

2026-yil fevral

-

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

 global iqlim o‘zgarishi fonida o‘simliklar xilmaxilligini o‘rganish va muhofaza qilish;

 O‘zbekiston milliy gerbariysi fondini Markaziy Osiyo o‘simlik turlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik ilmiy kolleksiya sifatida uning xalqaro nufuzini yanada oshirish;

 “Yashil makon” umummilliy loyihasining ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash.

2026-yil may

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

11.

“Toshkent Farma park” farmatsevtika klasteri hududida molekulyar genetika, biomeditsina va hujayra biobanki bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshiruvchi milliy “BioMe” markazini tashkil etish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Markazni tashkil etish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

2026-2027-yillar

-

Fanlar akademiyasi,

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

II. Ilmiy nashrlar va jurnallarni chop etish faolligini oshirish

12.

Fanlar akademiyasining ilmiy jurnallari faoliyatini takomillashtirish.

1. Jurnallardagi ilmiy maqolalar sifatini, taqriz tizimi va nashr etish jarayonini tahlil qilish.

2026-yil yanvar — iyun

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Jamg‘arma mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi,

Fanlar akademiyasi tizimidagi jurnal tahririyatlari

2. Fanlar akademiyasi va uning ilmiy tashkilotlari nashr qilayotgan jurnallar tahrir hay’atiga yetakchi xorijiy olimlarni jalb qilish.

Doimiy

3. Jurnal nashrlarining elektron arxivlarini shakllantirish.

Doimiy

4. Jurnallarni umume’tirof qilinadigan va boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritish.

2027-yildan boshlab

13.

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining faoliyatini baholash uchun ilmiy faoliyatni baholashning metrik tizimini tashkil etish.

1. Ilmiy faoliyatni baholash tizimini joriy etish maqsadida mutaxassisni jalb etgan holda ishchi guruh shakllantirish.

2026-yil fevral

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi

2. Ishchi guruh tomonidan maqsad va vazifalarni belgilash, ilmiy maqolalar, patentlar, ilmiy grantlar bo‘yicha ma’lumotlarni Fanlar akademiyasining “Fan-portali” axborot tizimida yig‘ish va reytingini shakllantirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

2026-yil iyul

3. Fanlar akademiyasining “Fan-portali” axborot tizimi elektron platformasini takomillashtirish.

2026-yil avgust

4. Elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tashkilotlar reytingini tuzish.

Har yili yanvar oyida

14.

Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga obunani tashkil etish.

1. Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarini o‘rganish va Fanlar akademiyasi faoliyatiga kerakli bo‘lganlarini aniqlash.

2. Aniqlangan xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga obunani tashkil etish.

2026 — 2030-yillar

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi

III. Ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish

15.

Oliy ta’lim tashkilotlarida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda fan yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish.

1. Mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha bir yilga mo‘ljallangan oliy ta’lim tashkilotlari kesimida reja-jadvalni ishlab chiqish.

2026-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari,

homiylar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Tinglovchi va ishtirokchilarni jalb qilish uchun reja-jadvalni internet tarmog‘iga joylashtirish.

Har yili yanvar oyida

3. O‘tkazilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, mavzuga oid vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ilishlarda muhokama qilish.

Doimiy

16.

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining oliy ta’lim tashkilotlari bilan samarali integratsiyasini yo‘lga qo‘yish.

1. Fanlar akademiyasi yetakchi olimlarining oliy ta’lim tashkilotlarida ma’ruzalar o‘qish, magistrlik tadqiqotlariga rahbarlik qilish ishlarini tashkil etish.

2. Iqtidorli talabalarni ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlariga jalb etish.

3. Magistrlik dissertatsiya tadqiqotlarini ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlariga mos ravishda o‘tkazish.

Doimiy

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari

17.

Oliy ta’lim tashkilotlari bilan ilm-fanning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil qilish, o‘tkazish hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-o‘quv markazlariga video (onlayn) translyatsiyani ta’minlash.

1. Oliy ta’lim tashkilotlari bilan ilm-fanning dolzarb masalalari bo‘yicha har chorakda kamida uch marta ilmiy seminarlar o‘tkazish dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2. Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar tomonidan seminarlarni tasdiqlangan dastur asosida tashkil etish.

2026-yildan boshlab

-

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

IV. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

18.

Xorijdagi yetakchi olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga hamkorlik uchun jalb qilishni samarali tashkil etish.

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy tashkilotlarning yetakchi xorijiy turdosh ilmiy muassasalar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

2. Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq har bir ilmiy tashkilotlarning xorijiy turdosh ilmiy muassasalar bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va kengaytirish.

3. Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlariga maslahatchi va yetakchi olimlar sifatida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Muntazam ravishda

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

19.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandosh olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish.

1. Fanlar akademiyasi jamg‘armasi nizomiga reintegratsiya grantlariga mablag‘ ajratish mexanizmini joriy etish bo‘yicha alohida band kiritish.

2026-yil aprel

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Vatandosh olimlarni Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritishi uchun ikki yilga mo‘ljallangan grantlar tanlovini o‘tkazish.

2026-yil oktabr

3. Reintegratsiya grantlari tanlovi g‘oliblari bilan shartnomalar tuzish.

2026-yil dekabr

20.

Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish.

1. Ilmiy tashkilotlar tomonidan o‘zining fan yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy nufuzli oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2. Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2026-2027-yillar

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari

21.

Xorijdagi yetakchi ilmiy markaz va nufuzli universitetlar bilan qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish.

1. Xorijiy olimlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadqiqotlar dasturini kelishish.

2. Xorijdagi yetakchi ilmiy markaz va nufuzli universitetlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish uchun grant tanlovini o‘tkazish.

3. Xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish.

2026-yildan boshlab doimiy

Xalqaro grantlar,

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari

22.

Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi faoliyatini tashkil qilish.

1. Mintaqaviy ofis rahbari bo‘yicha taklifni tayyorlash va Xalqaro ilm-fan kengashiga taqdim etish.

2026-yil yanvar

-

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

 

2. Mintaqaviy ofis xodimlarining ish haqi va xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha shartnoma tuzish.

Mintaqaviy ofis rahbari tayinlangach bir oy muddatda

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari,

xorijiy grant mablag‘lari,

Jamg‘arma mablag‘lari

 

3. Mintaqaviy ofisni Fanlar akademiyasi binosiga joylashtirish va zarur ofis, kompyuter hamda texnika jihozlari bilan ta’minlash.

Mintaqaviy ofis rahbari tayinlangach ikki oy muddatda

 

23.

Jahon Fanlar akademiyasi (TWAS) bilan hamkorlikni kuchaytirish.

1. 2026-yil Jahon Fanlar akademiyasi mintaqaviy a’zolari ishtirokida konferensiya o‘tkazish.

2026-yil davomida

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

ilmiy muassasalar rahbarlari

2. Jahon Fanlar akademiyasi bosh assambleyasining 2029-yildagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish.

2029-yil davomida

3. Qo‘shma TWAS-O‘zbekiston dasturlarini yo‘lga qo‘yish (tanlovlar, stipendiya, mukofotlar).

Reja asosida

V. Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

24.

Davlat xaridlari platformasida ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish bo‘limini tashkil qilish. Bunda “mahsulot toifasi”ga “ilmiy tadqiqotlar”ni yaratish va unga ilmiy tashkilotlarning muayyan xizmat kalkulyatsiyasini kiritish orqali xizmat ko‘rsatish.

1. Platformada ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun mutaxassislardan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirish.

2026-yil fevral

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish bo‘limini tashkil qilish.

2026-yil sentabr

25.

Fanlar akademiyasida ilmiy mahsulotlarni patentlash, tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘yicha vazifalarni amalga oshiruvchi autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish xizmatlarini xarid qilish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Jahon bankining “Munis” loyihasidagi mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Texnologiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish uchun tender e’lon qilish (loyihalarni tahlil qilish, investitsiya jalb etish, litsenziyalarni sotish, spin-off korxonalarni ishga tushirish va boshqalar).

2026-yil fevral

3. Tender savdolarini o‘tkazish.

2026-yil mart

26.

Beshta yo‘nalish: bioinjiniring, nanoinjiniring, materiallar injiniringi, energetik injiniring va kimyo injiniringi bo‘yicha ilmiy injiniring markazini tashkil etish.

1. Ilmiy injiniring markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil may

Talab etilmaydi

Fanlar akademiyasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Xalqaro moliya institutlaridan mablag‘ jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil avgust

3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

27.

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining laboratoriyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan dastur qabul qilish.

1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish.

2026-yil iyul

-

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

3. Moddiy-texnika bazani takomillashtirish bo‘yicha loyihani vazirliklar, idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

28.

Ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyalashtirish tizimlarini takomillashtirish.

1. Ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlarini tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga muhtoj yo‘nalishlar va ekspeditsiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ilmiy ekspeditsiyalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni aniqlash.

3. Ilmiy ekspeditsiyalar, dala tadqiqotlari, tajribalari va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2026-yildan doimiy

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Botanika va zoologiya institutlarining yangi binolarini qurish va jihozlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

1. Botanika va Zoologiya institutlarining moddiy-texnika bazalarini va biologik kolleksiyalarining sharoitlarini o‘rganish.

2026-yil fevral

-

Fanlar akademiyasi

2. Botanika va Zoologiya institutlari uchun zamonaviy yangi binolar qurish maqsadida Fanlar akademiyasiga tegishli hududlardagi bo‘sh yer maydonlarini aniqlash.

2026-yil mart

3. Botanika va Zoologiya institutlarining yangi binolarini qurish va jihozlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil may

VI. Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish

30.

Fanlar akademiyasi huzuridagi Yosh olimlar kengashi faoliyatini tubdan takomillashtirish.

1. Yosh olimlar kengashining mavjud vazifalari, tuzilmasi va faoliyatini tahlil qilish, Kengash faoliyatining natijalari va samaradorligini baholash yakuni bo‘yicha Kengash tuzilmasi va ish jarayonini qayta shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Fanlar akademiyasi

2. Akademiklar va yetakchi olimlar bilan yosh olimlar muloqotini kuchaytirish, ular uchun forumlar, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruhlar tashkil qilish.

Reja asosida

3. Kengash faoliyati bo‘yicha yosh olimlar orasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

Reja asosida

4. Kengash hisobotini Fanlar akademiyasi Prezidiumida eshitib borish.

Har yili yanvar oyida

31.

Yosh olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy faoliyatiga jalb etishni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. Yosh olimlarni ilmiy faoliyatga jalb etishni kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2026-yil may

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Yosh olimlarning ilmiy malakasini oshirish maqsadida akademik va amaliy treninglar, seminarlar hamda vorkshoplar tashkil etish.

3. Davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish.

4. Yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari uchun tanlovlar va ko‘rgazmalar tashkil etish, baholash uchun milliy va xalqaro tanlovlar o‘tkazish.

5. Yosh olimlarning ishlanmalari va tadqiqotlarini keng ommaga taqdim etish uchun konferensiyalar va forumlar tashkil qilish.

6. Ilmiy tadqiqotlarda alohida yutuqlarga erishgan yoshlarga maxsus mukofotlar berish.

Reja asosida

32.

Yoshlar va yosh olimlar ishtirokidagi ekoxakaton (Botanika bog‘ida) tashkil qilish.

1. Botanika bog‘i hududida ekologik muammolarga bag‘ishlangan xakaton tashkil etish, unga talabalar, yosh olimlar, startap jamoalari va ekspertlarni jalb etish.

2. Muammolarni yechish uchun amaliy loyihalar, prototiplar va raqamli yechimlar ishlab chiqish jarayonini mentorlar va ekspertlar ishtirokida yo‘lga qo‘yish.

3. G‘olib loyihalarni tanlab, ularni mukofotlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yildan boshlab reja asosida

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

33.

Yosh olimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

1. Yosh olimlarni turarjoy bilan ta’minlash maqsadida yangi tadqiqotchilar uchun turarjoy qurish taklifini ishlab chiqish va 2027-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.

2026-yil aprel

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yosh olimlar va ularning oilalari uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish.

2026-yil iyun

VII. Ilmiy natijalarni keng muhokama qilish va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil etish

34.

Fanlar akademiyasi olimlarining ilmiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib borish.

1. Axborot tarqatish bo‘yicha mas’ul guruhni tashkil etish.

2. Xalqaro ilmiy axborot tarqatish tizimlarini o‘rganish va ular bilan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yish.

3. Gazeta va jurnallar bilan tezkor axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yish.

4. OAV vakillari uchun matbuot anjumanlari, ochiq eshiklar kunini tashkil qilish.

Doimiy

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar

35.

Fanlar akademiyasining ilm-fan targ‘ibot markazi zamonaviy uslubda faoliyat yuritishi uchun uning faoliyatini tubdan takomillashtirish.

1. Ilm-fan targ‘ibot markazi negizida mediamarkaz tashkil etish va asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2026-yil mart

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mediamarkaz nizomini Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlash, bunda quyidagilarni asosiy vazifalari etib belgilash:

ilmiy-ommabop raqamli mediakontent ishlab chiqarish, zamonaviy formatda ijtimoiy tarmoqlarini boshqarish;

yoshlar, OAV, blogerlar va OTMlar bilan mediahamkorlikni rivojlantirish;

piar tadbirlari va kommunikatsion kampaniyalarni tashkil etish;

Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytini o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘z vaqtida yangilab borish.

2026-yil aprel

3. Mediamarkazni Fanlar akademiyasi axborot xizmatiga biriktirish.

2026-yil may

36.

Ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

2027-yil may

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“O‘zbekiston nashriyoti” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari hamda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2027-yil sentabr

“O‘zbekiston milliy qomusi”ni nashrga tayyorlash va chop etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish;

2027-yil oktabr

qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish;

qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil dekabr

37.

Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ularning Fanlar akademiyasi faoliyatiga qiziqishini oshirishga oid tizim yaratish.

1. Respublika bo‘ylab interaktiv uchrashuvlar, ma’ruzalar, savol-javob sessiyalari va ilmiy namoyishlardan iborat “ScienceXTalks” siklni tashkil etish.

2. Yoshlar ishlari agentligi, oliygohlar va yoshlar markazlari bilan hamkorlikda tadbirlarning logistikasi, ishtirokchilarni jalb etish va axborotlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

3. Tadbirlar asosida mediakontent tayyorlash (qisqa videolar, intervyular, podkastlar) va uni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashtirish.

2026-yildan boshlab doimiy

Fanlar akademiyasi jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

Fanlar akademiyasi

38.

Ilmiy faoliyatni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish.

1. Ilmiy-ommabop videolar, podkastlar, blog va ijtimoiy tarmoq loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ochiq mini-grantlar tanlovini (talabalar, blogerlar, OTM jamoalari, mediamahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun) e’lon qilish.

2. Mutaxassislar va mediaekspertlardan iborat tanlov komissiyasini shakllantirish, loyihalarni saralash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmlarini joriy qilish.

3. G‘olib loyihalarga moliyaviy yordam ajratish, yaratilgan mediakontentni Fanlar akademiyasi platformalari va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish, natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash.

2026-yildan boshlab doimiy

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

39.

Ilm-fan natijalarini aholiga, ayniqsa, yoshlarga kengroq tanishtirish maqsadida ilm-fan festivalini o‘tkazish.

1. Tadbirning ishchi guruhi, umumiy rejasi, budjet va tayyorgarlik ishlarini taqsimlash.

2. Ilm-fan festivalini o‘tkazish.

2026 — 2030-yillar reja asosida

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

40.

“Olima ayollar” sahifasini tashkil etish va ularning ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Olima ayollar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va “Olima ayollar” sahifasini tashkil etish.

2026-yil yanvar

Jamg‘arma mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi

2. Bazani muntazam ravishda yangilash va olima ayollar haqida yangi ma’lumot qo‘shish mexanizmini tashkil qilish.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2030-yilgacha
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI

T/r

Ko‘rsatkich (indikator) nomi

2026-y.

2027-y.

2028-y.

2029-y.

2030-y.

I. Ilm-fan va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

Iqtisodiyotning real sektori bilan birga tajriba-sinov markazlarini tashkil etish (soni)

2

4

6

8

10

2.

Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida mablag‘lar jalb qilish (mlrd so‘m)

70

100

140

180

210

3.

Amaliy tadqiqotlar natijasida yangi ilmiy ishlanmalarni yaratish (soni)

10

15

20

25

30

4.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi

47

46

45

44

43

5.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha maoshini oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)

1,2

1,4

1,6

1,8

2

II. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash

6.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

1046

1080

1100

1120

1150

Ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini oshirish (2025-yilga nisbatan, foiz)

40

45

50

55

60

7.

Yosh tadqiqotchilar soni (40 yoshgacha, 2025-yilga nisbatan, marta)

1,2

1,8

2

2,5

3

III. Ilmiy jurnallar nashr etish va materiallar e’lon qilish faolligini oshirish

8.

Monografiyalar va darsliklar soni (xorijiy va respublikada)

140

160

180

200

220

9.

“Web of Science” va “Scopus” ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar (soni)

840

920

1000

1080

1200

10.

Umume’tirof qilingan ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar (soni)

600

1000

1200

1800

2400

11.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar (soni)

500

550

600

650

700

IV. Ilmiy natijalar keng muhokama qilinishini tashkil etish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish

12.

Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish (soni)

18

20

22

25

30

13.

Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish (soni)

12

16

18

20

25

14.

Doimiy ishlaydigan ilmiy seminarlarni tashkil etish (soni)

30

31

32

33

36

15.

Doimiy ishlaydigan o‘quv seminarlarini tashkil etish (yosh tadqiqotchilar) (soni)

30

31

32

33

36

V. Fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish

16.

Ilmiy tashkilotlar xodimlarining oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonidagi ishtiroki

200

250

300

450

500

17.

Ilmiy tashkilotlar xodimlari va akademiklarning o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ta’lim jarayonidagi ishtiroki

250

370

400

420

500

18.

Ilmiy tashkilotlarda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari (soni)

250

300

350

400

450

19.

Ilmiy tashkilotlarda tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlar (soni)

250

300

350

400

450

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

20.

Xalqaro jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)

1,2

1,4

1,6

1,8

2

21.

O‘zbekiston va MDH davlatlari ilmiy tashkilotlari bilan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)

1,2

1,4

1,6

1,8

2

22.

Ilmiy tashkilotlar xodimlarining jahonning yetakchi ilmiy markazlarida malakasini oshirish (nafar)

150

180

220

250

300

23.

Ilmiy xodimlarning xorijiy olimlar bilan hammualliflikdagi maqolalari (soni)

200

250

300

350

400

VII. Moddiy-texnika bazani rivojlantirish

24.

Zamonaviy analitik asbob-uskuna bilan jihozlanganlik darajasi (foiz)

55

60

65

70

80

25.

Asbob-uskunalar uchun sarf materiallari bilan jihozlanganlik darajasi (foiz)

40

50

60

75

90

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish
REJASI

Yillar kesimida ilmiy xodimlar shtat birliklari soni

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

2028-yilda

2029-yilda

2030-yilda

Jami

O‘sishi

Jami

O‘sishi

Jami

O‘sishi

Jami

O‘sishi

Jami

O‘sishi

Jami

1 408

140

1 548

140

1 688

150

1 838

150

1 988

150

2 138

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hududiy bo‘limlarining
NAMUNAVIY SHTAT JADVALLARI

T/r

Lavozimlar nomi

Shtat birliklari soni

1.

Bo‘lim rahbari

Jamoatchilik asosida

2.

Yetakchi ilmiy xodim

1

3.

Katta ilmiy xodim

1

4.

Kichik ilmiy xodim

1

JAMI:

3

Izoh:
hududiy bo‘limlar quyidagi oliy ta’lim muassasalari bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi:
Samarqand viloyati bo‘limi — Samarqand davlat universiteti;
Namangan viloyati bo‘limi — Namangan davlat universiteti;
Surxondaryo viloyati bo‘limi — Termiz davlat universiteti;
hududiy bo‘limlarning shtat birliklari Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish doirasida ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
6-ILOVA
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlarini rag‘batlantirish
TURLARI
1. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlari uchun xodimlarning lavozim maoshiga 200 foizgacha miqdorda oylik rag‘batlantirish ustama to‘lovlari;
2. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlariga (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) ko‘p yillik ishlaganlik uchun quyidagi hajmda oylik ustama to‘lovlari:
(a) 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
(b) 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
(v) 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
(g) 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
(d) 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
(j) 20 yildan yuqori — 1,5.
Bunda ko‘p yillik ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari koeffitsiyentini hisoblashda mazkur xodimlarning Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlaridagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladigan xarajatlar
YO‘NALISHLARI
1. Xorijdagi iqtidorli vatandosh olimlarni O‘zbekistonga qaytib kelishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan reintegratsiya grantlarini tashkil etish.
2. Tayanch doktorantlar uchun nomli stipendiyalar hamda yosh tadqiqotchilar uchun grantlar va mukofotlar ta’sis qilish.
3. Ilmiy tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun innovatsion axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamli arxivlar va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish.
4. Ilmiy asbob-uskunalar, reagent, reaktiv, xomashyo, sarflov materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish.
5. Dolzarb ilmiy tadqiqot natijalariga oid monografiya va kitoblar chop etish.
6. Olimlarning malakasini oshirish uchun kurslar, seminarlar va treninglar tashkil etish.
7. Akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, xalqaro ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va chet el mutaxassislarini jalb qilish.
8. Fanlar akademiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, ularni xorijga xizmat safarlariga yuborish xarajatlarini qoplash.
9. Ochiq ma’ruzalar hamda ilmiy anjumanlar o‘tkazish, ilmiy-ommabop adabiyotlar nashr etish, ilmni targ‘ib qilishda raqamli platformalarni rivojlantirish, ilm-fanni ommalashtirish.
10. “Scopus”, “Web of science” va boshqa ma’lumotlar bazalariga obuna bo‘lish xarajatlarini qoplash hamda xalqaro tashkilotlarda vakillik xarajatlarini moliyalashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
TASHKILIY TUZILMASI

Umumiy yig‘ilish

Direktorlar kengashi

Boshqaruv apparati

Prezidium

Qoraqalpog‘iston bo‘limi

Yadro fizikasi instituti

A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti

Antropologiya instituti

Fundamental kutubxona

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti

Umumiy va noorganik kimyo instituti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti

“Inkom kapital qurilish” injiniring kompaniyasi

S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Tadqiqotchilar turarjoyi

Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti

Tarix instituti

“Fanum” o‘quv markazi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

Xorazm Ma’mun akademiyasi

San’atshunoslik instituti

“Fan” nashriyoti

“RT-70” radioobservatoriya

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti

Navoiy bo‘limi

Davlat va huquq instituti

“Labzak” mehmonxonasi

Materialshunoslik instituti

Samarqand bo‘limi

Botanika instituti

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Ilm-fan targ‘iboti markazi va “Fan va turmush” jurnali tahririyati

U.A. Aripov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

Namangan bo‘limi

F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Termiz bo‘limi

M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

Amir Temur nomidagi Ellikqal’a botanika bog‘i

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

Xalqaro ilm-fan kengashining mintaqaviy ofisi

Zoologiya instituti

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi

G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti

Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy- ishlab chiqarish markazi

S. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi

Genomika va bioinformatika markazi

Mikrobiologiya instituti

Energetika muammolari instituti

Immunologiya va inson genomikasi instituti

Ilg‘or texnologiyalar markazi

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisidan “fundamental, amaliy va” hamda “fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirib borish jadvalining “Ilmiy xodimlar shtat birliklari soni” ustunidagi “2025-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari ro‘yxatining “10. Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar” bo‘limi “651. Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi” pozitsiyasi bilan to‘ldirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik ta’limini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-278-son qarorida:
(i) 9-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;
(ii) 10-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi”;
(iii) 11-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Angren shahridagi muhandislik maktabi”;
(iv) 12-pozitsiyaning “O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari nomi*” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farg‘ona yuridik texnikumi”;
(i) 9-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;
(ii) 10-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi”;
(iii) 11-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Angren shahridagi muhandislik maktabi”;
(i) 9-pozitsiyaning “Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;
(ii) 10-pozitsiyaning “Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi”;
(iii) 11-pozitsiyaning “Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Angren shahridagi muhandislik maktabi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-2027-yillarda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha dasturning 13-14-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

13.

Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi

1 100

150

150

2

1

1

-

14.

Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi

1 984

300

-

2

1

-

1

.

6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 43-band bilan to‘ldirilsin:
“43. Zoologik va botanik tadqiqotlar o‘tkazuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi zoologik va botanik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qat’i nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan ortiq bo‘lmagan quyidagi miqdorlarda haq to‘lanadi:
a) kuniga 0,3 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
b) kuniga 0,11 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 366-son qaroriga 12 — 15, 17 — 29-ilovalarning “Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni” ustunidagi “2026-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2025-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvalining “Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni” ustunidagi “2026-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga ilovaning rus tilidagi matnida 5.7.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.7. Prezident Akademii nauk Respubliki Uzbekistan, vitse-prezidenti i perviy vitse-prezident — glavniy ucheniy sekretar”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-son qarorining 8-bandi, 1 va 2-ilovalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorining 19-bandi hamda 12-ilovasi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)